Ishlab chiqarish turlari va ularda ishni tashkil qilish


 Etalon (na‘muna) bo‘yicha sozlash


Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/81
Sana16.11.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1777876
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   81
Bog'liq
MARUZA - 3 (1)

2. Etalon (na‘muna) bo‘yicha sozlash 
Etalon bo‘yicha sozlashda statik usulga yondoshish zarur, asbobni kerakli 
o‘lchamga sozlash stanok ishlamasdan turgan vaqtida olib boriladi. Bu holda 
texnologik tizim zvenolarining elastik deformatsiyalanishlarini etalon o‘lchamini 
tegishli moslashtirish qilish yo‘li bilan, yoki tajriba yo‘li bilan kerakli qalinligi tanlab 


hisobga olishga to‘g‘ri keladi. Etalon bo‘yicha sozlash jihoz usullarga qaraganda kam 
vaqt oladi. 
Bu usulni ko‘p keskichli tokarlik dastgohlarga qo‘llaganda eng yaxshi natijalar 
beradi. Кeskichning zarur bo‘lgan holati radial va o‘q bo‘ylab yo‘nalishlarida ularning 
kesuvchi qirralarini etalonning tegishli yuzalari bilan tutashguncha olib boriladi. 
Oxirida ishlanuvchi detallar ko‘rinishida bajariladi va dastgoh markazlariga 
o‘rnatiladi. Etalon o‘lchamlari dastgoh qismlarining kesish kuchi, shpindel 
podshipniklaridagi 
tirqishlar 
va 
shuningdek 
ishlanuvchi 
yuzalardagi 
mikronotekisliklar ta‘siridan elastik siqilishini hisobga olib bajarilishi kerak, chunki 
keskichni tagi bo‘yicha o‘rnatiladi, bajariluvchi o‘lchamni o‘lchash esa balandligi 
bo‘yicha sanab chiqilgan omillar yig‘indisining ta‘sirini, sozlanuvchi o‘lchamga zarur 
bo‘lgan tuzatish kiritib va bir nechta sinaluvchi detallarga ishlov berib, hisobga olish 
mumkin. 
Etalon bo‘yicha sozlash xatoligini, ya‘ni ishlayotgan dastgohdagi keskich 
asbobning holat xatoligini quyidagi formuladan topamiz 
2
'
.
2
'
.
2
.
rn
o
asb
rn
o
et
tay
et
soz
k







,
(2.27) 
bunda: 
tay
et.

- etalonni tayyorlash xatoligi; 
rn
o
et
'
.

- etalonni o‘rnatish xatoligi; 
rn
o
asb '
.


asbobni o‘rnatish xatoligi. 
Agar, etalon valik ko‘rinishida bo‘lsa (tokarlik ishlari uchun), ko‘ndalang 
o‘lchamga nisbatan 
tay
et.

qiymatini o‘rnatishda uning diametri uchun qo‘yimning
yarmiga teng qilib olish zarur. Bu miqdorga, shuningdek, markaziy teshiklar o‘qiga 
nisbatan etalon bo‘ynini ikkilangan ekssentrisitetini qo‘shimcha qilish kerak. 
Qo‘shiluvchi xatoliklar tasodifiy sabablarga ko‘ra tug‘iladi deb hisoblab, quyidagini 
olamiz 
tay
et.

qiymatini 10...20 mkm oralig‘ida olish mumkin, etalon bo‘yini 
ekssentrisiteti 5 mkm oralig‘ida ushlash imkoniga erishiladi. Asbobni o‘rnatish xatoligi 
rn
o
asb '
.

ni shup yoki yassi qog‘oz bo‘yicha 20...50 mkm ga teng qilib olish mumkin. 
Xatoliklarni algebraik qo‘shganda 
soz

=35...70 mkm ni tashkil etadi. Bu 
xatoliklarni kvadrat ildiz usulida qo‘shganda va k=1,2 bo‘lsa 
soz

=30...65 mkm ni 


tashkil etadi. 
soz

katta qiymatlarini odatdagi normal aniqlikdagi sozlash deb qarash 
mumkin, kichiklari esa yuqori aniqlikdagi sozlash. 
Dastgohlardan tashqarida keskichlar maxsus moslamalar yordamida sozlanadi. 
Tokarlik keskichlarini sozlovchi keng tarqalgan moslama konstruksiyasi 2.12, a–
rasmda keltirilgan. Кeskich 4 kesuvchi plastinkasi bilan moslama plastinkasi 5 ga 
taqaladi. Кerak bo‘lgan L uzunlikka vint 3 yordamida o‘rnatiladi. Indikator 1 o‘rtasiga 
qo‘yilgich 2 vint 3 bilan tutashtirilgan va bular vintni rostlash uchun xizmat qiladi. 
Sozlangan vint 3 konturgayka bilan qotiriladi. 
2.12–rasm. Кeskichlarni sozlash moslamasi. 
Ichki yo‘nuvchi keskichlar (2.12, b–rasm) yuqorida keltirilganga o‘xshash 
moslamalar yordamida ikki o‘zaro perpendikulyar koordinatalar bo‘yicha L va N 
o‘lchamlarga sozlanadi. Ular bitta yoki ikkita indikatorga ega bo‘lishi mumkin. 
Sozlash aniqligi 0,015...0,02 mm oralig‘ida yotadi. 

Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling