Ishlab chiqarish turlari va ularda ishni tashkil qilish
Download 1.9 Mb. Pdf ko'rish
|
MARUZA - 3 (1)
3-misol. Boshlang‘ich ma‘lumotlar oldingi misoldagining o‘zi. Agar sozlash
xatoligi sozl o‘lchamlarning taqsimot egri chizig‘i cho‘qqisining holatini ruxsat etilgan maydonning o‘rtasidan o‘ngga 0,02 mm siljitsa (2.19, b–rasm), detallarning yaroqli, yaroqsiz, o‘lchami kichik va juda katta o‘lchamlarning soni hamda umumiy yaroqsiz detallar soni aniqlansin! Yechimi: 1. A maydonda X A va T A (2.19, b–rasm) qiymatlarni hisoblaymiz: X A = T/2+ ∆ s =0,05 + 0,02 = 0,07; t A = X A / = 0,07 / 0,025 = 2,8. 2.4-jadvalga asosan, ya‘ni 49,74% yaroqli va 0,26% yoki 1 ta detal yaroqsiz, u ham bo‘lsa, uning diametri o‘lchamining juda kichikligi. 2. B maydonida X B va t B ni qiymatlarini aniqlaymiz : X B = T / 2 – sozl = 0,05 – 0,02 = 0,03; t Bq = X B / = 0,03 / 0,025 = 1,2. 2.4–jadvalga asosan, (t) = 0,3849, ya‘ni 38,49% detallar yaroqli va 11,5% yoki 34,5 dona detalning diametri juda katta bo‘lib, qo‘yim maydonidan tashqarida joylashganligi uchun yaroqsiz deb hisoblanadi. 3. Yaroqli detallarning umumiy soni: 49,74 + 38,49 = 88,23% yoki 265 dona. Yaroqsiz detallarning umumiy soni: 11,77% yoki 35 dona. Hisoblardan ko‘rinib turibdiki, agar detalning yaroqsizlari nosimmetrik joylashsa, umumiy yaroqsiz detallar soni simmetrik joylashishiga nisbatan ko‘p bo‘lar ekan, ammo qo‘shimcha ishlov berish yo‘li bilan olingan yaroqsiz detallar sonini bir muncha kamaytirish mumkin. Masalan, diametri katta bo‘lgan valiklarni jilvirlash yo‘li bilan ularning diametrni kamaytirib yaroqli valik olish imkoniyati bor. 2.2.6-§. Aniqlikni baholashning nuqtali diagrammalar qurish usuli Tabiiy egri chiziq taqsimoti usuli berilgan TA ni bajarilish aniqligiga obyektiv baho berishda yaxshi natijalar beradi. Biroq, bu usulni qo‘llaganda kam sonli tanavorlarni ishlash ketma-ketligini hisobga olmaydi, qaysi detal oldin ishlangan, qaysi detal keyin ishlangan bundan qat’iy nazar detallar aralashmasiga hukm chiqariladi. Bundan tashqari, egri chiziq taqsimoti har bir xatolikni jarayonga ta‘sir qilish sababini aniqlash imkonini bera olmaydi. Egri chiziqni qurib, tahlil qilib uning cho‘qqisi qaysi tomonga siljib qolishiga qarab doimiy sistematik xatolikni (sozlash xatoligini) aniqlash mumkin. Biror qonuniyat asosida o‘zgaruvchan xatoliklarga kelsak, ularni egri chiziqning shakl o‘zgarishiga qarab bilamiz. Avval ko‘rsatilganidek, keskichning intensiv yeyilishi ta‘siridan Gauss egri chizig‘i yassi cho‘qqi shaklidagi egri chiziqqa aylanadi. Biroq, o‘rta kvadrat og‘ishlarini hisoblashda qonuniy o‘zgaruvchan xatoliklarni hisoblash tasodifiy xatolikni hisoblashdan farq qilmaydi. Bu holda, sistemani u yoki bu xatoliklari sabablarini tekshirishda va ularni yo‘qotish imkoniyatlari kam. Aniqlikni tekshirishning jihoz usuli nuqtali diagrammalar qurishga asoslangan. Absissa o‘qi bo‘yicha, dastgohdan qaysi tartibda tayyor bo‘lib chiqsa shu tartibda ishlanuvchi detallarning tartib nomerlari belgilab qo‘yiladi, ordinata o‘qi bo‘yicha esa nuqtalar ko‘rinishida detallarni o‘lchash natijalari belgilab boriladi. Bunga o‘xshash diagrammalarni xoh bir detal uchun xoh ketma–ket ishlanuvchi Download 1.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling