Ishlab chiqarish turlari va ularda ishni tashkil qilish
partiya detallari uchun qurish mumkin (2.20, a –rasm)
Download 1.9 Mb. Pdf ko'rish
|
MARUZA - 3 (1)
partiya detallari uchun qurish mumkin (2.20, a –rasm). 2.20,b –rasmda, vertikal o‘qi bo‘yicha har bir guruhga kiruvchi detallar o‘lchamlarining o‘rtacha arifmetik qiymati belgilangan diagramma ko‘rsatilgan. Bu berilgan vaziyatda bajariluvchi o‘lchamlarni umumiy o‘zgarish tendensiyasini anglab olish ancha yaxshi bo‘ladi. 2.20,b –rasmdan, keskich yeyilishini uzluksiz o‘tishi va dastgohni periodik sozlanishi natijasida o‘lchamlar o‘zgarishlarining periodikligi yaqqol ko‘zga ko‘rinib turibdi. Nuqtali diagrammalar xususiyatini, sanoatda mahsulotlarni statistik nazorat qilish usulini qo‘llashning rivojlanishiga bog‘liq holda batafsil o‘rganila boshlandi. Bu usulning mohiyati shu xulosaga olib keladiki, ya‘ni berilgan mahsulotni tayyorlash jarayonida periodik ravishda soni ikkitadan o‘ntagacha bo‘lgan detallar olinadi. Universal asboblarda o‘lchanuvchi bu detallarni o‘lchash natijalari, tezlikda hisob–kitob qilinadi va maxsus (nazorat) diagrammaga kiritiladi. Bu diagrammada ikkita parallel a–a qo‘yim maydonini chegaralarini aniqlovchi va b–b to‘g‘ri chiziqlar guruhlar o‘rtachalarini taqsimot maydonini aniqlovchi va nazorat to‘g‘ri chiziqlari deb ataluvchi chiziqlar ko‘zda tutilgan (2.21–rasm). Bu shakl bo‘yicha, avval ishlash jarayoni o‘zgarishsiz normal o‘tadi va siniq chiziq nazorat chiziqlaridan chetga chiqmaydi. 2.20-rasm. Nuqtali diagrammalar. 2.21-rasm. Statistik nazorat uchun nazorat diagrammasi. A guruhini nazorat qilinganda siniq chiziqning nazorat chizig‘idan chetga chiqishi kuzatiladi. Bu dastgoh asbobini rostlash va almashtirish bilan yoki tayanchlarni holatini tekshirish bilan sozlash uchun signal bo‘lib xizmat qiladi. Nazorat diagrammalarida nafaqat gruppaviy o‘rtachalarigina, balki, ishlov berish jarayonini stabilligini tavsiflovchi jihoz parametrlar ham kiritilishi mumkin. Hozirgi zamonda statistik nazorat usullari kompyuter va avtomatik priborlarning keng qo‘llanilishi natijasida yana ham takommillashtirilgan. Avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishda, jarayonni avtomatik jihozlovchi va statistik o‘lchab, tahlil qilib, bir zumda tuzatishlar kirituvchi avtomatik pribor va qurilmalar keng qo‘llanilmoqda. Statistik usullarni qo‘llashda nazoratchilarning soni sezilarli kamaymoqda, chunki faqat 5-10 % detallargina nazorat qilinadi xolos. Texnik adabiyotlarda, yuqorida keltirilgan usullardan tashqari, detallar to‘plamlari o‘lchamlarining egri chiziq taqsimoti parametrlari bo‘yicha o‘zgaruvchan xatoliklarni ta‘sirini aniqlovchi aniqlik diagrammasi deb ataluvchi diagrammalar qurish usuli ham bor. Ularning kamchiligi ham ko‘p sonli detallarni o‘lchab, statistik ma‘lumot to‘plash asosiga bog‘liq bo‘lgan murakkab jarayonlarni bajarishdan iboratdir. Lekin bu ishlarni EHM va kompyuter vositalari tezroq bajaradi. Download 1.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling