Ishlab chiqarish turlari va ularda ishni tashkil qilish
Download 1.9 Mb. Pdf ko'rish
|
MARUZA - 3 (1)
MA‘RUZA № 9. MASHINA DETALLARI UCHUN ZAGOTOVKA TURLARI VA DETALLARGA ISHLOV BERISH QO‘SHIMLARI REJA: 1. Zagotovka turlari 2. Mashina detallariga mexanik ishlov berish qo‘shimlari 3. Qo‘shim kattaligini aniqlash 4. Qo‘shimni aniqlashning amaliy-statik usuli 5. Hisoblash-analitik usuli 6. Zagotovkani oraliq qatlamlarini va oxirgi o‘lchamlarini aniqlash 7. Qo‘yimlarni jadval bo‘yicha hisoblash uslubi 3.1.1-§. Zagotovka turlari Mashina detallari uchun zagotovka quyidagi ko‘rinishlardan iborat bo‘lishi mumkin: 1) cho‘yan, po‘lat, rangli metall va plastmassalardan tayyorlangan quymalar; 2) bolg‘alangan va shtamplangan zagotovka; 3) po‘latdan sovutilgan va qizdirilgan hollarda tayyorlangan prokatlar va rangli metall prokatlari. Zagotovkaning turi uning materialiga, shakliga, detalning xizmat vazifasiga va mashinalarda yig‘ilgan holda ishlash shart-sharoitlariga bog‘liq bo‘ladi. Shakldor detallar ishlash jarayonida cho‘zilish va egilish ta‘sirida bo‘lmasa odatda cho‘yanlardan tayyorlanadi. Bolg‘alash yordamida egilishga, cho‘zilishga, buralishga ishlovchi va ko‘ndalang kesimi bo‘yicha o‘lchamlarida farq bo‘lgan metallarning zagotovkalari tayyorlanadi. Bolg‘alash bilan katta o‘lchamli detallar uchun donali va kichik seriyali ishlab chiqarish sharoitida yoki boshqa hollarda kichik detallar uchun zagotovka tayyorlanadi. Shtamplangan zagotovka shtamplash mashinalarida olinadi. Shtamplangan metallning strukturasi bir xilligi bilan ajralib turadi. Shatmplangan zagotovkaning shakli detal shakliga juda yaqin bo‘lib, ayrim hollarda mexanik ishlov berilmaydi (detallarning ayrim yuzalari nazarda tutilmoqda). Bu o‘z navbatida metall sarfini kamaytiradi. Shtamplash jarayonining ish unumdorligi bolg‘alashga nisbatan ancha yuqori. Ishchining malakasi ham bolg‘alashdagiga nisbatan past bo‘lishi mumkin. Shtamplash seriyali va yalpi ishlab chiqarish sharoitlarida qo‘l keladi. Aylana, kvadrat, olti burchakli prokatlardan tayyorlangan zagotovka o‘z shakli bo‘yicha yuqoridagi ko‘rinishlarga yaqin bo‘lgan detallar tayyorlashda qo‘llaniladi. Qaysi turdagi zagotovkani tanlash uni texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini hisoblab chiqilgandan so‘ng amalga oshirilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. 3.1, 3.2, 3.3-rasmlarda quyma, shtamplangan va prokatdan tayyorlangan zagotovkalar aks ettirilgan. 3.1-Rasm. Quyma ko‘rinishdagi cho‘yandan tayyorlangan vtulka zagotovkasi. 3.2-rasm. Shtamplangan podshipniklarning ichki halqasini zagotovkasi. 3.3-rasm. Prokatdan olingan vint zagotovkasi. 3.1.2-§. Mashina detallariga mexanik ishlov berish qo‘shimlari Mashinasozlikda talab etilgan aniqlik va sifat ko‘rsatgichlariga javob beradigan detallarni tayyorlash zagotovkadan ma‘lum bir kattalikdagi metall qatlami - qo‘yimni kesuvchi asboblar yordamida kesib olib tashlash usullari yordamida amalga oshiriladi. Shunday qilib qo‘yim – bu zagotovkaga mexanik ishlov berish jarayonida talab etilgan o‘lchamlarni ularning og‘ishlari doirasida va yuza g‘adir-budirligini ta‘minlash maqsadida olib tashlandigan metall qatlami. Detal chizmasida ko‘rsatilgan o‘lchamlarini og‘ishlariga va yuza g‘adir- budirligiga qo‘yilgan talab qancha yuqori bo‘lsa, shuncha ko‘p marta mexanik ishlov berish (texnologik o‘tishlar) shart bo‘ladi. O‘z navbatida har bir texnologik o‘tish uchun qo‘yimlar miqdori hisoblanadi. Detal yuzasining talab etilgan tozaligini va aniqligini ta‘minlash maqsadida har bir texnologik o‘tishda olib tashlangan qo‘yimlarning yig‘indisi umumiy qo‘yim miqdorini tashkil qiladi. Qo‘yimlar miqdori analitik usulda va jadvallar yordamida aniqlanadi. Download 1.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling