Ishlab chiqarish va ishlab chiqarish funksiyasi. Ishlab chiqarish
Download 20.69 Kb.
|
Ishlab chiqarish va ishlab chiqarish funksiyasi. Ishlab chiqaris-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Omillar mahsuldorligining kamayish qonuni.
- 4. Miqyos samarasi
- Nazorat savollari
Birinchi ustun ishlab chiqarishda qatnashadigan kapitalning o‘zgarmasligini ko‘rsatib turibdi. Ikkinchi ustunda mehnat sarfi keltirilgan. Bir birlik mehnat sarfiga to‘g‘ri keladigan mahsulot o‘rtacha mahsulot bo‘lib, u to‘rtinchi ustunda keltirilgan. O‘rtacha mahsulot ishlab chiqarilgan mahsulotni umumiy mehnat sarfiga nisbati bilan aniqlanadi. O‘rtacha mahsulot ishlab chiqarish hajmi 84 birlikka yetguncha ortib, undan keyin qisqarib boradi. O‘rtacha mahsulot maksimal bo‘lganda mehnat sarfi to‘rt birlikni tashkil etadi. Beshinchi ustunda mehnat sarfining chekli mahsuloti MPLkeltirilgan. U qo‘shimcha bir birlik mehnat sarfi hisobidan ishlab chiqarilgan qo‘shimcha mahsulot miqdori bo‘lib, mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko‘rsatuvchi uchinchi ustundagi har bir mahsulot miqdoridan oldingi ishlab chiqarilgan mahsulot miqdorini ayirish orqali aniqlanadi. Masalan, kapital sarfi o‘zgarmas bo‘lganda (15 birlik) mehnat sarfining ikki birlikdan uch birlikka o‘zgarishi mahsulot ishlab chiqarishni 32 birlikdan 60 birlikka oshiradi, demak qo‘shimcha bir birlik mehnat sarfi 60-32=28 birlik qo‘shimcha mahsulot yaratadi. O‘rtacha mahsulotdek, chekli mahsulot ham boshida ortib, keyinchalik kamayib boradi (ya’ni, u 3 birlik mehnat sarfigacha o‘sib, mehnat sarfi 3 birlikdan oshganda kamayib boradi). Shuni esdan chiqmaslik kerakki, chekli mahsulot miqdori mehnatdan tashqari, kapital sarfiga ham bog‘liq. Agar mehnat sarfi o‘zgarsa kapital sarfi ham o‘zgarishi mumkin.
Xuddi shunday mehnat va kapitaldan foydalanish ikki marta qisqartirilsa( va ) ishlab chiqarish miqyosi ikki marta qisqarganligini bildiradi. Ishlab chiqarishda omillardan foydalanishning proporsional oshishi, ya’ni ishlab chiqarish miqyosining kengayishi mahsulot ishlab chiqarish hajmiga har xil ta’sir qiladi, u mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirishi, kamaytirishi va o‘zgartirmasligi mumkin. Agar ishlab chiqarish miqyosi kengayganda omillar sarfi sur’atidan mahsulot ishlab chiqarish hajmining o‘sish su’rati yuqori bo‘lsa, bunday ishlab chiqarish hajmining o‘sishiga musbat miqyos samarasi deyiladi. Musbat miqyos samarasida uzoq muddatli o‘rtacha xarajatlar kamayadi.
Ishlab chiqarish miqyosi kengayganda omillar sarfi sur’ati ishlab chiqarish hajmining o‘sish su’ratiga teng bo‘lsa, bunday o‘sishga o‘zgarmas miqyos samarasi deyiladi. Nazorat savollari Ishlab chiqarish va ishlab chiqarish funksiyasi nima? Firmaning qisqa davrdagi faoliyati qanday tashkil etiladi? Uzoq muddatli ishlab chiqarishni tashkil etish shart-sharoitlari qanday? Miqyos samarasi nima, unga misollar keltiring. 1 Mikroiqtisodiyot: OO‘Yu uchun darslik/ S.S.G‘ulomov, R.X.Alimov, B.T.Salimov va b. –T.: “Sharq”, 2001.320-b. http://fayllar.org Download 20.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling