Qisqa muddatli ishlab chiqarish funksiyasi – mavjud doimiy resurslar sharoitida firma o‘zgaruvchan resurslar hajmini o‘zgartirib ishlab chiqarishi mumkin bo‘lgan maksimal ishlab chiqarish hajmini ko‘rsatadi.
Q = f (K, L)
Uzoq muddatli davr deb, firma o‘zi foydalanayotgan jami resurslarning sonini o‘zgartirish mumkin bo‘lgan davrga aytiladi.
Uzoq muddatli davrda barcha ishlab chiqarish omillari o‘zgaruvchan bo‘ladi. Firma iqtisodiy resurslarga bo‘lgan bozor talabi va narxiga qarab ishlab chiqarishning texnologik samaradorligi variantlaridan birini tanlashi mumkin.
3. Bir o‘zgaruvchan omil qatnashgandagi ishlab chiqarish
Ma’lum vaqt oralig‘ida jami ishlab chiqarilgan mahsulotni umumiy mahsulot (Total product) desak, o‘rtacha mahsulot (Average product) – umumiy mahsulotni ushbu mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan o‘zgaruvchan va doimiy ishlab chiqarish omillari (L,K) sarfiga nisbati bilan aniqlanadi:
;;
AP – o‘rtacha mahsulot, TP – umumiy mahsulot miqdori, L,K – sarflangan o‘zgaruvchan va doimiy ishlab chiqarish omillari.
Chekli mahsulot – bu o‘zgaruvchan resurslar kombinatsiyasini kichik miqdorda qo‘shimcha sarfi hisobidan umumiy mahsulotning o‘sgan qismiga aytiladi. Masalan, qisqa muddatli ishlab chiqarishda bitta o‘zgaruvchan omil, ya’ni faqat mehnat sarflansa, chekli mahsulot:
MPL – mehnatning chekli mahsuloti yoki mehnatning chekli mahsuldorligi. Mehnatning bir birlik oshishi natijasida umumiy maxsulotning oshishini ko‘rsatadi.
Q1, Q2 – Umumiy maxsulotning ikkita ketma-ket kelganlari.
L1, L2 – Mehnatning ikkita ketma-ket kelganlari.
Bir o‘zgaruvchan omil qatnashgandagi ishlab chiqarish
Do'stlaringiz bilan baham: |