Ishlab chiqarish xarajatlari auditining maqsadi, me’yoriy asoslari va xususiyatlari. Auditining rejasi va dasturini tuzish
AMALIY MASHG‘ULOT UCHUN MASALALAR
Download 142.09 Kb.
|
10.Ishlab chiqarish jarayoni auditi (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlab chiqarish xarajatlari hisobi va ichki nazorat tizimi holatlarini tekshirish testlari
AMALIY MASHG‘ULOT UCHUN MASALALAR
1. Masala “Ramz” MChJ da mutaxassislar tomonidan materiallarga talablar va ish vaqti hisobi tabeli tayyorlaganlaridan keyin tekshirilmoqda. Yuk xatlari, limit-zabor kartalar va boshqalar oldindan raqamlanmaydi. Materiallarni sarflash bilan bog‘liq ushbu dastlabki hujjatlar madumotlarmmg mehnat haqi hisobi va ishlab chiqarish hisobotiga mos kelishi har oyda tekshiriladi. Ishlab chiqarish xarajatlari hisobi bo‘yicha xujjatlar aylanishiga rioya qilinadi. “Ramz” MChJ da me’yoriy xarajatlar belgilab qo‘yilgan, ular har yilda qayta ko‘rib chiqiladi. Mazkur me’yorlashtirilgan xarajatlar hisobining qodlaniladigan uslubiyati hamma vaqt ham to‘g‘ri soliqqa tortishni ta’minlamaydi. Xarajat elementlari va kakulyatsiya moddalari bo‘yicha xarajatlar to‘g‘ri tasniflanadi. Tanlangan ushbu xarajatlarni hisobga olish usuli ishlab chiqarish xususiyatlariga mos keladi. Korxonada brakdan yo‘qotishlar hisobi tashkil etilmaydi. Tugallanmagan ishlab chiqarishlar inventarizatsiyasi muntazam o‘tkazilmaydi. Ishlab chiqarish xarajatlarining sintetik va analitik hisobi har oyda taqqoslanadi. 1-Jadval Ishlab chiqarish xarajatlari hisobi va ichki nazorat tizimi holatlarini tekshirish testlari
Talab qilinadi: 1. Auditor vaziyatni baholashda o‘z fikrlarini qaysi me’yoriy hujjatlar bilan asoslaydi? 2. Mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish xarajatlari hisobi nazorati baxolansin. 3. Auditor qanday usullar yoki auditorlik amallari bilan dalillar yig‘adi? 4. Olingan natijalar asosida mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish xarajatlari hisobining auditorlik tekshiruvi dasturi tuzilsin. 5. Auditorlik hisoboti uchun material tayyorlang. 2.-Masala 2014 yil yanvarda mahsulot tannarxiga ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha to‘lovlar qo‘shildi: D-t 2010- “Asosiy ishlab chiqarish”, K-t 6010-“Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lovlar schetlari” buxgalteriya provodkalari bilan – shahar aloqa tarmog‘iga binoga yangi telefon liniyasi o‘rnatganligi bo‘yicha 1150000 so‘m; yong‘in signalizatsiyalari o‘rnatish bo‘yicha boshqa tashkilotlar 11000000 so‘m; boshqa tashkilotlarga lokal kompyuter tarmog‘ini o‘rnatganligi uchun 5600000 so‘m. 2014 yil aprelda “Ramz” MChJ ichki auditorga uning imtixon topshirishi va auditor guvoxnomasini olishi uchun tayyorlov bo‘yicha kurslarda o‘qishi bilan bog‘liq xarajatlarni to‘ladi. Bu muomala hisobda: D-t 4410-“Soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha byudjetga avans to‘lovlari (turlari bo‘yicha)”, K-t 5110- “Hisob-kitob scheti” 5700000 so‘m tarzidagi yozuvlar bilan hisobda aks etgan. Joriy yilning yanvarida “Ramz” MChJda ta’sischilardan birining istagi bilan o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha auditorlik tekshiruvi o‘tkazildi. Ko‘rsatilgan xizmatlari uchun “Odil – audit” auditorlik tashkiloti 26 yanvarda 18000000 so‘mlik №6/06- raqamli schet taqdim etdi (QQS schetda aks ettirilmagan). “Ramz” MChJ ushbu schetni to‘ladi. Download 142.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling