Ishlab chiqarish xarajatlari auditining maqsadi, me’yoriy asoslari va xususiyatlari. Auditining rejasi va dasturini tuzish
Download 142.09 Kb.
|
10.Ishlab chiqarish jarayoni auditi (3)
10. ISHLAB CHIQARISH JARAYONI AUDITI Ishlab chiqarish xarajatlari auditining maqsadi, me’yoriy asoslari va xususiyatlari. Auditining rejasi va dasturini tuzish Ishlab chiqarishning asosiy maqsadi - tovar-moddiy zaxiralarini (materiallar, mehnat va ustama xarajatlar) yakuniy mahsulotga aylantirishdir. Bu holatda auditning maqsadi ishlab chiqarish xarajatlarini asosli shakllanganligi va to‘g‘ri hisobga olinganligini tekshirishdan iborat, chunki, pirovard natijada, ishlab chiqarilgan mahsulot (sotib olingan tovar) larning sotishdan olingan yakuniy moliyaviy natijaning ishonchliligi ularga bog‘liq. Ishlab chiqarish xarajatlari, davr xarajatlari va moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar auditining vazifalari quyidagilardan iborat: a) dastlabki hujjatlar va hisob registrlari ma’lumotlari bo‘yicha ishlab chiqarish xarajatlari, davr va moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlarning tarkibi va tizimini o‘rganish; b) ishlab chiqarish xarajatlari, davr xarajatlari va moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar bilan bog‘liq bo‘lgan muomalalar buxgalteriya hisobida to‘g‘ri aks etirilganligini aniqlash; v) ma’lumotlar to‘plash uchun auditorlik muolajalarini amalga oshirish va h.k. Ishlab chiqarish va boshqa xarajatlar bo‘yicha operatsiyalar to‘g‘risida ma’lumot manbalari quyidagilar hisoblanadi: - yuk xatlari, talabnomalar, materiallarni cheklab olish haritalari; - buyurtma-varaqalar (zakaz-naryad); - ish vaqtini hisobga olish tabellari; - hisob-kitob varaqalari; - 2010, 2310, 2510-sonli va boshqa schyotlar bo‘yicha hisob registrlari (jurnal-orderlar, qaydnomalar va h.k.); Bosh kitob va boshqalar. Tekshiruv obyektini tartibga soluvchi asosiy qonunchilikka oid va me’yoriy hujjatlar bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi 2. O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi. 3. O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida» gi qonuni. 4. O‘zbekiston Respublikasi «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida» gi qonuni (yangi tahriri). 5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Mahsulot (ish, xizmat) larni ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha xarajatlar tarkibi hamda moliyaviy natijalami shakllantirish tartibi haqidagi Nizom». 6. 21-sonli «Xojalik yurituvchi subyektlar moliyaviy-xojalik faoliyatining buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi va uni qo‘llash haqida yo‘riqnoma». 2002- yil 9-sentyabrda 103-son bilan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan va 2002-yil 23-oktyabrda 1181-son bilan Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan. 7. 4-sonli «Tovar moddiy zahiralari» O‘zbekiston Respublikasi BHMS. 1998-yil 28-avgustda 486-son bilan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatga olingan. 8. Umumdavlat soliqlarini hisoblash va budjetga to‘lash to‘g‘risida yo‘riqnomalar. 9. Mahalliy soliqlar va yig‘imlarni hisoblash va budjetga to‘lash to‘g‘risida yo‘riqnomalar. 10. O‘zbekiston Respublikasi Auditorlik faoliyatining milliy standartlari. -T.: O‘BAMA-2004. 11. Moliyaviy hisobot shakllari, 2002-yil 27-dekabrda O‘zR Moliya vazirining 140-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan. Auditor ishlab chiqarish xarajatlari hisobi, davr xarajatlari va moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar tizimini yoppasiga o‘rganib chiqadi. Lekin, auditning yuqorida qayd etilgan maqsadi - ishlab chiqarish xarajatlari hisobi, davr xarajatlari va moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar auditini bajarishga kirishishdan avval, ishlab chiqarish va xarajatlar jarayoni bo‘yicha ichki nazorat tizimining kuchli va zaif tomonlarini baholash maqsadida dastlabki sharhni tayyorlash lozim. Sharh natijalariga ko‘ra subyekt ma’muriyatining ishlab chiqarish xarajatlari, davr xarajatlari va moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlarga nisbatan bo‘lgan munosabati aniqlanadi. Ishlab chiqarish xarajatlari, davr xarajatlari va moliyaviy natijalar auditining obyekti quyidagi 1-jadvalda keltirilgan. 1-jadval Download 142.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling