Ishlab chiqarish xarajatlari auditining maqsadi, me’yoriy asoslari va xususiyatlari. Auditining rejasi va dasturini tuzish
Ishlab chiqarish xarajatlari, davr xarajatlari va moliyaviy natijalar auditining obyekti
Download 142.09 Kb.
|
10.Ishlab chiqarish jarayoni auditi (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlab chiqarish xarajatlari auditining dasturi
- Mahsulot tannarxiga kiritiladigan xarajatlar auditi
Ishlab chiqarish xarajatlari, davr xarajatlari va moliyaviy natijalar auditining obyekti
Auditor, auditni rejalashtirishda auditorlik tekshiruvini o‘tkazish bosqichlari ketma-ketligini, ma’lumotlarni olish uchun muayyan manbalarni va auditorlik tavakkalchiligini aniqlashi lozim. Shuning uchun audit dasturini tayyorlash foyda beradi. Bunday dastur namunasi quyidagi 2-jadvalda keltirilgan. 2-jadval Ishlab chiqarish xarajatlari auditining dasturi
Shunday qilib, mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari auditi xarajat kalkulatsiya moddalari bo‘yicha ishlab chiqarish turlari, xarajatlarning vujudga kelish joylari, mahsulot turlari bo‘yicha o‘tkaziladi. Mahsulot tannarxiga kiritiladigan xarajatlar auditi Ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulotlar tannarxini hisoblashni auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishdan maqsad, sodir bo‘lgan xojalik muomalalarini hisobga olish va soliqqa tortishda qo‘llanilayotgan tartibning O‘zbekiston Respublikasi me’yoriy hujjatlari talablariga muvofiqligini aniqlashdan iborat. Subyektlarda ishlab chiqarish xarajatlari va soliqqa tortish hisobini tartibga soluvchi asosiy hujjat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Mahsulot (ish, xizmat) lami ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom» bo‘lib hisoblanadi. Ishlab chiqarish xarajatlari hisobining to‘g‘riligini va mahsulot, ish hamda xizmatlar tannarxi to‘g‘risidagi hisobotni tuzishning to‘g‘riligini aniqlash uchun quyidagilarni tekshirish lozim: 1. Hisobot davridagi haqiqiy xarajatlarning ishlab chiqarish xarajatlari schyotlarida o‘z vaqtida, to‘liq va ishonarli aks ettirilishi. 2. Ishlab chiqarishga xarajat qilingan xom-ashyolar, materiallar, yoqilg‘ilar, ehtiyot qismlar va yoqilg‘i-moylash materiallarini baholashning to‘g‘riligi. 3. Belgilangan xarajat smetalari, lavozim maoshlari, tarif stavkalari, ishlab chiqarish xodimlarining mehnatiga haq to‘lash va mukofatlash haqidagi Nizomga rioya qilish ustidan nazoratning ta’minlanganligi. 4. Noishlab chiqarish xarajatlari va yo‘qotishlarning paydo bo‘lish sabablari hamda hisobdan o‘chirilishning asoslanganligi va ularni kamaytirish bo‘yicha qabul qilingan chora-tadbirlar. 5. Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarga eskirish hisoblashning to‘g‘riligi. 6. Tovarlar, YOMM va boshqa qiymatliklar tabiiy kamayishini hisobdan o‘chirishning to‘ g‘riligi. 7. Quyidagi xarajatlarni mahsulot (ish, xizmat) lar tannarxiga qo‘shishning to‘g‘riligi va asoslanganligi: - ta’sis hujjatlariga muvofiq, qo‘shma subyektda ishlab chiqarishda bevosita ishlaydigan chet el fuqarolariga berilgan turar joylar va kommunal xizmatlar uchun to‘lovlar; - xizmat safarida va yo‘lda bo‘lgan vaqt turar joy ijarasi, xizmat safari joyiga borib qaytish yo‘l xarajatlari uchun tasdiqlangan me’yorlar doirasida ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘liq chet el xizmat safari xarajatlari. Asosiy xarajatlar, ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish xarajatlarining to‘g‘ri va asoslangan hamda me’yorlarga muvofiqligini tekshiriladi. Mahsulot (ish, xizmat) larning rejadagi va hisobot kalkulatsiyasining to‘g‘riligini xarajat moddalari bo‘yicha tekshiriladi. Natijada reja va haqiqiy tannarx o‘rtasidagi tafovutlarni moddalar bo‘yicha taxlil qilinib, tafovutlar sababi aniqlanadi. Xomashyo va materiallarni sarflashning to‘g‘riligi, baholar to‘g‘riligini tekshirish metodlari, mahsulot (ish, xizmat) birligiga to‘g‘ri keladigan xarajat me’yoriga rioya qilinishi tekshiriladi. Auditor shuni yaxshi bilishi zarurki, mahsulot (ish, xizmat) lar tannarxi buxgalteriya hisobida oddiy faoliyat turlari bo‘yicha hisobot davrida mahsulot ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko‘rsatish) va realizatsiya bilan bog‘liq xarajatlar yig‘indisi kabi aniqlanadi. Xojalik faoliyatidagi faktlarning vaqtinchalik aniqlik tamoyili tannarxni to‘g‘ri shakllantirish uchun tovar-moddiy zaxira (ish, xizmat) lar qiymatining to‘langanlik fakti emas, balki ularni ishlatish (xarajatlash) fakti ahamiyatli ekanini bildiradi. Masalan, auditorga tekshiruv o‘tkazish uchun taqdim qilingan hujjatlar mazmunidan ma’lum bo‘lishicha, tekshirilayotgan subyekt tomonidan o‘tgan yili dekabr oyida keyingi yil uchun ishlab chiqarish binolarining ijara haqi to‘langan. Ushbu xarajat shu vaqtning o‘zida, ya’ni o‘tgan yili dekabr oyida mahsulot (ish, xizmat) lar tannarxiga olib borilgan. Auditor ushbu xojalik muomalasini asossiz, ya’ni o‘tgan yildagi mahsulot (ish, xizmat) lar tannarxini sun’iy ravishda oshirgan va moliyaviy natijani hamda foyda solig‘ini pasaytirgan deb topdi va tuzatish kiritishni tavsiya qildi. Shu bilan birga to‘langan ijara haqi keyingi yil davomida umumiy summaning 1/12 qismi miqdorida har oyda xarajatga hisobdan o‘chirishi lozimligini tushuntirdi. O‘zbekiston Respublikasi «Buxgakeriya hisobi to‘g‘risida» gi qonunning 9-moddasiga muvofiq, subyektda sodir etilgan barcha xojalik muomalalari amalga oshirilayotgan vaqtda yoki amalga oshirilib bo‘lingandan so‘ng tegishli dastlabki hujjatlar bilan rasmiylashtirilishi lozim. Xarajatlarni hujjatlashtirish tamoyili auditorning xarajatlarni asoslash uchun isbotlovchi hujjatlarning mavjudligi, hamda ushbu muomalalarni buxgalteriya hisobida aks ettirishning to‘g‘riligini tasdiqlash vazifasini belgilab beradi. Download 142.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling