Ishlab chiqarish xarajatlari auditining maqsadi, me’yoriy asoslari va xususiyatlari. Auditining rejasi va dasturini tuzish
Download 142.09 Kb.
|
10.Ishlab chiqarish jarayoni auditi (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sotishdan daromadlar olish sikli
Davr xarajatlari auditi
Davr xarajatlariga kiritiladigan xarajatlar tarkibi «... xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi Nizom» ga muvofiq aniqlanadi. Auditor davr xarajatlarini hisobga olishni va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotni tuzishning to‘g‘riligigni nazorat qilish maqsadida quyidagilarni tekshirishi lozim: 9410 - «Sotish xarajatlari»; 9420 - «Ma’muriy xarajatlar»; 9430 - «Boshqa operatsion xarajatlar»; 9440 - «Kelgusida soliqqa tortiladigan bazadan chegiriladigan hisobot davri xarajatlari» bo‘yicha o‘z vaqtida, ishonarli va to‘liq aks ettirilishining ta’minlanishi; ma’muriy-boshqaruv xodimlari mehnatiga haq to‘lash va mukofotlash haqidagi Nizom, lavozim maoshlarining belgilangan xarajatlar smetasiga rioya qilinishi ustidan nazoratning ta’minlanishi. Shuningdek, audit jarayonida quyidagi xarajatlarni davr xarajatlariga kiritishning asoslanganligi va o‘z vaqtidaligi tekshiriladi: - reklama xarajatlari (nashriyotda e’lon qilish, radiodan eshittirish va televideniye orqali ko‘rsatish, reklama mahsulotlarini ishlab chiqish va chop etish, stendlar va shitlar tayyorlash, video va diafilmlar namoyish etish va boshqalar); - subyektning O‘zbekiston Respublikasi hududida va xorijdagi yarmarkalar va ko‘rgazmalarda ishtirok etishiga doir xarajatlar (eksponatlarni tayyorlash va etkazib berish, modellar va maketlar tayyorlash, adabiyotlar va texnik hujjatlarni nashr qilish); - material qiymatliklarni sotib olish va tashib keltirish xarajatlari; belgilangan me’yorlar va boshqaruv tomonidan tasdiqlangan smetalar doirasidagi subyekt faoliyati bilan bog‘liq vakillik xarajatlari (shtatda turmaydigan tarjimonlar xizmatiga haq to‘lash, ish yuzasidan muzokaralar vaqtida chet ellik vakillarning rasmiy qabulini o‘tkazishga doir xarajatlar). Sotishdan daromadlar olish sikli Аuditda realizatsiya va daromad olish siklining umumiy maqsadi ushbu tsiklga aloqador hisobraqamlar bo‘yicha qoldiqlar etarlicha holis, buxgalteriyaning umum qabul qilingan printsiplariga mos ravishda taqdim etilganlgini baholashda ko‘rinadi. 1-rasmda “vertolёtchalar”(Т-schetlar) ёrdamida buxgalteriya axborotlari realizatsiya va daromad olish siklida turli schetlar bo‘yicha tarqalishi sxematik tarzda ko‘rsatilgan. Download 142.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling