Ishlab chiqarish xarajatlari auditining maqsadi, me’yoriy asoslari va xususiyatlari. Auditining rejasi va dasturini tuzish
Buxgalteriya hisobida quyidagi yozuvlar qilindi
Download 142.09 Kb.
|
10.Ishlab chiqarish jarayoni auditi (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Buxgalteriya hisobida quyidagi yozuvlar qilingan
- Buxgalteriya hisobida quyidagi yozuvlar qilindi
- Buxgalter hisobida quyidagi yozuvlar qilindi
- MUSTAQIL TA’LIM TOPSHIRIQLARI
Buxgalteriya hisobida quyidagi yozuvlar qilindi:
(ming so‘m)
“Ramz” MChJ “Orzu” AJ bilan tuzilgan shartnomaga mos holda ishlab chiqarish binosini ijaraga oldi. Ijara to‘lovi shartnomaga ko‘ra yiliga 48000000 so‘mni tashkil etadi. Tekshirilayotgan yilning 1-choragida ijara to‘lovi to‘liq holda ijaraga beruvchiga o‘tkazilgan va ushbu ijara to‘lovi summasi xarajatlarga hisobdan chiqarilgan. Buxgalteriya hisobida quyidagi yozuvlar qilingan: (ming so‘m)
2014 yil fevralda “Ramz” MChJ tomonidan joriy yilning 2-choragi uchun 2400000 so‘mlik me’yoriy texnik xarakterdagi matbuot nashri uchun pul to‘landi. Buxgalteriya hisobida quyidagi yozuvlar qilindi: (ming so‘m)
2014 yil avgustda “Ramz” MChJ ishchisi Sherimbetov M.ga hisobot asosida, xo‘jalik ehtiyojlari uchun ofis inventarlari, idishlar jamlanmasi,zarur maishiy elektr asboblari sotib olish uchun 1500000 so‘m berildi. Qosimova N. ishlab chiqarish sarf xarajatlari haqida do‘kon cheklari ilova qilingan bo‘nak hisoboti taqdim etdi. Quyidagilar sotib olingan edi: Idishlar jamlanmasi-800000 so‘m; guldon-100000 so‘m; oshxona anjomlari-200000 so‘m. Buxgalteriya hisobotida quyidagi yozuvlar qilingan edi: D-t 2010- “Asosiy ishlab chiqarish”schyoti-1500000 so‘m; K-t 6010-“Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lovlar schetlari”- 1500000 so‘m; D-t 6010-“Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lovlar schetlari”- 1500000 so‘m; K-t 5110-“Hisob-kitob scheti”-1500000 so‘m. 2014 yil yanvarda “Ramz” MChJ ta’lim faoliyatini amalga oshirishga litsenziyasi bo‘lgan o‘quv muassasasi bilan 18000000 so‘mlik shartnoma tuzib, bu shartnoma bo‘yicha pulni birinchi o‘quv yilida to‘ladi va quyidagi xodimlarini jo‘natdi: Qudratov S.- malaka oshirish kurslariga; Ortiqova Yu.-oliy ma’lumot olish uchun muhandis-iqtisodchi mutaxassisligi bo‘yicha o‘qishga. Buxgalteriya hisobida quyidagi yozuvlar qilindi: (ming sum)
“Ramz” MChJ muntazam ravishda AYoQSh dan hisobdor shaxslar orqali xizmat avtomobillari uchun yonilg‘i moylash materiallari sotib olgan. QQS hisob-kitob yo‘li bilan o‘rnatilgan 20% stavka bo‘yicha belgilandi. Buxgalteriya hisobidagi yozuvlar yonilg‘i moylash materiallarini sotib olganlikni tasdiqlovchi yo‘l varaqalari asosida bajarildi. 2013 yilning 8 oyi uchun jami 100000000 so‘mlik YoMM sotib olingan, shu jumladan byudjet hisobidan qoplash uchun 13790000 so‘m (100000000×13,79) hisoblandi. Buxgalter hisobida quyidagi yozuvlar qilindi:
Talab qilinadi: 1. Chiqimlarni xarajatlarga olib borishning to‘g‘riligini tekshirilsin. 2. Auditor qanday usullar yoki auditorlik amallari bilan dalillar to‘playdi? 3. Sintetik hisobni yuritishning to‘g‘riligi tekshirilsin. Xatolar aniqlanganda tuzatish provodkalari berilsin. 4. Tekshiruv natijalarida aniqlangan kamchiliklarni qaydnomada rasmiylashtiring. 5. Auditorlik hisoboti uchun material tayyorlang. 3-Masala. 1. “Ramz” MChJ da 2014 yilning 8 oyi uchun mahsulot sotishdan tushum hajmi 1980000000 so‘mni tashkil etgan (QQS ham qo‘shilgan holda). Ushbu davr davomida “Ramz” MChJ da ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar reklamasiga qilingan xarajatlar quyidagi hujjatlar bilan tasdiqlangan: a) 2014 yil 15 avgustdagi №115-sonli schet-faktura; reklama katalogini chiqarilganligiga to‘lov-14400000 so‘m, QQS siz summa-12000000 so‘m, QQS- 2400000 so‘m. b) 2014 yil 5 avgustdagi №200-sonli schet-faktura bilan; reklama to‘lovi-180000000 so‘mga, QQS siz-150000000 so‘m, QQS-30000000 so‘m. Yuqorida ko‘rsatilgan ishlar bo‘yicha bajarilgan ishlar dalolatnomasi olingan. Ishlab chiqarish xarajatlari hisobi qaydnomasiga muvofiq mos davr uchun buxgalter tomonidan xarajatlar tarkibiga mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha reklama xizmatlari uchun 162000000 so‘m qo‘shib qo‘yildi. Bunda quyidagi buxgalteriya yozuvlari qilindi:
2. “Ramz” MChJ tijorat bankidan 250000000 so‘m miqdorda ssuda olgan bo‘lib, uning yillik foizi 13,5% ni tashkil etadi. Ssuda yarim yilga- 1 yanvardan 30 iyun 2014 yilgacha muddatga olingan. Ishlab chiqarish xarajatlari hisobining №15-sonli qaydnomasi bo‘yicha kredit uchun foiz summalariga, ya’ni 1687500 so‘mga D-t 2610-“Ishlab chiqarishdagi yaroqsizlik” scheti K-t 5110-“Hisob-kitob scheti” yozuvi aks ettirilgan. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining qayta moliyalashtirishdagi foiz stavkasi 6,0% ni tashkil etgan. Ushbu davr davomida korxona tomonidan quyidagi xarajatlar qilingan: a) korxona bo‘yicha 2014 yilda qilingan vakillik xarajatlar quyidagilar bilan tasdiqlangan: 2014 yilga vakillik xarajatlari smetasi; ish yuzasidan o‘tkazilgan uchrashuv dasturi taqdim etilgan va tadbir ishtirokchilari ko‘rsatilgan, qilingan xarajatlar bo‘yicha cheklar va schetlar ilova qilingan. Xarajatlarning umumiy summasi 21500 ming so‘mni tashkil etgan; b) xorijiy delegatsiyalar bilan etkachi investorlarning tadbirlariga tashrif buyurganlik bilan bog‘liq xarajatlari smeta bilan tasdiqlangan, ishtirokchilar ko‘rsatilgan, chiptalar va xarajatlarni tasdiqlovchi boshqa hujjatlar ilova qilingan. Xarajatlarning umumiy summasi 89000 ming so‘mni tashkil etgan. Ushbu davrdagi ishlab chiqarish xarajatlari hisobi qaydnomasiga muvofiq, bosh buxgalter tomonidan 30400 ming summadagi vakillik xarajatlarini mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha xarajatlar tarkibiga qo‘shib yuborgan. Talab qilinadi: 1. Auditor vaziyatni baholashda o‘z fikrini qanday me’yoriy hujjatlar bilan asoslaydi? 2. Yuqorida bayon qilingan vaziyatlar buxgalteriya hisobida to‘g‘ri aks ettirilganligi yoki noto‘g‘ri aks ettirilganligi tekshirilsin. 3. Reklama xarajatlari mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxiga qo‘shilganligi to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligi tekshirilsin. 4. Qoida buzilishlar aniqlanganda tannarxning asossiz orttirilishi va foydaning pasaytirilishi summalari aniqlansin. Tuzatish buxgalteriya provodkalari berilsin. 5. Aniqlangan chetlashishlar qoida buzilishlar qaydnomasida aks ettirilsin. 4. Masala. a) 2013 yil sentyabrda duradgorlik tsexiga foydalanish uchun quyidagilar berildi: parma-5 dona har birining narxi 39000 so‘mdan; elektrodrel- 1 dona narxi 1100000 so‘m; elektrochkich - 5 dona har birining narxi 692000 so‘mdan. Buxgalteriyada quyidagi provodkalar tuzilgan: Tsexga berilgan parma qiymatiga: D-t 2510 -“Umumishlab chiqarish xarajatlari” schyoti - 195000 so‘m K-t 1010-“Xom ashyo va materiallar”schyoti - 195000 so‘m b) Talabnoma bo‘yicha ombordan materiallar berildi: 1-talabnoma-direktor kabinetiga pardoz berish; 2-talabnoma-oshxona mebeli ishlab chiqarishga; 3- talabnoma-xonadon mebeli ishlab chiqarishga; 4-talabnoma-ofis mebeli ishlab chiqarishga. Tsexga berilgan elektrodrel qiymatiga: D-t 2510 -“Umumishlab chiqarish xarajatlari” schyoti - 1100000 so‘m K-t 1010-“Xom ashyo va materiallar”schyoti - 1100000 so‘m. Tsexga berilgan elektrochkich qiymatiga: D-t 2510 -“Umumishlab chiqarish xarajatlari” schyoti - 3460000 so‘m K-t 1010-“Xom ashyo va materiallar”schyoti - 3460000 so‘m. 1-jadval
2-jadval
3-jadval
Mazkur muomalaga buxgalteriya hisobida quyidagicha buxgalteriya yozuvlari berilgan: D-t 4220-“Xizmat safarlari schyotlari uchun berilgan bo‘naklar” schyoti-180598,86 so‘m K-t 2010-“Asosiy ishlab chiqarish” schyoti – 180598,86 so‘m. Talab qilinadi: 1.Sintetik hisobning to‘g‘ri yuritilganligini tekshirish. 2.Xatoliklar aniqlanganda tuzatish provodkalarini yozish. 3.Mahsulot tannarxining to‘g‘ri hisoblanganligini aniqlash. 4. Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish xarajatlari hisobining tekshirish natijalarini dalolatnoma bilan rasmiylashtirish. 4.-Masala. Mahsulot sotilishi auditini o‘tkazish tartibini o‘zlashtirish. Topshiriq sharti: 2014 yil sentyabrda quyidagi mahsulotlar sotildi. (4-jadval) 4-jadval
Talab qilinadi: 1. Auditor vaziyatni baxolashda o‘z fikrini qanday me’yoriy hujjatlar bilan asoslaydi? 2. Sintetik hisobning to‘g‘ri yuritilishi tekshirilsin. Aniqlangan xatoliklarga tuzatish provodkalarini bering. 3. Auditor qanday usullar yoki auditorlik amallari bilan dalillar yig‘adi? 4. Bunday vaziyatlarda auditorning harakatlarini izohlang? 5.Soliqlarning to‘g‘ri hisoblanganligi va moliyaviy natijalarning to‘g‘ri shakllantirilganligi tekshirilsin. 6. Tekshiruv natijalarini dalolatnoma bilan rasmiylashtirilsin. MUSTAQIL TA’LIM TOPSHIRIQLARI 1. Ishlab chiqarish xarajatlari deb nimaga aytiladi? 2. Ishlab chiqarish xarajatlari auditining maqsadi nimadan iborat? 3. Ishlab chiqarish xarajatlari auditining ma’lumot manbalari bo‘lib qaysi me’yoriy hujjatlar hisoblanadi? 4. Asosiy ishlab chiqarish xarajatlarini tekshirish ketma-ketligi qanday? 5. Davr xarajatlarini tekshirish tartibi qanday? 6. Mahsulot tannarxini aniqlash uchun xarajatlarni guruhlash qaysi me’yoriy hujjatda belgilangan? Download 142.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling