Ishlab chiqarish xarajatlari auditining maqsadi, me’yoriy asoslari va xususiyatlari. Auditining rejasi va dasturini tuzish
Mijozlar soʻrovnomalariga ishlov berish
Download 142.09 Kb.
|
10.Ishlab chiqarish jarayoni auditi (3)
Mijozlar soʻrovnomalariga ishlov berish
Butun tsikl aynan mijoz tovarga soʻrovnoma berishdan boshlanadi. Yuridik nuqtayi nazardan, bu mijozning u yoki bu shart bilan tovarni sotib olishga taklifi hisoblanadi. Mijozdan soʻrovnoma olish bevosita realizatsiya uchun buyurtmani shakllantirishi va uni fakturalashtirishga olib keladi. Mijozning buyurtmasi. Bu ularni tovarlar(ishlar, xizmatlar)ni sotib olish istagi. Bunday buyurtmalar telefonda olinishi, xat yoki potentsial xaridorlarga oldindan joʻnatiladigan bosma blanka shaklda boʻlishi mumkin; soʻrovnomalarni komivayajerlar orqali yoki boshqa yoʻllar bilan olish mumkin. Realizatsiyaga buyurtmalar. Bular tovarlarning taʻrifi va miqdori yozilgan hujjatlar, shuningdek, boshqa(mijoz tomonidan buyurtma qilingan tovarga tegishli) axborotlar. Bu hujjatdan koʻpincha kredit qoʻllab-quvvatlangani va tovarni joʻnatishga ruhsat borligi haqidagi faktni tasdiqlash uchun foydalaniladi. Kreditlar berish Tegishli vakantga ega boʻlgan xodim tovarlar joʻnatilguncha qadar ushbu mijozga realizatsiya paytida kredit berilishini qoʻllab-quvvatlash kerak. Agar ushbu nazorat vaqtiga zarurat boʻyicha kerakli eʻtibor qaratilmasa, unda katta qarzlar, shu jumladan umidsiz debitorlik qarzlari paydo boʻladi. Kompaniyalarning koʻpchilik qismi mijozning realizatsiyaga buyurtmasini qoʻllab-quvvatlashnitaʻkidlaydi. Taʻkidlash, demak bu tovarni kreditga joʻnatishni qoʻllab-quvvatlash(ruhsat berish)dir. Tovarlarni yuklab, joʻnatish Ushbu xoʻjalik jihatdan eng muhim operatsiya siklining kompaniya oʻzining u yoki bu aktivlaridan mahrum boʻladigan dastlabki qobilyatidir. Kompaniyalarning koʻpchilik qismi tovarlarni berish va yuklab joʻnatish boʻyicha realizatsiya hajmini hisobga oladi. Ushbu hujjat (koʻpincha oʻziga konosamentni koʻrsatuvchi) bir qancha dublikatlarga ega boʻlib, mijozlarga etkazib berishni toʻgʻri fakturalashtirish uchun kerek. Tovar moddiy qiymatliklarining harakati haqida doimiy yozuv yuritadigan kompaniyalar transport hujjatlari yordamida hisobga olish yozuvlarini yangilab oladilar. Transport hujjatlari. Bular yuklash yoki joʻnatish paytida tayyorlangan hujjatlar. Ularda tovarlarning nomlari, miqdori, ushbu holatga aloqalor boshqa maʻluumotlarKoʻrsatilgan.Bunday hujjatlarning aslini mijozga yuboriladi, btr yoki undan ortiq nusxasini(dublikatini) oʻziga olib qoladi. Bu hujjatlardan shuningdek, mijozga tovarni berishga ruhsat sifatida ham foydalaniladi. Transport hujjatlari turlaridan biri konosament boʻlib, uni etkazib beruvchi va sotuvchi orasida yukni qabul qilish va yuklash qismidagi yozma shartnoma deyish mumkin. Koʻpincha konosamentlarda faqat yuborilayotgan yashiklar soni yoki yukning ogʻirligi koʻrsatiladi. Unda koʻpincha tovarlarning toʻliq taʻrifi ham uning miqdori haqida toʻliq maʻlumotlar ham keltirilmaydi. Ushbu holatda konosamentda tovarlarga nisbatan hamma tafsilotlar berilgan deb hisoblaymiz. Download 142.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling