Ishlab chiqarish xarajatlari reja: Kirish Ishlab chiqarish xarajatlarining mohiyati va turlari Korxona daromadlari va foydasi Daromadlarning o`sishida mehnat unumdorligining roli Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar


 Daromadlarning o`sishida mehnat unumdorligining roli


Download 355.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana30.04.2023
Hajmi355.67 Kb.
#1409536
1   2   3
Bog'liq
1. Ishlab chiqarish xarajatlarining mohiyati va turlari Korxona

3. Daromadlarning o`sishida mehnat unumdorligining roli 


12 
Mikroiqtisodiy darajada har qanday korxona, firma yoki kompaniyaning 
asosiy "bosh og`rig`i", (muammosi) olinayotgan daromadlarning muttasil 
ko`payib, o`sib borishini ta`minlashdir. Daromadlarning ko`payishiga ta`sir etuvchi 
omillar juda ko`p. Ularga asosan ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish, 
mahsulot sifatini yaxshilash, reklamani yo`lga qo`yish, 
mahsulotning 
yangi 
bozorlarini 
ochish, 
zamonaviy 
texnologiyalarni joriy qilish va hokazolar kiradi. Daromadlarni 
ko`paytirishning aytib o`tilgan omillari yoki yo`nalishlarining 
har biri ham muhim. Biroq har qanday sharoitda ham hal 
qiluvchi ahamiyat kasb etadigan asosiy omil mehnat unumdorligidir. 
Mehnat unumdorligi ko`rsatkichi korxona (firma) ishini, uning xo`jalik 
faoliyati samaradorligini ko`rsatadi. Bu ko`rsatkichni o`lchash (yoki aniqlash) juda 
ham oson. Buning uchun ishlab chiqarilgan mahsulotlar yoki ko`rsatilgan 
xizmatlar qiymatini, ya`ni daromadlar summasini ishlab chiqarishda yoki xizmat 
ko`rsatishda band bo`lgan ishchilar va xodimlar soniga taqsimlash kifoya, ya`ni: 
Fikrimizni yanada oydinlashtirish uchun quyidagi shartli misolni 
keltiramiz. Firmada ishlovchi ishchi va xodimlar soni 50 kishini tashkil etadi va 
unda bir oyda 50 mln. so`mlik mahsulot ishlab chiqarildi va sotildi, deylik. Oddiy 
arifmetika yo`li bilan mazkur firmada ishlovchi har bir kishining oylik mehnat 
unumdorligi 1,0 mln. so`mni tashkil etganini aniqlash qiyin emas. Muayyan 
tadbirlarni amalga oshirish, masalan, yangi texnologiyani joriy qilish natijasida 
kelgusi oyda o`sha 50 kishi mehnat qilayotgan firmada 55 mln. so`mlik mahsulot 
ishlab chiqarildi, deylik. Demak, firmada mehnat unumdorligi 1,1 mln. so`mni 
tashkil etdi yoki o`tgan oyga qaraganda 10 foizga o`sdi. 

Download 355.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling