Ishlab chiqarish xarajatlari reja: Kirish Ishlab chiqarish xarajatlarining mohiyati va turlari Korxona daromadlari va foydasi Daromadlarning o`sishida mehnat unumdorligining roli Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar


Download 355.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana30.04.2023
Hajmi355.67 Kb.
#1409536
  1   2   3
Bog'liq
1. Ishlab chiqarish xarajatlarining mohiyati va turlari Korxona




ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI 
Reja: 
Kirish 
1. Ishlab chiqarish xarajatlarining mohiyati va turlari 
2. Korxona daromadlari va foydasi 
3. Daromadlarning o`sishida mehnat unumdorligining roli 
Xulosa 
Foydalanilgan adabiyotlar 
 
 
 



Kirsh 
Korxona (firma) mablaglari aylanishining har bir tsiklli mahsulotlar yoki 
xizmatlarning sotilishi bilan yakunlanadi. Buning natijasida tushgan pul 
mablaglariga u yana iqtisodiy resurslar (xom-ashyo, materiallar, yarim fabrikatlar, 
yoqilgi, ishchi kuchi va hokazolar) sotib oladi va ularning yordamida mahsulot 
ishlab chiqaradi yoki xizmat korsatadi. Mana shunday tarzda sodir boladigan 
jarayonlar takror ishlab chiqarishni tashkil etadi. 
Ishlab chiqarilgan mahsulotni sotish natijasida korxona (firma) xazinasiga 
tushgan pul mablaglarini daromadlar deb ataladi. Korxonaning jami daromadi 
asosiy faoliyatdan va asosiy bolmagan faoliyatdan olingan daromadlar yigindisidan 
iboratdir. 
Asosiy 
faoliyatdan 
olingan 
daromadlarga 
mahsulotlarni, 
ishlarni, 
xizmatlarni, tovar-moddiy zahiralar va boshqa aktivlarni sotishdan olingan 
tushumlar kiradi. 
Daromadlarning ikkinchi turi, yani asosiy bolmagan faoliyatdan olingan 
daromadlarga quyidagilar kiradi: 
-qimmatli qogozlarni qayta baholash natijasida hosil bolgan daromadlar; 
-foizlar, dividentlar va ijara haqi korinishdagi daromadlar. 



Ishlab chiqarish xarajatlarining mohiyati va turlari 
Har qanday iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish, xususan, tovar ishlab 
chiqarish yoki xizmatlar ko`rsatish muayyan iqtisodiy resurslar (asbob-uskuna, 
xomashyo, materiallar, yarim fabrikatlar, ishchi kuchi va hokazo) sotib olishni 
taqozo etadi. Agar firma yangi tashkil etilayotgan bo`lsa, u yer ham sotib oladi 
yoki uni ijaraga oladi. Bunga ham firma muayyan sarf-xarajatlar qiladi. Agar firma 
o`zining pul mablag`lari kam bo`lgani uchun bankdan ssuda (qarz) olgan bo`lsa, 
uning uchun foizlar to`laydi. Bundan tashqari u o`z 
faoliyatini tashkil qilish uchun elektr energiyasi sotib 
oladi, transport, aloqa xizmatlari uchun pul to`laydi. 
Sug`urta 
uchun 
to`lovlar, 
reklama 
xarajatlari, 
amortizatsiya xarajatlari, turli xil soliqlar va hokazolar 
uchun ham firma muayyan sarf-xarajatlar qiladi. 
Ko`rinib turibdiki, xo`jalikni yuritish va buning natijasida muayyan foyda 
olish o`z-o`zidan bo`lmaydi, balki talaygina sarf-xarajatlar evaziga amalga oshadi. 
Ana shunday sarf-xarajatlarni, ya`ni ishlab chiqarish jarayonida sarflanadigan 
xarajatlarni ishlab chiqarish xarajatlari eb yuritiladi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida xo`jalik yurituvchi har qanday sub`yektning 
asosiy maqsadi foyda olishdir. Biroq bu maqsadga erishish, birinchidan, iqtisodiy 
resurslar sotib olishga sarflangan xarajatlar bilan belgilansa, ikkinchidan, ishlab 
chiqarilgan mahsulotga bo`lgan talab bilan chegaralanadi. Binobarin, ishlab 
chiqarish xarajatlari foyda miqdorini belgilab beruvchi omil bo`lib qolmay, taklif 
hajmiga ham bevosita ta`sir etadi. Shuning uchun bu xarajatlarni rejalashtirish, 
hisobga olish va doimo tahlil qilib borish firma (korxona)ni oqilona boshqarish va 
uning moliya-xo`jalik faoliyati samaradorligini oshirishning muhim omili bo`lib 
xizmat qiladi. 



Har qanday ishlab chiqarish firma (korxona)si oldida turadigan muhim 
vazifa, bu – umuman ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish emas, balki 
mahsulot birligiga sarflanadigan xarajatlarni kamaytirishdan iboratdir. 
Firmaning bir oyda (yoki yilda) oladigan foydasini quyidagi formula bilan 
aniqlash mumkin:
F q D – X 
Bu erda: D - daromadlar;
X - xarajatlar. 
Agar firma ma`lum vaqt ichida 10 mln. so`mlik sarf-xarajatlar qilgan holda 
ishlab chiqargan mahsulotini 12 mln. so`mga sotgan, ya`ni shuncha daromad olgan 
bo`lsa, uning olgan foydasi 2 mln. so`mni tashkil etadi. Muayyan tadbirlarni 
amalga oshirib, mahsulot birligiga sarflanayotgan xarajatlarni 1 mln. so`mga 
kamaytirsa, uning oladigan foydasi endi 2 mln. (ya`ni 12-10) emas, balki 3 mln. 
(ya`ni 12-9) so`mni tashkil etadi. Endi shu misolimizni boshqacharoq qilib 
ko`ramiz. Firma o`sha tadbirlar natijasi o`laroq 10 mln. so`mlik sarf-xarajatlar 
qilib, 12 mln. so`mlik emas, balki 13 mln. so`mlik mahsulot ishlab chiqardi va 
sotdi deylik. Bu holda uning foydasi 3 mln. so`mni tashkil etadi. 
Ko`rinib turibdiki, mahsulot birligiga sarflanadigan xarajatlarni kamaytirish 
ikki yo`l bilan hal etilishi mumkin: 
-muayyan miqdordagi mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflanayotgan 
xarajatlarni kamaytirish;
-muayyan miqdordagi sarf-xarajatlar bilan ko`proq mahsulot ishlab 
chiqarish. 



Mahsulot ishlab chiqarish uchun sarf bo`ladigan xarajatlarni bevosita va 
bilvosita turlarga ajratish mumkin. 
Bevosita xarajatlar ayrim mahsulotni ishlab 
chiqarish bilan bog`liq bo`lgan xarajatlar bo`lib, ular 
shu mahsulot tannarxiga to`g`ridan-to`g`ri kiritiladi. 
Xomashyo va asosiy materiallar, yoqilg`i, elektr 
energiyasi, boshqa korxonalardan sotib olinadigan 
yarim fabrikatlar, ishchilarning ish haqi va shunga 
o`xshash xarajatlar bevosita xarajatlarni tashkil etadi. 
Bilvosita xarajatlar deb ishlab chiqarishni tayyorlash va o`zlashtirish, 
dastgohlarni saqlash va ekspluatatsiya qilish, tsex, umumkorxona va ishlab 
chiqarishdan tashqaridagi xarajatlarga aytiladi. 
Ishlab chiqarishni tayyorlash va o`zlashtirish xarajatlariga quyidagilar kiradi: 
-yangi ishga tushirilgan korxonalarni o`zlashtirish va foydasini ta`minlash 
bilan bog`liq xarajatlar; 
-yangi turdagi mahsulot, ilg`or texnologik jarayonlarni tayyorlash va 
o`zlashtirish uchun sarflangan xarajatlar; 
-yangi, unumli texnikani yaratganligi uchun mukofot fondi ajratmalari va 
boshqalar. 
Dastgohlarni saqlash va ekspluatatsiya qilish xarajatlariga dastgohlarni joriy 
sozlash, tsex transporti, ish joylarining amortizatsiyasi, tsex instrumentlarini 
tiklash va moslash bilan bog`liq bo`lgan xarajatlar kiradi. 
Sex xarajatlari deyilganda, tsexni boshqaruvchi xodimlarning ish haqi fondi 
va ijtimoiy muhofaza uchun ajratmalar, uni isitish, yoritish, suv va kanalizatsiya 



tarmoqlari bilan ta`minlash, ilmiy tadqiqotlar o`tkazish va hokazolar bilan bog`liq 
xarajatlar tushuniladi. 
Umumkorxona xarajatlari korxonani boshqarish bilan bog`liq bo`lgan 
xarajatlar yig`indisidan iborat bo`lib, ularga quyidagilar kiradi: 
-boshqarish xarajatlari; 
-umumxo`jalik xarajatlari; 
-to`lov va ajratmalar. 
Boshqarish xarajatlari quyidagilardan iboratdir: 
-zavod boshqarmasi, bo`limlar xodimlarining tasdiqlangan shtat ro`yxatiga 
muvofiq mansab maoshlarining yig`indisi; 
-xodimlarning xizmat safari xarajatlari; 
-soqchi xodimlarning ish haqi, ularga beriladigan maxsus kiyimlar, o`t 
o`chiruvchi mashinalarga sarf qilinadigan yoqilg`i qiymati, mashinalarni sozlash 
uchun zarur materiallar va boshqa xarajatlar;
-zavod boshqarmasi binosi, umumkorxona yo`llari, omborlari, tibbiyot 
punktiga ajratilgan xona, oshxona, bufet va klublarning amortizatsiya ajratmalari 
va ularni joriy sozlash, yoritish, isitish va suv bilan ta`minlash xarajatlari; 
-kadrlar tayyorlash, oliy va o`rta maxsus maktablaridan kelgan talabalar 
bilan o`tkaziladigan ishlab chiqarish amaliyotlariga sarflanadigan xarajatlar. 
Mahsulot ishlab chiqarish bilan bevosita bog`liq bo`lgan xarajatlar mahsulot 
miqdoriga qarab to`g`ri mutanosiblikda o`zgarib (ko`payib yoki ozayib) turadi. 
Shuning uchun ularni o`zgaruvchan xarajatlar deb yuritiladi.



Bilvosita xarajatlar firma (korxona)da ishlab chiqarilgan mahsulotning 
miqdoriga qarab o`zgarmaslik xususiyatiga ega. Shuning uchun ularni doimiy yoki 
o`zgarmas xarajatlar deb aytiladi. 
Shuni ham aytib o`tish kerakki, bir qancha xarajatlar ishlab chiqarishda 
to`g`ridan-to`g`ri qatnashmaydi. Shuning uchun ularni “ishlab chiqarishdan 
tashqaridagi” xarajatlar deb ataladi. Bunday xarajatlarga quyidagilar kiradi:
-mahsulotni o`rash bilan bog`liq xarajatlar; 
-mahsulotni jo`natiladigan joylarga tashib borish, vagonlarga yuklash 
xarajatlari. 
Ishlab chiqarish xarajatlarini doimiy ravishda kamaytira borish firma (korxona) 
rahbarlari, menejeri va muhandis-texnik xodimlaridan birinchi navbatda 
tejamkorlik bilan ish yuritishni talab qiladi. Shu bilan birgalikda fan-texnika 
yutuqlaridan oqilona foydalanish mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan, xomashyo 
materiallaridan, yoqilg`i resurslaridan yanada to`laroq foydalanishga imkon beradi. 
Shuningdek, yangi texnologik jarayonlarning yaratilishi va ularning joriy etilishi 
ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va firma (korxona) moliya-xo`jalik 
faoliyati samaradorligini oshirishga sharoit yaratadi 

Download 355.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling