Ishlab chiqarish xarajatlari reja: Kirish Ishlab chiqarish xarajatlarining mohiyati va turlari Korxona daromadlari va foydasi Daromadlarning o`sishida mehnat unumdorligining roli Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar


Download 355.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana30.04.2023
Hajmi355.67 Kb.
#1409536
1   2   3
Bog'liq
1. Ishlab chiqarish xarajatlarining mohiyati va turlari Korxona

 
 
 
 
 
 



Korxona daromadlari va foydasi 
Korxona (firma) mablag`lari aylanishining har bir tsiklli mahsulotlar yoki 
xizmatlarning sotilishi bilan yakunlanadi. Buning natijasida tushgan pul 
mablag`lariga u yana iqtisodiy resurslar (xom-ashyo, materiallar, yarim fabrikatlar, 
yoqilg`i, ishchi kuchi va hokazolar) sotib oladi va ularning yordamida mahsulot 
ishlab chiqaradi yoki xizmat ko`rsatadi. Mana shunday tarzda sodir bo`ladigan 
jarayonlar takror ishlab chiqarishni tashkil etadi. 
Ishlab chiqarilgan mahsulotni sotish natijasida korxona (firma) xazinasiga 
tushgan pul mablag`larini daromadlar deb ataladi. Korxonaning jami daromadi 
asosiy faoliyatdan va asosiy bo`lmagan faoliyatdan olingan daromadlar 
yig`indisidan iboratdir. 
Asosiy 
faoliyatdan 
olingan 
daromadlarga 
mahsulotlarni, 
ishlarni, 
xizmatlarni, tovar-moddiy zahiralar va boshqa aktivlarni sotishdan olingan 
tushumlar kiradi.
Daromadlarning ikkinchi turi, ya`ni asosiy bo`lmagan faoliyatdan olingan 
daromadlarga quyidagilar kiradi: 
-qimmatli qog`ozlarni qayta baholash natijasida hosil bo`lgan daromadlar; 
-foizlar, dividentlar va ijara haqi ko`rinishdagi daromadlar. 
Korxona daromadining bir qismi mahsulotni ishlab chiqarish va sotish bilan 
bog`liq bo`lgan xarajatlarni qoplaydi, qolgan qismi korxonaning sof daromadi yoki 
foydasini tashkil etadi. 
Mahsulotni sotishdan olgan tushumdan ishlab chiqarish xarajatlarini chegirib 
tashlagandan paydo bo`ladigan farq mahsulot sotishdan olingan yalpi foyda deb 
yuritiladi. Mazkur ko`rsatkich, ya`ni yalpi foydadan sotish xarajatlari, ma`muriy 



xarajatlar va boshqa operatsion xarajatlarni ayrib tashlash yo`li bilan asosiy 
faoliyatdan olingan foyda aniqlanadi. 
Korxona tomonidan boshqa xo`jalik yurituvchi sub`ektlardan olingan 
dividentlar, berilgan qarzlar uchun foizlar, mol-mulkni ijaraga berishdan olingan 
daromadlar va moliyaviy faoliyat bilan bog`liq bo`lgan boshqa daromadlar 
yig`indisi moliyaviy faoliyatdan olingan foydani tashkil etadi. 
Yuqorida ko`rsatilgan ikki xil foyda, ya`ni asosiy faoliyatdan olingan foyda 
bilan moliyaviy faoliyat foydasining yig`indisi umumxo`jalik faoliyatidan olingan 
foydani tashkil etadi. 
Bundan tashqari korxonada favqulodda foyda yoki zarar sodir bo`lishi ham 
mumkin. Favquloddagi foyda yoki zarar korxona moliya-xo`jalik faoliyatinig 
natijasida emas, balki korxonadagi biznes tavakkalchiligi bilan to`g`ridan-to`g`ri 
bog`lanmagan holda vujudga keladi. Favqulodda foyda yoki zararni keltirib 
chiqaruvchi hodisalarni, odatda, oldindan bashorat qilish va rejalashtirish mumkin 
emas. Shu nuqtai nazardan dehqonchilikda har 3-5 yilda sodir bo`lishi mumkin 
bo`lgan qurg`oqchilikni favqulodda hodisa deb bo`lmaydi. Korxona bu hodisaga 
oldindan tegishli rezervlar tashkil etib, tayyorgarlik ko`rib borishi lozim. Yoki 
tovar bahosining mavsumiy ko`tarilishi yoki pasayishini ma`lum darajada oldindan 
bashorat qilish mumkin bo`lgani uchun favqulodda hodisa deb qarash ham to`g`ri 
emas.
Favqulodda foyda yoki zararni keltirib chiqarishi mumkin bo`lgan aksariyat 
hollar xalqaro bozordagi o`zgarishlar, masalan, narx-navoning keskin ko`tarilib 
yoki pasayib ketishi hamda turli tabiiy ofatlar bilan bog`liq bo`ladi. 
Umumxo`jalik faoliyatidan olingan foyda bilan favqulodda foyda (zarar) 
yig`indisi soliq to`langunga qadar foydani tashkil etadi. Soliqlar va foydadan 
boshqa majburiy to`lovlar bajarib bo`lingandan so`ng qolgan foyda korxonaning 
sof foydasini tashkil etadi. 


10 
Soliqqa tortiladigan foyda bilan korxonaning balans foydasi bir-biridan 
farqlanishini ta`kidlab o`tish zarur. Moliyaviy hisobotlarni ishlab chiqish 
qoidalariga muvofiq holda aniqlangan umumxo`jalik faoliyatidan olinadigan foyda 
bilan favqulodda foyda yig`indisi soliq qonunchiligi nuqtai nazaridan e`tiborga 
olinishi lozim bo`lgan foyda miqdoridan farq qiladi. Ayrim xarajatlar soliq 
qonunchiligi nuqtai nazaridan xarajat sifatida tan olinmaydi, ya`ni soliq summasini 
aniqlashda ularni korxona daromadidan chegirib tashlash mumkin emas. Masalan, 
norma doirasidagi safar xarajatlari mahsulot tannarxiga kiritilishiga ruxsat beriladi, 
normadan yuqori sarf qilingan qismi esa kiritilmaydi. Davlat manfaatlari bo`yicha 
yondashilsa, bu asosli, chunki korxona o`z xodimiga qo`shimcha imtiyozlar 
berganda, bundan davlatning soliq tushumlari kamaymasligi lozim. Agar shunday 
qilinmasa, korxona qancha mablag`ni ko`p sovursa, davlatga soliqlarni shuncha 
kam to`lashi mumkin bo`lib qoladi.
Soliqqa tortiladigan foyda miqdorini aniqlash ancha murakkab ish. Chunki 
davlat soliq siyosatining maqsadi faqat soliqlarni hisoblab chiqish va 
undirishdangina iborat emas. Soliq siyosati korxonada oqilona xo`jalik yuritilishini 
rag`batlantirish, resurslarning samarasiz ishlatilishini jazolash va muayyan ijtimoiy 
maqsadlarga erishishga qaratilgan bo`lishi lozim.
Korxona ixtiyorida qolayotgan sof foyda jamg`arish va iste`mol 
maqsadlariga 
yo`naltirilishi 
mumkin. 
Foydaning 
iste`mol 
maqsadlariga 
yo`naltirilayotgan qismi korxona egalariga daromad sifatida berilishi, korxona 
xodimlarini rag`batlantirish uchun sarflanishi yoki boshqa iste`mol maqsadlariga 
ishlatilishi mumkin.
Bozor iqtisodiyoti sharoitidagi raqobat muhiti korxona foydasining asosiy 
qismini muntazam ravishda investitsion maqsadlarga ajratishga majbur etadi. 
Bundan korxonada ishlovchi xodimlar manfaatdordirlar deyish mumkin, chunki 
ularni ish o`rinlari saqlab qolinadi, kengaytiriladi va takomillashadi. Korxona 
egalarining manfaatlari esa birinchi navbatda korxona kapitali ortishida, uning 


11 
bozordagi mavqei mustahkamlanishida ifodalanadi. Davlat nuqtai nazaridan esa 
foydaning qayta investitsiyalanishi korxona faoliyati hajmlarini, ya`ni soliqqa 
tortish bazasini kengaytiradi hamda regiondagi ijtimoiy masalalarni hal etishga 
ko`maklashadi.
Korxona foydasini taqsimlash jarayonida korxonada muayyan maqsadlarga 
mo`ljallangan zahiralar va fondlar (jamg`armalar) tashkil etilishi mumkin. Bozor 
iqtisodiyotida bu foydani assignatsiyalash deb ataladi. Mamlakatimizdagi ko`plab 
korxonalarda zahira fondi, ishlab chiqarishni rivojlantirish fondi, xodimlarni 
moddiy rag`batlantirish fondi va ijtimoiy rivojlantirish fondi kabi jamg`armalar 
tashkil etilgan. Korxona balansida bu fondlar “Taqsimlanmagan foyda” nomli 
moddada aks ettiriladi. Shuni ham aytib o`tish lozimki, umumxo`jalik faoliyatidan 
olingan foyda bilan favqulodda foyda yig`indisi xo`jalik amaliyotida korxonaning 
balans foydasi yoki brutto-foyda deb ataladi. Soliqlar to`lab bo`lingandan so`ng 
qolayotgan foyda esa sof foyda yoki netto-foyda deb yuritiladi.
Shunday qilib, korxona daromadlari quyidagicha taqsimlanadi: 
Birinchi navbatda moddiy va nomoddiy resurslarga ketgan sarflarni 
qoplanadi.
Ikkinchi navbatda mehnat haqi fondi shakllantiriladi, ijtimoiy sug`urtaga 
ajratmalar va mahsulot tannarxiga kiritiladigan soliqlar to`lovlari amalga oshiriladi.
Uchinchi navbatda korxonani balans foydasi shakllanadi va uning hisobidan 
foydadan soliqlar to`lanadi. 
To`rtinchi navbatda netto-foyda hisobidan qoplanadigan xarajatlar 
qoplanadi.
Shundan so`ng qolgan foyda jamg`arish va iste`mol maqsadlariga ishlatiladi.

Download 355.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling