Ishlab chiqarish xonalarining sun’iy yoritilishni aniqlash. Ishning maqsadi
Download 57.19 Kb.
|
4Amaliy (4)
Sun’iy yorug‘lik.
Hozirgi paytda sun’iy yorugiik, asosan, ikki xil — cho'g’lanma va lyuminessent lampalar orqali hosil qilinadi. Cho‘g‘lanma lampalarning foydali ish koeffitsiyenti kichik, ularga keladigan energiyaning juda ozgina qismi yorug‘likka, asosiy qismi esa issiqlik energiyasiga aylanadi. Ular quyosh spektridan keskin farq qiluvchi yorug‘lik beradi, shuning uchun bu lampalar ishlatilgan joylarda kishining ranglarni idrok qilish qobiliyati susayadi. Lekin, bu lampalar tuzilishining oddiyligi, xohlagan quvvatda ishlab chiqarish mumkinligi, bosimning va namlikning juda katta diapazonida ishlatilishi mumkinligi sababli ham keng miqyosda qo‘llanilmoqda. Ularni yordamchi sexlarda, fonarsiz binolarning texnik qavatlarida, ventilyatsiya kameralarida va konditsionerlar joylashgan xonalarda qo’llash maqsadga muvofiq. Lyuminessent lampa tabiiy yorug’lik spektriga yaqin spektrda yorug'lik tarqatib, ishchilarni kamroq toliqtiradi, ranglarni idrok qilish qobiliyatlarini orttiradi. Bu lampalar elektr energiyasini tejashda ancha afzaldir va cho‘g‘lanma lampalarga qaraganda yorug‘lik chiqaruvchi yuzalari katta bo‘lganligi uchun ko‘zni kam qamashtiradi. Lyuminessent lampalar past va yuqori bosimli qilib tayyorlanadi. Yorug‘lik oqimining pulsatsiyali tarqalishi lyuminessent lampaning kamchiligidir. Bu birinchidan, ishchilarning fiziologiyasiga salbiy ta’sir qilsa, ikkinchidan stroboskopik samara paydo qiladi. Bu shunday hodisaki, mashina va dastgohlarning harakatdagi qismlari to‘xtab turgan, sekin ay- lanayotgan yoki noto‘g‘ri harakat qilayotgan bo‘lib tuyulib, xavf-xatar tug‘diradi. Bundan tashqari, radio to‘siqlar paydo qiladi, ya’ni tovushning tiniq eshitilishiga halal beradi va ayrim paytlarda shovqin chiqarib ishlaydi. To‘quvchilik sanoatida bu lampalar o‘rash mashinalarining bobina- larini, tandalash mashinasining naycha uyalari (shpulyarnik) va undan tanda barabaniga kelayotgan iplarni yoritishda, ohorlash mashinalarining quritish kameralarida, ip ulash mashinalarida arqoq iplarni yoritishda hamda proborlash dastgohlarining remiz va berdolarini yoritishda keng qo'llaniladi. Ma’lumki, ko‘zga nur to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushganda ko‘z qamashib, ravshanlik katta bo'lganda ma’lum vaqtgacha ko‘z oldi qorong‘ilashib, obyektlar yomon ko‘rinadi yoki ko‘rinmay qolishi mumkin. Qandillarning afzalligi shundaki, ishlovchilarning ko‘ziga lampalardan chiqayotgan nurlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushishdan saqlaydi. Yorug‘lik manbalarining ko‘zni qamash tirish xususiyatini kamaytirishi qandillarning himoya burchagiga bog'liq. Himoya burchagi qandil pastki qirrasining gorizontal chizig‘i bilan lampaning qizdirish chizig‘idan qarama-qarshi tomonga o‘tkazilgan nur orasidagi burchakdir. Bu burchak odatda tg a=h/d formulasi bo‘yicha hisoblanib, cho‘g‘lanma lampalar uchun a=30°, lyuminessent lampalar uchun a=15° olinadi. Konstruksiyasi bo‘yicha qandillar ochiq, himoyalangan, yopiq, chang o‘tkazmaydigan, namlik o‘tkazmaydigan, portlash xavfidan himoyalangan turlarga bo'linadi. Qandillarning maxsus turlaridan biri hisoblangan tirqishli nur bergich- lar alohida e’tiborga loyiq. Bular portlash xavfi bor korxonalarda ishlatilib, to‘qimachilik sanoati sexlarida qo‘llash ham foydadan holi emas. 34-rasmda tirqishli nur bergichning sxemasi tasvirlangan. Sun’iy yoritkichlar o‘z vazifasiga ko‘ra ish, avariya va maxsus yoritkichlarga bo‘linadi. Ipakchilik sanoatida ishlab chiqarish bo'linmasiga va ishlaming turiga qarab, asosan, umumiy hamda aralash yoritkichlar qollaniladi. Masalan, tos tepasini va pilla tortish dastgohlarining motovilolariga boruvchi ipni yaxshi yoritish uchun motovilolar mintaqasiga mahalliy yoritkichlar o‘matiladi. Cho‘g‘lanma chiroqlarni tayyorlash murakkab emas, ular ishonchli va oddiy ishlaydi. Yorug’likni kam berishi 7 dan 20 lm/Vt gacha, xizmat muddatining kamida 1000 soatgacha, cho‘g‘lanma chiroqlar spektrida qizil hamda sariq tuslarning ko‘proq bo‘lishi ularning kamchiliklaridir. Zamonaviy lyuminessensiya chiroqlari cho‘g‘lanma chiroqlarga nisbatan qator afzalliklarga ega: 50 dan 100 lm/Vt gacha yorug‘lik beradi, 800— 14000 soat xizmat qiladi. Gaz razryadli chiroqlarning kamchiliklariga quyidagilar kiradi: ulanish sxemasi nisbatan murakkab, yorug‘lik oqimi o'zgarib lipillab turadi va nisbatan qimmat. Download 57.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling