Ishlab chiqarish xonalarining sun’iy yoritilishni aniqlash. Ishning maqsadi


Download 57.19 Kb.
bet1/3
Sana19.06.2023
Hajmi57.19 Kb.
#1604388
  1   2   3
Bog'liq
4Amaliy (4)


4-Mavzu: Ishlab chiqarish xonalarining sun’iy yoritilishni aniqlash.


Ishning maqsadi: Talabalarga sun’iy yoritilish normalari haqida bilim, ko’nikmalarga ega bo’lishga o’rgatish, mehnat muhofazasining qouniy asoslarini o’rgatish.
Darsning obyekti va jihozi: Mavzuga oid bo’lgan ilmiy-metodik adabiyotlar, fakultet xonasi.
Ishning bajarilish tartibi: Talabalar eng avvalo ishning nazariy qismini o’qib o’rganib, so’ngra daftarga yozib oladi, mavzu yuzasidan qisqacha hisobot yozishga hozirlik ko’radi
Ma’lumki, tabiiy yorug‘lik manbai quyoshdir. Sun’iy yorug‘lik manbai esa elektr energiyasi bo‘lib, u cho‘g‘lanma va lyuminessent lampalar orqali amalga oshiriladi. Tabiiy yorug‘lik bilan bino yon tomonidan (derazalardan), yuqoridan (shedler yoki zenit fonarlari orqali) va kombinatsiyalashtirilgan, ya’ni yuqoridan hamda yon tarafdagi derazalar orqali yoritiladi.
Sexlarni kunduz kuni tabiiy yorug‘lik bilan yoritilishiga alohida ahamiyat berish kerak.
Ish ikki, uch smenali yoki sexlarning o‘lchamlari katta bo‘lganda to‘qimachilik korxonalari sun’iy yoritiladi, chunki bunday katta sexlarda tabiiy Yorug’lik bilan butun sex bo‘yicha yetarli va bir tekis yoritilishni ta’minlash mumkin emas.
Sun’iy yorug’lik umumiy (butun sex bo‘yicha), mahalliy faqat ish joyida qo‘llanadi va aralash (umumiy yorug‘lik bilan mahalliy yorug‘lik birga) turlarga bo‘linadi. Shuni ta’kidlash kerakki, mahalliy yorug‘lik, yakka o‘zi hech mahal qo‘llanilmaydi.
Bir xil yorug‘lik oqimi beruvchi lampalar sex bazasi bo‘yicha bir tekis o‘rnatilgan bo‘lsa, buni tengtaqsimlangan umumiyyorug'lik, agarda lampalar yorug‘lik oqimi ko‘proq ish joylariga yoki boshqa zarur uchastkalarga yo‘naltirib o‘rnatilsa, buni umumiy lokallashtirilgan yorug'lik deb ataladi.
Sun’iy yorug'lik vazifasi bo‘yicha ish yorug‘ligi, ya’ni korxonada texnologik jarayonning me’yorida borishi uchun zarur bo’lgan yorug’lik, halokat hodisalari vaqtida ishlatiladigan yorug’lik va maxsus yorug‘likka bo‘linadi.
Falokat yuz berganda ishlatiladigan yorug‘lik ishchilarni evakuatsiya qilish va ayrim hollarda muhim uchastkalarda ishni davom ettirishga mo‘ljallanadi. Bular shunday hollarki, ish yoritkichi o‘chsa, portlash, yong‘in, jarohatlar sodir bo‘lishi va texnologik jarayon uzoq muddatga ishdan chiqishi mumkin. Halokat rejimidagi yoritilganlik ish yorug‘ligining me’yorlaridan 5 %, shu bilan birga sexlarda va xonalarda 2 lk. dan va tashqarida 1 lk. dan kam bo‘lmasligi kerak.
Ishchilarni evakuatsiya qilishga mo‘ljallangan yoritilganlik xonalarda kamida 0,5 lk, tashqarida 0,2 lk. dan kam bolmasligi (ayniqsa, zinalar va yo‘laklarda) shart. Buning uchun cho‘g‘lanma lampalari va lyuminessent lampalar ishlatilishi mumkin. Halokat hodisalari uchun ishlatiladigan yorugiik tizimi alohida manbadan ta’minlanishi kerak.
Maxsus yorug’lik turiga nurlantirish maqsadida ishlatiladigan yorugiik kiradi. Bu yorug’lik eritem nurlanishi deyilib, ishchilarni maxsus xona — fotariylarda yoki labirint koridorlaridan o‘tkazilib ultrabinafsha nurlar bilan nurlantiriladi. Bu ayniqsa, hozirgi paytda keng qollanilayotgan, faqat sun’iy yorug’lik bilan yoritiladigan sex ishchilari uchun zarurdir. Ma’lumki, butun ish kuni davomida ular quyosh nurini ko‘rmaydilar va organizmlarida ultrabinafsha nurlarga talab ortadi. Nurlanishning yana bir turi bo’lgan bakteritsid nurlanishi esa, suv va havoni sterillash maqsadida ishlatiladi.

Download 57.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling