Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti buxgalteriya hisobi va audit kafedrasi


Korxonalarning mahsulot (ish, xizmatlar) ishlab chiqarish hajmini tahlili


Download 498.65 Kb.
bet4/18
Sana17.06.2023
Hajmi498.65 Kb.
#1526095
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
4 kurs Munisa hisoboti (2)

.Korxonalarning mahsulot (ish, xizmatlar) ishlab chiqarish hajmini tahlili.


Mahsulot (ish, xizmat)lar hajmini o‘rganishda solishtirma, ulgurji baholarda hamda joriy yilning amaldagi baholarida aniqlangan ma’lumotlar tahlil qilinadi. Dinamikasini aniqlash uchun hisobot davrida ishlab chiqarilgan haqiqiy mahsulot hajmi o‘tgan yillardagisi bilan taqqoslanib ko‘rsatkichlarni o‘zgarishi mutloq va nisbiy (foiz)larda aniqlanishi lozim.Faoliyatning eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lib, ishlab chiqarilgan mahsulotning sifati hisoblanadi. Mahsulot sifatining oshishi o‘z navbatida sotilgan mahsulot hajmining oshishiga va foydaning ko‘payishiga, oqibatda rentabellik darajasining yuqori bo‘lishiga sababchi bo‘ladi.
Mahsulot sifati navlar bo‘yicha belgilanadigan mahsulotlarni ikki kategoriya bo‘yicha tarkiblash mumkin:
- oliy sifat kategoriyasi;
- birinchi sifat kategoriyasi.
Mazkur sifat kategoriyalari orqali mahsulotning xalqaro va mamlakat standarti talablariga mosligi o‘rganiladi. Mahsulot sifatini oshirish realizatsiya jarayonini tezlashtiradi, mahsulotga bo‘lgan talabni to‘laroq qondiradi, tovar pul muomalasini tezlashtiradi, eksport imkoniyatlarini oshiradi.
Mahsulot sifati qator ko‘rsatkichlar tizimi bilan baholanadi. Xarakterli xossalariga ko‘ra belgilangan belgilangan me’yorlarga (xalqaro va mamlakat standartlariga mosligi), pishiqligi, puxtaligi, chidamliligi, va h.k. ko‘rsatkichlari bilan farqlanadi.
Mahsulot sifatiga odatda quyidagi omillar ta’sir qiladi: 

  • foydalanilayotgan xomashyo va materiallar sifati;

  • xodimlarning malakasi va texnik tayyorgarlik darajasi;

  • ishlab chiqarishda ishtirok etadigan texnika va texnologiyani holati va uning progressivligi;

  • ishchi va xodimlarning mahsulot sifatiga javobgarligi hamda ularning moddiy rag‘batlantirilishi va hokazo;

Mahsulot ishlab chiqarishda eng muhim masala bu innovatsion, yangidan yaratilgan mahsulotlar hajmining, eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yilganligiga baho berishdan iboratdir.Innovatsion mahsulot – yangi, takomillashtirilgan, texnologik o‘zgarishlar tufayli yaratilgan mahsulotdir. Oldingi mahsulotlardan sezilarli yoki tubdan farq etuvchi mahsulotlardir.Eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlarning jami mahsulotlar tarkibidagi salmog‘iga baho berish orqali korxonaning joriy va istiqboldagi taktik strategiyalari ishlab chiqiladi.

  1. Download 498.65 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling