Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti buxgalteriya hisobi va audit kafedrasi


Mahsulot (ish, xizmat)lar sotish hajmi va uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar tahlili


Download 498.65 Kb.
bet5/18
Sana17.06.2023
Hajmi498.65 Kb.
#1526095
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
4 kurs Munisa hisoboti (2)

Mahsulot (ish, xizmat)lar sotish hajmi va uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar tahlili.


Ishlab chiqarish hajmi va mahsulot assortimentiga nisbatan boshqaruv qarorlari moliyaviy hisobot asosida qabul qilinadi. Shu holda subyektlar turli yo’llar bilan sotiladigan mahsulotlarni keng assortimentda ishlab chiqaradilar; katta va kichik hajmda, ulgurji va chakana savdo yordamida, turli geografik hududda joylashgan iste’molchilarga yetkazib berish yo’li bilan va hokazo. Bunday amaliyot mahsulotning turlari va bozorlarning segmentlari bo’yicha olinadigan daromadlar to’g’risida alohida hisobotlarni talab qiladi. Buxgalter tomonidan subyektning moliyaviy-sotuv faoliyati haqidagi to’liq moliyaviy ma’lumotni ishlatish subyekt ishining unumdorligini oshirishga qaratilgan nazoratning amaldagi tizimini yaratishga imkon beradi.
Alohida segmentlar bo’yicha moliyaviy hisobotlarga umumiy summalarni kiritish kerak va subyektning umumiy moliyaviy hisobotiga ham ushbu summalar umumlashtirilgan holda kiritilishi kerak. Masalan, har bir mahsulot yoki mahsulotning assortimentini ishlab chiqarishdan olingan foyda yalpi foydaning bir qismi bo’lishi kerak, ishlab chiqarish hajmi esa o’zgaruvchan xarajatlarning hajmi bilan o’zaro bog’liqlikni saqlashi kerak. Har Bir ishlab chiqarish bo’linmalarining xarajatlari butun subyekt darajasida ishlab chiqarish xarajatlarining bir qismi hisoblanadi va ishlab chiqarishning samaradorligini, mahsulot turi, ish vaqtidan to’liq foydalanganlikni hisobga olgan holda nazorat qilinishi lozim. Mahsulotning assortimenti bilan alohida ishlab chiqarish bo’linmlarida ishlab chiqarish quvvatlarining to’ldirilganligi o’rtasida aloqa mavjud.
Тadbirkorlik faoliyatining har bir segmentini baholash ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblovchi buxgalterga muammo tug’diradi. Uning yechimi ko’proq rentabelli mahsulotni va subyektning yalpi foydasining ishlab chiqarish hajmini va assortimentini nazorat qilish tizimini tuzish jarayonida ro’yobga chiqadi. Har Bir subyekt uchun nazorat tizimining o’ziga xosligiga qaramay u quyidagi namunaviy muolajalarni o’z ichiga olishi lozim: har bir mahsulotning rentabelligini kuzatish; har bir mahsulotdan olingan yalpi foydani nazorat qilish; haqiqiy foydaning kutilayotganidan chetga chiqishini aniqlash; xarajatlar tizimini hisoblab chiqish, o’ta yashirin xarajatlarni chiqarib tashlash; alohida mahsulotga to’g’ri keladigan ustama sarflarni hisoblab chiqish; subyektda qo’llaniladigan talabning elastikligiga va boshqa nazorat muolajalariga narx o’zgarishining ta’sirini aniqlash.
Nazorat muolajalaridan foydalanish kutilayotgan foydani ta’minlash uchun ishlab chiqarish hajmining qancha bo’lishini, foydaning aniq hajmini olish uchun sotishda qanday narx qo’yish kerakligini, subyekt ishining zararsizlik chegarasining, xavfsizlik hududining va sotilgan mahsulot tizimining qandayligini aniqlashga imkon beradi.Mahsulot birligining miqdorini hisoblash zararsizlik nuqtasini hisobga olmasdan quyidagi tenglamaga asoslanadi:


Download 498.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling