Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti buxgalteriya hisobi va audit kafedrasi


Byudjet va byudjetdan tashqari fondlar bilan hisoblashishlar auditini o‘rganish


Download 498.65 Kb.
bet17/18
Sana17.06.2023
Hajmi498.65 Kb.
#1526095
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
4 kurs Munisa hisoboti (2)

Byudjet va byudjetdan tashqari fondlar bilan hisoblashishlar auditini o‘rganish.


O’zbekiston Respublikasi Soliq qonunchiligiga muvofiq ko’pchilik korxonalar byudjetgaumumdavlat va mahalliy soliqlar hamda yig’imlar to’laydilar.Soliqlar va boshqa to’lovlar bo’yicha byudjet bilan hisob-kitoblarni auditorlik tekshiruvidan o’tkazishning maqsadi - tekshiriladigan xo’jalik yurituvchi sub’ekt buxgalteriya hisobotining soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha qarzdorlikni aks ettirish qismida, hamda soliqqa tortishdagi tartibga solinmagan masalalar bilan bog’liq sezilarli holatlarni aks ettirishdan iborat.
Byudjet bilan olib boriladigan hisob - kitoblar auditor jiddiy e’tibor berishi lozim bo’lgan murakkab ob’ekt hisoblanadi. Birinchidan, byudjetga to’lanadigan soliqlarning noto’g’ri hisoblanganligi va to’langanligi uchun korxonaga nisbatan moliyaviy jazo choralari qo’llaniladi. Bu esa uning moliyaviy ahvoliga sezilarli darajada ta’sir qiladi. Ikkinchidan, hisob-kitoblarning to’g’riligini tasdiqlovchi auditorlik xulosalari soliq inspeksiyasi tomonidan qabul qilinishi ayrim hollarda shubha ostiga olinib, qabul qilinmasligi ham mumkin. So’ngi holatda soliq organi taqdim qilingan auditorlikhulosasini qaytadan tekshirib chiqishga haqlidir. Agar auditor xulosasi davlat byudjeti manfaatlariga zid, amaldagi qonunchilikka va me’yoriy hujjatlarga rioya qilinmasdan, sifatsiz tuzilganligi aniqlansa, amaldagi qonunchilikka muvofiq sanksiyalar kuchga kiradi. Bunday hollarda auditorlik firmasi aditorlik faoliyati bilan shug’ullanishga huquq beradigan litsenziyadan mahrum qilinishi mumkin. Soliqlar to’lanishini tekshirishdan oldin soliqqa tortiladigan ob’ekt bo’yicha ko’rsatkichlarning to’g’riligi, soliqqa tortiladigan baza va soliq stavkalariga rioya qilinishi, tekshirilishi kerak.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida turli xil mulkchilikka asoslangan korxonalarning byudjet bilan o’zaro munosabatlari kengaymokda. Respublikamizning barcha hududlarida byujetga to’lanadigan to’lovlarning to’g’riligini aniqlaydigan va ularning o’z vaqtida o’tkazilishi ustidan qat’iy nazorat o’rnatadigan soliq xizmatlari tashkil etilgan.
O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida davlat soliq qo’mitasiga katta huquqlar berilgan. Хususan, Respublika Soliq Qo’mitasi hamda viloyatlar, tumanlar va shaharlardagi soliq inspeksiyalariga quyidagi huquqlar berilgan: foyda va boshqa soliqqa tortiladigan ob’ektlarni yashirganligi yoki kamaytirib ko’rsatganligi uchun barcha yashirgan yoki pasaytirilgan summalarni va shu summa miqdorida jarima undirish uchun korxonalarga nisbatan moliyaviy sanksiyalar qo’llash. Bunday xato ikkinchi marta takrorlanganida esa ikki baravar jarima solish, shuningdek byudjetga soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni hisoblash hamda to’lash uchun zarur bo’lgan soliq deklaratsiyalari, hisobotlar, hisob-kitoblar va boshqa hujjatlarni taqdim qilmaganliklari, kechiktirilganligi, foydaning hisobga olinmaganligi yoki bu hisobning belgilangan tartibni buzib yuritilganligi uchun tegishli soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar summasidan o’n foizi undiriladi. Bunda mansabdor shaxslarga eng kam oylik ish haqining besh barobaridan yetti barobarigacha ma’muriy jarima solinadi.shuning uchun auditor byudjet bilan hisob-kitoblarni tekshirishda malakali maslahatchi va ushbu hisob-kitoblar to’liq hamda o’z vaqtida bo’lishi uchun hayrhoh bo’lmog’i lozim. Byudjet bilan hisob-kitoblarda korxona buxgalterlari tomonidan yo’l qo’yilgan xatolarni ko’rsatish bilan auditor ushbu korxonaga soliq inspeksiyasi tomonidan qo’llaniladigan moliyaviy jazo choralari bilan bog’liq bo’lgan zararlardan qutilib qolishga yordam beradi.Soliqlarning to’g’ri hisoblanishi va byudjetga to’lanishi asosan soliq organlari orqali nazorat qilinadi. Lekin, soliq turlarining ko’pligi, soliq bazalarining hamda stavkalarining doimiy ravishda o’zgarib borishi, soliq siyosatiga oid me’yornomalarning ko’pligi ushbu jarayonda auditorlik xizmatidan foydalanishni taqozo qiladi. shuning uchun shartnomaga asosan auditorlar (auditorlik tashkilotlari) xo’jalik yurituvchi sub’ektningbyudjet bilan soliqlar bo’yicha hisob-kitoblarini audit qilishlari mumkin.

  1. Download 498.65 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling