Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti buxgalteriya hisobi va audit kafedrasi
Moliyaviy qo‘yilmalar va qimmatli qog’ozlar bilan bo‘ladigan operatsiyalar auditini o‘rganish
Download 498.65 Kb.
|
4 kurs Munisa hisoboti (2)
Moliyaviy qo‘yilmalar va qimmatli qog’ozlar bilan bo‘ladigan operatsiyalar auditini o‘rganish.Kapital fondlar va moliyaviy natijalar hisobining auditini o‘rganish.Bozor munosabatlarining rivojlanishi korxona faoliyatini moliyaviy ta’minlashda, mablag‘lar tarkibi va tuzilishida qator o‘zgarishlar sodir bo‘lishiga olib keladi. Bunday sharoitda korxona ishlab chiqarish ho‘jalik faoliyatini amalga oshirish uchun o‘zining mablag‘lariga ega bo‘lishi lozim. Korxonaning o‘z mablag‘lari turli moliya resurslaridan tashkil topishi mumkin. Masalan, ustav fondi, taksimlayamagan foyda, maxsus maqsadlarga mo‘ljallangan fondlar va boshqalar. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish bilan, ya’ni kichiq korxonalar, xissadorlik jamiyatlari, hamkorlikdagi korxonalar tashkil bo‘lishi bilan, tasischilar tomonidan korxonaga quyilgan ulushlar korxona mablag‘i manbalarini tashkil qiladi.Xozirgi vaqtda mulkchilik shakllaridan kat’i nazar, korxonalarda ustav fondi miqdori mazkur korxona tashkil bo‘lganda tasdikdangan ta’sis hujjatlarida ko‘rsatilgan miqdor bilan muvofiq kelishi lozim. Uning miqdori yil davomida uziningmulkchilik shaklini uzgartirmaydigan korxonalarda uzgarmaydi. Davlat korxonasi xususiylashtirilganda mazkur korxona mulkining sotib olinish qiymatini aniqlash talab qilinadi, chunki ta’sis hujjatida ustav fondi miqdorini ko‘rsatish lozim.Xissadorlik jamiyati va javobgarligi cheklangan jamiyat yuridik shaxslar yoki fukarolar bilan kedishilgan holda tuzilgan bo‘lib, ularning mulkini uxshashtiradi. Mazkur mol-mulk chegarasida majburiyat uchun ularning har biri mas’uliyat xis etadi, xissadorlik jamiyatining Nizom fondi aksionerlar tomonidan sotib olinadigan aksiyalarga bo‘lingan, javobgarligi cheklangan jamiyat Nizom fondi esa uning a’zolari tomonidan sotib olinadigan bir necha ulushlarga bo‘linadi. Xissadorlik jamiyati inqirozga uchraganda,aksionerlar o’zlariga tegishli aksiya qiymati miqdorida zarar ko‘radilar.Hissadorlik jamiyatlarining boshqa korxonalardan farqiShuki, ularning mol-mulki, Yuqorida ta’kidlanganidek, aksionerlar mol-mulki hisobidan tashkil topadi. Jamiyat hech qanday Yuqori tashkilot ko‘rsatmasisiz mustaqil, erkin faoliyat olib borib, aksionerlar xissadorlik jamiyatini boshqarishda ishtirok etadi.Boshqa turdagi korxonalardan xissadorlik jamiyatining yana bir farqi Shundan iboratki, jamiyat daromadi turli to‘lovlardan so‘ng jamiyat a’zolariga ularning jamiyatga qo‘shgan mol-mulk ulushiga muvofik dividend ko‘rinishida taksimlab beriladi.Demak, Yuqorida aytilganlardan Shunday xulosa chiqarish mumkinki, xissadorlik jamiyati uzining faoliyatini davom ettira olishi uchun u faqat daromad olib ishlashi, uning a’zolari esa ishlab chiqarish ho‘jalik faoliyatini boshqarishda, boshqaruvini, texnologiyasini takomillashtirishda faol ishtirok etmokdari lozim. Shundagina jamiyat a’zolari uning faoliyatidan moddiy manfaatdor bo‘ladilar.Aksiya xissadorlik jamiyatlari, korxona, tashkilotlar, tijorat banklari tomonidan muomalaga chiqariladi. Bu qimmatli qog‘oz turi o‘z egasiga korxona oladigan foydasining bir qismini dividend ko‘rinishida olish huquqini beradi. Dividend - bu aksiyadorlik jamiyatining hisobot davrida olingan va aksiyalarga qarab aksionerlar o‘rtasida taqsimlanadigan foydasi. Xulosa Tijorat banki faoliyatini o’rganish jaroyonida shunday xulosaga keldikki O’zbekison Respublikasi tijorat banklari faoliyati, ularning tashkil topish asoslari O’zbekiston Respublikasi qonunlari, meyoriy xujjatlariga asosan asosan amalga oshiriladi va ularning tijorat faoliyatini olib borishlari, turli xil operatsiyalarni amalga oshirishlari uchun imtiyozlar va qulayliklarga egaligini ko’rishimiz mumkin. Xozirda jahonda banklar mijozlarga 300 dan ortiq xizmatlar ko’rsatadilar. Shulardan asosiylaridan biri bo’lgan kredit operatsiyalaridir. Shu o’rinda aytib o’tish kerakki O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining tijorat banklarda kredit operatsiyalarini amalga oshirish uchun iqtisodiy meyorining o’rnatilgani tijorat banklarida kredit xizmatlarining o’sishiga xizmat qiladi, bu esa banklarda kredit bo’yicha xatarni kamaytirish bilan birga, bank bo’lmagan kredit beruvchilarga banklar bilan raqobat qilish uchun sharoit yaratadi. Bank faoliyatini kuzatish va o’rganish jarayonida yana bir element e’tiborimizni tortdi, rivojlangan chet el banklari tajribalaridan ma’lumki bank kartalari mijozning asosiy hamyoniga aylanib ulgurgan va ularda debet karta va kredit karta tizimlari yo’lga qo’yilgan. Biz o’rgangan bankdaham bu tizimlarni yo’lga qo’yishning dastlabki bosqichlari faoliyat boshlaganligini hisobga olib asosan kredit kartalarga beriladigan pul miqdori va muddatini uzaytirish maqsadga muvofiq bo’ladi hamda mijozlarning e,tiborini jalb qiladi. Yana bir xizmat turi ya’ni lizing berish xizmatlarini takomillashtirishdir. O’zbekiston Respublikasida lizing xizmatlari o’sish tendensiyaga ega bo’lsada, foydalanilmagan imkoniyatlar mavjud. Bu imkoniyatlarni amalga oshirish uchun quyidagilarni taklif qilamiz: lizing beruvchilarga kredit axbaroti tizimining aktiv ishtirokchilari bo’lishlari, undan samarali foydalanishlari uchun sharoit yaratish kredit xatarini ancha kamaytirgan bo’lar edi: jixozlar xar xil maishiy texnika vositalri, avtotransport vositalarini, ro’zg’orda foydalanildigan qishloq xo’jaligi taxnikalarini jismoniy shaxslarga xam lizingga bersa jismoniy shaxslarda oldinga intilish, o’z ishlab chiqarishini amalga oshirishga imkon tug’ilar edi: Yuqorida keltirilgan fikrlar, faktlar lizingning rivojlanishi qolaversa Respublikamiz iqtisodiyotining, bank tizimining barqarorligini ta’minlashda ishtirok etadi. Lizingdan foydalanishning kengayishi, investitsiya muxitining yangilanishi, samaradorligining oshishi, makroiqtisodiy barqarorliokning mustaxkamlanishiga olib keladi. Natijada mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojlanadi va axoli turmush darajasi yanada yaxshilanadi. Amaliyot mobaynida ATB “Hamkor bank” ning mijozi bo’lgan “Fer-Kon tekstayl” xususiy korxonasing ish faoliyati bilan tanishdim. Korxona yuz beradigan barcha buxgalteriya bo’limiga oid operatsiyalar mazmumi bilan tanishdim. Korxona tegishli ma’lumotlarni hisobotimda ilova qilaman . Download 498.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling