Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti buxgalteriya hisobi va audit kafedrasi


Balans ko‘rsatkichlari va moliyaviy holat tahlili


Download 498.65 Kb.
bet8/18
Sana17.06.2023
Hajmi498.65 Kb.
#1526095
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Bog'liq
4 kurs Munisa hisoboti (2)

Balans ko‘rsatkichlari va moliyaviy holat tahlili.


Buxgalteriya bo’limining asosiy maqsadi– buxgalteriya hisobi va hisoboti masalalari yo’nalishidagi faoliyatni muvofiqlashtirish hamda qonuniyligini ta’minlashdan iboratdir. Shuningdek, quyidagilarni ta’minlash maqsad qilib qo’yilgan:

  • qat’iy hisobda turuvchi blankalarni but saqlanishi va ularni hisobining to’g’ri yuritilishini nazorat qilish;

  • balansdan tashqari hisob varaqalarda amalga oshiriladigan operatsiyalar hisobini to’g’ri va asosligini (to’lovga asos bo’luvchi birlamchi hujjatlarni mavjudliligi vaboshqalar) ta’minlash;

  • front-ofis tomonidan bank amaliyot kuniga tegishli buxgalteriya hujjatlarini ularning saqlash muddatlari bo’yicha alohida yig’ma jildlarga tahlab tikish (broshuralangan);

Buxgalteriya hisobi va hisoboti bo’limining asosiy vazifalari:
-buxgalteriya hisobini yuritish va hisobotlar tuzish bo’yicha belgilangan qoidalar asosida korxonada buxgalteriya hisobining to’g’ri tashkil etilishining, xususan ,,amaliyot kuni” davomida amalga oshiriladigan operatsiyalarni o’z vaqtida buxgalteriya balansi hisobvaraqalarida to’g’ri aks ettirilishini ta’minlash;
-naqd pullarni kirim va chiqim amaliyotlarini olib borish;
-ichki hisob – kitob amaliyotlarini bajarish (xodimlarga ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlarni, soliq va majburiy ajratmalarni to’g’ri hisoblash);
-korxona ehtiyoji uchun sotib olinadigan tovar – moddiy boyliklar bo’yicha to’lovlarni o’tkazish va shartnomalarni bajarilishini nazorat qilish;
-korxona aksiyalari bo’yicha dividentlarni hisoblash va hisobini shakllantirish;
-hisob – kitob, kassa, valyuta kredit hamda boshqa bank operatsiyalarini to’g’ri bajarilishini nazorat qilish;
-aktivlar, daromadlar hamda kapitalning holati va ularning o’zgarib turishini nazorat qilish;
-korxonaning moliyaviy holati, moliyaviy holatidagi o’zgarishlar va moliyaviy natijalari to’g’risidagi va rahbariyati holatiga baho beruvchi moliyaviy hisobotlarni nazorat qilish;
-hisob – kitoblardagi mablag’larni aylanishini nazorat qilish;
-bankdagi pul mablag’lari, moddiy qimmatliklar, shuningdek qat’iy hisobda turuvchi blankalar kamomati yoki ortiqchaligiga yo’l qo’ymaslik hamda belgilangan tartibda ularning saqlanishini nazorat qilish;
-mizojlarning hisob varag’i bo’yicha muddatida to’lanmagan hisob-kitob hujjatlari mavjud bo’lganida, hisobvaraqadan mablag’larni belgilangan tartibda chiqarilishini nazorat qilish.


  1. Download 498.65 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling