"ishlab chiqarishda boshqaruv" fakulteti "iqtisodiyot" kafedrasi boshqaruv tahlil fanidan


Download 311.9 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi311.9 Kb.
#185200
Bog'liq
boshqaruv tahlil mish


O‟ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‟RTA MAXSUS TA‟LIM VAZIRLIGI

FARG‟ONA POLITEXNIKA INSTITUTI

“ISHLAB CHIQARISHDA BOSHQARUV” FAKULTETI

“IQTISODIYOT” KAFEDRASI

BOSHQARUV TAHLIL FANIDAN



MUSTAQIL ISH

Mavzu: Mehnat unumdorligiga tasir etuvchi omillar va ishlab chiqarish omillari tasirini zanjirli almashtirish usuli asosida aniqlash

Talaba: 62-17 I gr Fayozov B

Qabul qildi: Davlyatova G

Farg’ona – 2020

Mavzu: Mehnat unumdorligiga tasir etuvchi omillar va ishlab chiqarish omillari tasirini zanjirli almashtirish usuli asosida aniqlash

YODGORLIK” KORHONASI MISOLIDA

Mehnat unumdorligi – ishlab chiqarish samaradorligini ifodalovchi asosiy ko‟rsatkich, uni oshirish - iqtisodiy o‟sishning asosiy omilidir. Mahsulot hajmini oshirishda mehnat unumdorligining ulushi yuqoridir.Mehnat unumdorligi ishlab chiqarish samaradorligini ifodovchi muhim ko‟rsatkichlardan biridir.Mehnat unumdorligining o‟lchov birliklari:

a) qiymat;

b) natura;

c) mehnat;



Unumdorlik darajasini natura shakli aniq ifodalaydi, ammo bu ko‟rsatkichni qo‟llash cheklangan. Mehnat unumdorligini ifodolovchi ko‟rsatkich, bu har bir hodimga to‟g‟ri keladigan o‟rtacha yillik mahsulotdir.Bulardan tashqari ishchining bir kunlik ish unumi, ishchining bir soatlik ish unumi ko‟rsatkichlari ham mehnat unumdorligini ifodaydi.Tahlil etishda bu mehnat unumdorligi ko‟rsatkichlari rejadagi bilan taqqoslanib ko‟rsatkichlarning ozgarish sabablari aniqlanadi. Mehnat unumdorligining dinamikasi va darajasiga ko’p jihatdan korxonaning ishlab chiqarish xajmi xodimlar soni ish vaqti fondi, tannarxi vahokazo ko‟rsatkichlari bog‟liqdir.Mehnat unumdorligini tahlil etishda ko‟rsatkichlar reja, xaqiqat, bir xil ixtisoslashuvga ega bo‟lgan korxonalarning ma‟lumotlari bilan taqqoslanib, ishga solinmagan ichki imkoniyatlar aniqlanadi.


2019-yil

2020-yil


Hulosa: Jadval ma‟lumotlari korxonada barcha turdagi mehnat unumdorligi ko‟rsatkichlari o’tgan yilga nisbatan kamaygan. Mehnat unumdorliging kamayishiga ishchilar sonining o’zgarishi,ish vaqtidagi o‟zgarishlar sabab bo‟lgan. Mehnat unumdorligining kamayishi bu qoniqarsiz holat hisoblanib bunga ta‟sir etuvchi omillarni o’rganish maqsadga muvofiq hisoblanadi.



Mehnat unumini tahlil etishdan maqsad uning bajarilishiga baho berish hamda o‟zgarish sabablarini aniqlash va unga ta‟sir etuvchi omillarni miqdor jihatdan hisoblashdan iboratdir. Ushbu maqsadlarda ishlab chiqarish korxonasida bir xodimning mehnat unumi va uning o‟zgarishiga ta‟sir etuvchi omillarni aniqlash uchun quyidagi jadval ma‟lumotlaridan foydalanamiz.Buning uchun korxonada bir xodimning mehnat unumi va uning o‟zgarishiga ta‟sir qiluvchi omillarning xisobini amalga oshiramiz.


2019-yil

2020-yil


Korxonada xaqiqatda bir xodimning o‟rtacha yillik mehnat unumdorligi o‟tgan yilga nisbatan m1270,25 ming so‟mga kamaygan. Bunga asosan ikkita omil ta‟sir etgan. Bizning korxonada mahsulot hajmi 66456,3 ming so‟mga kamaygan. Demak, mahsulot xajmining kamayishi bilan izohlanadi. Ya‟ni korxonaning sanoat ishlab chiqarish xodimlari tarkibida ishchilar salmog‟ining o‟zgarishi xisobiga, bitta xodimning o‟rtacha yillik mehnat unumdorligining 59,74 ming so‟mga pasayishiga olib kelgan. Ikkinchi omil bo‟lmish bir ishchining mehnat unumdorligi 1400,69 ming so‟mga kamayishi xisobiga bitta xodimning mehnat unumdorligi ham 1193,94 ming so‟mga kamaygan. Xar tahminan 1253,68 ming so‟mni tashkil qilgan. Mehnat unumdorligiga ta‟sir etuvchi mehnat ko‟r satkichlari tahlili Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar mahsulot ishlab chiqarish xajmlarini ko‟paytirishga va uni bozorga taklif qilish orqali ko‟proq foyda olishga intiladi. Bunday sharoitda mahsulot hajmini korxonani kengaytirish yoki hodimlar sonini ko‟paytirish bilan bir qatorda bevosita ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchi ishchilarning mehnat unumdorligini ko‟paytirish orqali amalga oshirilgani korxona uchun ko‟proq samarali xisoblanadi. Shu tufayli ham bir xo‟jalik sub‟yekt o‟z ishchilarning mehnat unumdorligini oshirish choralarini ko‟rishga xarakat qiladi hamda unumdorlikka ta‟sir etuvchi omillarni o‟rganib boradi. Bir ishchiga to‟g‟ri keladigan o‟rtacha yillik mehnat unumdoligiga quyidagi ko‟rsatkichlar ta‟sir etadi: 1. Bir ishchining yil davomida ishlagan o‟rtacha kishi-kunlari = (jami kishi-kunlari\ishchilar soni)

2. Ish kuni davomiyligi, soat = (Mahsulot xajmi\jami ishlangan kishi-kunlari) 3. Ishchining bir soa tlik ish unumi =

(Mahsulot hajmi\jami ishlangan kishi-soat). Tahlil etishda bir ishchiga to‟g‟ri keladigan o‟rtacha yillik

mehnat unumdorligi rejasining o‟zgarish sabablari va unga ta‟sir etuvchi omillar quyidagicha aniqlanadi:Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishchining ish vaqtidan foydalanish va bir mehnat unumdorligi o‟zgarishiga ta‟sirini quyidagi jadval ma‟lumotlari asosida tahlil qilib chiqish mumkin.

Ishlab chiqarish korxonasida ish vaqtidan foydalanishning va o‟rtacha bir soatlik ish unumdorligini ishchining o’rtacha yillik mehnat unumdorligiga ta‟sirining tahlili




2019-yil

2020-yil

Jadval ma‟lumotlaridan ko‟rinib turibdiki,biz tahlil qilayotgan korxona o’rganilayotgan davrda bir ishchining o‟rtacha yillik mehnat unumdorligi 1400,69 ming so‟mga kamaygan. Ishchilaning mehnat unumdorligini kamayishiga asosan soatli ishlab chiqarilgan mahsult hajmining kamayishi hamda ish kuni davomiyligining qisqarishi va bir ishchining yil davomida ishlagan kishi kunlarining kamayganligi salbiy ta‟sirini ko‟rsatgan. Bundan tashqari jadval ma‟lumotlaridan ko‟rinib turibdiki ,korxonada ishchiga to‟g‟ri keluvchi mehnat unumdorligini kamayishiga asosan uchta omil ya‟ni ish kunlarining yo‟qotilishi xisobiga 65,1 ming so‟mga salbiy ta‟sir ko‟rsatgan, ish kuni davomiyligining o‟tgan yilga nisbatan o‟zgarishi ham bir ishchiga to‟g‟ri keluvchi mehnat unumdorligining 95,2 ming so‟mga kamayishiga, soatli ish unumdorligining 0,68 ming so‟mga kamayishi esa mehnat unumdorligini 1206,83 ming so‟mga pasaytirgan.



Jami omillar yig‟indisi esa bir ishchiga to‟g‟ri keluvchi o‟rtacha yillik mehnat unumdorligi orasidagi farqqa tahminan teng.

Mehnat omillarining mahsulot hajmiga ta‟siri tahlilini zanjirli

almashtirish usuli asosida aniqlash



Jadval ma‟lumotlaridan ko‟rinib turibdiki, o‟rganilayotgan korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulot xajmi 66456,3 ming sio‟mga kamaygan. Mahsulot hajminikamayishiga mehnat omillari ham o‟z ta‟sirini ko‟rsatgan, ya‟ni ishchilar sonining 1kishiga oshishi hisobiga mahsulot hajmi 6304,18 ming so‟mga ko‟paygan, o‟rtacha yillik ish kunlarining 3 kunga kamayishi hisobiga mahsulot hajmi 4288,75 ming so‟mga, ish kuni davomiyligining 0,15soatga kamayishi hisobiga 621597 ming so‟mga kamaygan, soatli mehnat unumdorrligi 0,68 ming so‟mga kamayishi hisobiga esa 62255,8 ming so‟mlik kam mahsulot ishlab chiqarilgan. Jami omillar yig‟indisi (+6504,18)+(-4288,75)+(6215,97)+(-62255,76) joriy davrdagi ishlab chiqarilgan mahsulotning hajmi orasidagi farqqa, ya‟ni 66456,3 ming so‟mga teng.
Download 311.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling