Ishlab chiqarishda boshqaruv” fakulteti «iqtisodiyot» kafedrasi «INDUSTIRAL iqtisodiyot» fanidan
Download 16.86 Kb.
|
abdusattorov
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAVZU: sanoatda qoshma korxonalarni tashkil etish va uning samardorligi Bajardi: 72H-20I gurux talabasi Abdusattorov Shoxjahon
- Qoʻshma korxona
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI FARG`ONA POLITEXNIKA INSTITUTI “ISHLAB CHIQARISHDA BOSHQARUV” FAKULTETI « IQTISODIYOT» KAFEDRASI «INDUSTIRAL IQTISODIYOT » fanidan MUSTAQIL ISH MAVZU: sanoatda qoshma korxonalarni tashkil etish va uning samardorligi Bajardi: 72H-20I gurux talabasi Abdusattorov Shoxjahon Ilmiy rahbar: G.GAYBULLAYEVA Farg’ona-2022 Qoʻshma korxona (odatda QK deb qisqartiriladi) ikki yoki undan koʻp taraflar tomonidan tuzilgan iqtisodiy tashkilotdir. Qoʻshma korxona - boshqa mamlakatlar firmalari ishtirokida bunyod qilingan, tashkiliy jihatdan yagona yuridik shaxs sifatida rasmiylashtirilgan korxona. Qoʻshma korxona oʻzaro manfaatdorlik negizida, hukumatlararo shartnomalar asosida tashkil qilinib, ishlab chiqarish, ilmiy-ishlab chiqarish, ilmiy-texnika vazifalarini yechishga qaratiladi. Taʼsischilarning oʻz mulklarini birlashtirish va badallari hisobiga Qoʻshma korxonaning moliyaviy fondi yaratiladi. Qoʻshma korxona sanoat, qishloq xoʻjaligi, qurilish, transport, savdo. fan va milliy iqtisodiyotning boshqa sohalarida tashkil etilishi mumkin. Qoʻshma korxona, asosan, chet el texnikasi, texnologiyasi, investitsiyasi asosida barpo etilib, mahalliy xom ashyo va ishchi kuchi hisobiga ishlaydi, oʻz mustaqil balansiga ega boʻladi, toʻliq xoʻjalik hisobi asosida faoliyat olib boradi. Qoʻshma korxonaning chet ellik taʼsischisi daromad hissasini oʻz mamlakatiga olib chiqib ketish (oʻtka-zish) huquqiga ega boʻladi. Oʻzbekistonda, asosan, mustaqillikdan keyin Koreya Respublikasi, AQSH, Xitoy, Italiya, Turkiya, pokiston, Germaniya, Rossiya, Ukrai-na, Buyuk Britaniya va boshqa bir qator davlatlar kompaniyalari va fir-malari bilan hamkorlikda Qoʻshma korxonalar ishga tushirildi. Avtomobilsozlikda "Oʻz DEUavto" Oʻzbekistonkoreya (qarang Asaka avtomobil zavodi), "SamKoch-avto" OʻzbekistonTurkiya, oltin sanoatida "Zarafshon-Nyumont" Oʻzbekiston-Amerika, "OʻzBAT" Oʻzbekiston-Buyuk Britaniya (qarang "British Ame-riken Tobakko"), "Sovplastital" Oʻzbekiston-Italiya, telekamunikatsiya korxonalari va boshqa juda koʻp Qoʻshma korxona faoliyat koʻrsatmoqda. 2002-yilda chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar eksporti hajmi Oʻzbekiston Respublikasi umumiy eksport hajmining 19,8% ni(443,0 mln. AQSH dollari) va import respublika umumiy importi hajmining 26% ni (704,8 mln. AQSH dollari) tashkil etdi. Oʻzbekistonda 2004-yil 1 yanvar holatiga koʻra chet el investitsiyalari ishtirokidagi 3539 korxona roʻyxatga olingan boʻlib, ularning 62,4% faoliyat yuritdi. Qo'shma korxonalar, boshqa mamlakatlar ishtirokida bunyod qilingan korxonalar-ular o'zaro manfatdorlik negizida hukumatlararo shartnomalar asosida tashkil qilinib, ilmiy-ishlab chiqarish, ilmiy-texnika va boshqa vazifalarni echishga qaratilgan. Qo'shma korxonalar sanoat, kishloq xo'jaligi, qurilish, transport, savdo, fan va xalq xo'jaligining boshqa sohalarida tarkib topishi mumkin. Bu korxonalar asosan, chet el texnikasi va texnologiyasi asosida barpo etilib, mahalliy xom ashyo va ishchi kuchi hisobiga ishlaydi. Tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy shakllaridan biri qo'shma korxonalar hisoblanadi. Qo'shma korxonalar tashkil etish korxona va tashkilotlarning chet ellik sheriklar bilan aloqasini yuksaltiradi, mamlakat hududida xorijlik tadbirkorliklarga keng sharoit yaratadi, mamlakat hududiga xorijiy investistiyalarini jalb etadi. Qo'shma korxonalar tashkil etishning zarurati, tovar ishlab chiqarishni ko'paytirishga sezilarli hissa qo'shadi va xalqaro savdo uyushmasiga tovar almashinuvi va keng xalq iste'moli tovarlari ishlab chiqarish uchun qulay sharoitlar yaratadi. Qo'shma korxonalarning tashkil etilishi mamlakatlar iqtisodiyotini rivojlantirishni jadallashtiradi va xalqaro doirada mavqei ortishiga olib keladi. Qo'shma korxonalarning ahamiyatli tomoni olingan foydani taqsimlash, sarfni qoplash, korxona faoliyatini doimiy ravishda takomillashtirib borishdadir. Har bir ishlab chiqarish korxonasi ishlab chiqarish bo'linm alari, boshqaruv 'doralari va korxona xodimlariga xizmat ko'rsatuvchi tashkilotlardan iborat bo‘ladi. Tuzilma (struktura) tushunchasini korxonaning tarkibi, tuzilishi sifatida ko'rib chiqish mumkin. Korxona qanchalik yirik bo'lsa, uning ishlab chiqarish tuzilmasi shunchalik murakkab bo'ladi. Sanoat korxonalarining umumiy va ishlab chiqarish tuzilmalari mavjud. Ishlab chiqarish bo‘g ‘inlari, korxona boshqaruvi hamda xodimlarga xizmat ko'rsatuvchi tashkilotlar, ulam ing miqdori, kattaligi va egallab turgan maydoni, xodimlarining soni va ishlab chiqarish imkoniyatlari korxonaning umumiy tuzilmasini ifodalaydi. Ishlab chiqarish tuzilmasiga asosiy, yordamchi va xizmat ko‘rsatish jarayonlari amalga oshiriluvchi sex va uchastkalar kiritiladi. Ishlab chiqarish tuzilmasi korxona umumiy tuzilmasining bir qismidir. U sex, uchastka va xizmat ko'rsatuvchi xo'jaliklar shaklidagi ishlab chiqarish bo'linm alaridan iborat b o iad i hamda ularning mahsulot ishlab chiqarish jarayonidagi o'zaro munosabatlarini, mehnat bilan band b o ig a n xodimlari soni, asbob-uskunalari qiymati, egallab turgan maydoni va hududiy joylashuvini aks ettiradi. Asosiy sexlarda va ishlab chiqarish uchastkalarida ishlab chiqarish jarayonining asosiy - xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlami tayyor mahsulotga aylantirish bosqichi yoki mahsulot, yo uning bir qismini tayyorlashning bir qator bosqichlari amalga oshiriladi (muzlatkichlarssexi). Yordamchi sexlar asosiy ishlab chiqarishni asbob-uskunalar va energiya bilan ta ’minlaydi hamda uskunalami ta ’mirlash (ta’mirlash, uskunalar sexlari va boshqalar) vazifalarini bajaradi. Xizmat ko'rsatuvchi sex va xo'jaliklar tarkibiga korxonaning infratuzilmasini (ombor va transport bo'linm alari, uy-joy-kommunal xo'jaligi, oshxona, sanatoriy va hokazo)tashkil qiluvchi bo'linm alar kiradi. Sanoat korxonalari ishlab chiqarish tuzilmasining uch xil turi majud: texnologik, predmetli va aralash. Texnologik tuzilmali korxonalarda sexlar va ishlab chiqarish uchastkalari texnologik jihatdan bir xillik tamoyili asosida tashkil qilinadi (masalan, to'qim achilik kombinatlarida yigiruv va to'quv sexlari). Predmetli tuzilmaga asoslangan korxonalarda har bir sex m a’lum bir mahsulot yoki uning bir qismini ishlab chiqaradi (masalan, avtomobil zavodida motor sexi, shassi sexi va hokazo). Aralash (predmetli-texnologik) tuzilma tayyorlov sexlarini texnologik tamoyilda (temirchilik, cho'yan quyish, po'lat quyish va hokazo), ishlov berish va mahsulot chiqarish sexlarini esa predmetli tamoyil asosida tashkil etishni ko'zda tutadi. Download 16.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling