Ishlab chiqarishda boshqaruv” fakulteti “iqtisodiyot” kafedrasi
export Tovar savdosi
Download 263.27 Kb.
|
kurs ishi Maxamadjonov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yevropa Ittifoqi
Jadvaldan ma’lumki, pandemiya davrigacha mamlakatlarning Tovar savdosi bo‘yicha ko‘rsatkichlari yillik past ko‘rsatkichlarda o‘sib borgan. Lekin pandemiya davridan deyarli barcha mamlakatlar inqiroz bilan chiqdi. Xususan, MDH davlarlari ham 2020-yilgacha so‘nggi dekadada Tovar savdosida eksport hajmi bo‘yicha ham import hajmi bo‘yicha ham 2 foizlik o‘sish ko‘rsatkichiga erishgan edi. Lekin pandemiya davrida eksport hajmi qariyb -20 foizga tushib ketti, import esa -8 yillik pasayish suratiga ega bo‘ldi. Biroq 2021-yilda mamlakatlar Tovar savdosi bo‘yicha eksport va import ko‘rsatkichlarida yuqori o‘sish kuzatildi. Gegemon Xitoy ikkala ko‘rsatkich bo‘yicha ham 30 foizlik yuqorilashga erishdi. MDH davlari esa mos ravishda 44 hamda 24 foizlik yillik o‘sish hajmiga yetdi. Xulosa Kurs ishining maqsadi xalqaro savdo va mehnat taqsimotini xususiyatlarini o‘rganish va ochib berish edi. Tadqiqot davomida mamlakatlarning xalqaro savdoda tutgan o‘rni, ko‘rsatkichlari, mehnat taqsimotiga qo‘shgan xissasi o‘rganildi. Kurs ishi mavzusining natijalarini tahlil qilish quyidagi xulosalar chiqarishga imkon beradi: Xalqaro mehnat taqsimotini rivojlanishi mamlakatlar uchun ko‘p ijobiy jihatlar beradi. Xususan, mahalliy aholi uchun mahsulotlarning keng assortimenti vujudga keladi. Shu bilan birga narxlarning pasayishi kuzatiladi va raqobatning yuqori darajasi vujudga keladi. Globallashuv va xalqaro mehnat taqsimotini o‘sishi natijasida global raqobat darajasi ham sezilarli darajada oshdi. Ilgari ba'zi mahalliy kompaniyalarning raqobatchilari deyarli yo‘q edi va o‘z mahsulotlari uchun ancha yuqori narxlarni talab qilish imkoniga ega bo‘lgan bo‘lsa, hozir bu kompaniyalar shiddatli global raqobat tufayli tez-tez mahsulot narxini pasaytirishga majbur bo‘lmoqda. Bu o‘sha kompaniyalar uchun juda yomon bo‘lishi mumkin, ammo biz iste'molchilar raqobat darajasining oshishidan katta foyda olishimiz mumkin, chunki bu mahsulot narxining pasayishini anglatadi va shu sababli biz ko‘proq moddiy ne'matlarni sotib olish imkoniyatiga ega bo‘lamiz.Qattiq raqobat texnologik taraqqiyotning yuqori darajasiga olib keladi. Buni Xitoy kabi bir qancha davlatlar misolida ko‘rishimiz mumkin. Xalqaro savdoni rivojlantirish hisobiga mamalakatdagi kompaniyalar maqsadli bozorlarini kengaytirishlari mumkin. Yoki kompaniyalar valyutalari zaif mamlakatlardan arzon resurslarni sotib olishlari mumkin. Bu albatta kam ishlab chiqarish xarajatlari deyiladi. Shu bilan birgalikda ma’lum bir mamlakatlar, xususan, qoloq davlatlar muhim tibbiy asbob-uskunalar bilan ta'minlanishi mumkin. Xalqaro hamkorlik rivojlanishi bilan savdo hamkorlari bir-birlarini qo‘llab-quvvatlashlari mumkin. Xalqaro savdoning eng muhim xususiyatlaridan biri umumiy global farovonlikni oshirishidir. Shuningdek, mamlakatlarda yuqori soliq tushumlari, xalqaro sanoat mutaxassislariga kirish, muayyan bozorlarda biznes xatarlaridan himoyalanish kuzatiladi. Xalqaro savdoning yana bir muhim jihati - mamlakatlar iqtisodiy manfaatlar tufayli jiddiy to‘qnashuvlardan tiyilishi mumkin. Kurs ishini bajarishda qo‘yilgan asosiy vazifalarni bajarish davomida kerakli ma’lumotlarga ega bo‘lindi. Kurs ishini bajarishda belgilangan dastlabki vazifa doirasida xalqaro mehnat taqsimoti nimaligi, uni qanday ishlashi, vazifalari, faoliyati to‘g‘risida fundamental bilimlarga ega bo‘lindi. Ikkinchi vazifa doirasida esa xalqaro mehnat taqsimoti nazariyalarini dastlabki ko‘rinishlari, ularning asoschilari, yangi davrdagi nazariyalar va ularning o‘xshash va farqli jihatlari o‘rganildi. Keyingi vazifalarda esa davlatlarning xalqaro mehnat taqsimotini ulushi va mamlakatlarning eksporti, importi o‘rganildi, tahlil qilindi va yetarli xulosalar olindi. Kurs ishi ko‘rsatadiki, jahon bozoriga chiqish muhim sanaladi, shuning uchun mamlakatimizda ham bunga yetarlicha e’tibor qaratilmoqda. Shuning uchun mamlakatimiz prezidenti tomonidan maxsus komissiya tashkil qilinib, Jahon Savdo Tashkilotiga qo‘shilishni tezlashtirish bo‘yicha topshiriqlar berilgan. Globallashuv sharoitida xalqaro savdoni rivojlantiruvchi yangi texnologiyalar kirib kelmoqda. Xususan, mamlakatlar zudlik bilan raqamli texnologiyalarni joriy qilishlari kerak. Chunki raqamli texnologiyalar va xizmatlarning joriy etilishi odamlar harakatini cheklaydigan bo'lsa ham xalqaro savdo oqimini saqlab qoladi. Naqd puldagi to’lovdan raqamli toʻlovlarga qadar texnologiyalar savdo ekotizimini tez oʻzgartirmoqda, ammo bu oʻzgarishlar bilan bogʻliq imkoniyatlar va muammolarni kam odam oʻrgangan. Tahlillar natijalari shuni ko’rsatadiki, raqamli texnologiyalar va innovatsiyalar global savdoni yanada samaraliroq, inklyuziv va adolatli bo'lishiga yordam beradi. Download 263.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling