Ishlab chiqarishda boshqaruv


Download 0.68 Mb.
bet2/4
Sana09.10.2020
Hajmi0.68 Mb.
#132994
1   2   3   4
Bog'liq
Kurs ishi 62-19 Abdurasulova Durdona

Kirish


Bozor iqtisodiyotiga oʻtish davrida Oʻzbekiston iqtisodiyoti ham turli mulkchilik (davlat, jamoa, fuqarolar mulki va xususiy mulk)ka va xoʻjalik shakllariga tayanadi. Oʻzbekistondagi koʻp ukladli iqtisodiyot tarkibida davlat sektori, jamoa-kooperativ sektor, individual sektor, xususiy sektor, aralash sektor va xorijiy sektorlar bor. Davlat sektoriga davlat korxonalari, jamoa sektoriga har xil kooperativlar va shirkat xoʻjaliklari, individual sektorga tomorqa xoʻjaligi, yakka tartibda ishlovchilar, yakka dehqon xoʻjaliklari kiradi. Xususiy sektorga ayrim tadbirkorlarga qarashli, yollanma mehnatga asoslangan va oʻz egasiga fonda beruvchi korxonalar karaydi. Aralash sektor davlat-aksiyadorlik, qoʻshma korxonalar, xorijiy sektor chet mamlakatlarga qarashli boʻlib, Oʻzbekistonda faoliyat olib borayotgan korxonalarni oʻz ichiga oladi Mulkchilik tizimiga oid tushuncha va qarashlar tizimining mazmun mohiyatini ochib berish, unga oid nazariy qarashlar va bilimlarni o‘rganib tizimlashtirish asosida tegishli xulosalar shakllantirish hamda ularning negizida amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish kurs ishi mavzusini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov ta‘kidlaganlaridek: ―O‘tgan 2018-yil bizning bosh maqsadimiz bo‘lmish asosiy vazifa – odamlarimizning munosib hayot darajasi va sifatini ta‘minlash va rivojlangan demokratik davlatlar qatoridan o‘rin egallash bo‘yicha avvalo muhim islohotlarni amalga oshirish yo‘lida katta qadam bo‘ldi, deb aytishga to‘liq asoslarimiz bor.

Bu borada gap, avvalo, har tomonlama puxta o‘ylangan, uzoqni ko‘zlaydigan keng ko‘lamli dasturni hayotga joriy etish haqida bormoqda. Ushbu dastur mohiyat e‘tibori bilan chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik manfaatlarini ishonchli himoya qilish, eng muhimi, Konstitutsiyamizda ko‘zda tutilganidek, xususiy mulkning qonuniy, me‘yoriyhuquqiy va amaliy jihatdan ustuvor rolini ta‘minlash, O‘zbekiston iqtisodiyotida davlat ishtirokini bosqichma-bosqich kamaytirishga qaratilgani sizlarga yaxshi ma‘lum, albatta‖1.

Jamiyatdagi xilma-xil iqtisodiy munosabatlar mulkka bo`lgan munosabatlardan kelib chiqadi. Respublikamizda keng ko‘lmda amalga oshirilayotgan islohatlar samarasi, xususiy mulkka berilayotgan e‘tibor

Yurtboshimizning ma‘ruzalarida o‘z tasdigini topdi: ―Davlat aktivlarini xususiylashtirish, avvalo, chet ellik investorlarga sotish vazifalari qo‘yildi va buning uchun tegishli sharoitlar yaratildi. Masalan, 506 ta mulk kompleksi tanlov asosida, investitsiya kiritish sharti bilan «nol» qiymatida yangi mulkdorlarga sotildi. Bu borada ana shu investorlar qariyb 1 trillion so‘m va 40 million AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritish, shuningdek, 22 mingga yaqin yangi ish o‘rni yaratish majburiyatini olganini qayd etish lozim.

Xususiylashtirish dasturida ko‘zda tutilgan, foydalanilmayotgan va qurilishi tugallanmagan 353 ta davlat mulki obekti buzilib, buning natijasida 120 gektar hajmidagi er maydoni bo‘shadi. Bu erlarning qariyb 80 gektari ishlab chiqarish korxonalari tashkil etish va xizmatlar ko‘rsatish obektlari qurish uchun tadbirkorlar tasarrufiga berildi.

Davlat mulki shaklidagi yana 319 ta ana shunday obekt inventarizatsiya qilinib, xususiy mulk shakliga o‘tkazish uchun savdoga qo‘yildi va o‘tgan yili ularning 102 tasi yangi mulkdorlarga sotildi. Bundan tashqari, 378 ta aksiyadorlik jamiyatining davlat ulushi baholandi va chet ellik strategik investorlarga sotish uchun ochiq savdoga qo‘yildi‖2.

Mulkchilik tizimi munosablarni tavsiflash iqtisodiy faoliyat kimning manfatini ko‘zlab olib borilayapti?- degan savoga javob beradi. Agarda u shaxsiy manfaatni ko‘zlab olib borilayotgan bo‘lsa, unda xususiy shaxsiy o‘zlashtirish (xususiy mulk) munosabatlar tizimi, agarda o‘zlashtirish jamoa manfaatnni ko‘zlab olib borilsa, unda jamoa mulk to‘g‘risida gapirish mumkin bo‘ladi. Agarda u yoki bu ijtimoiy guruh manfaatlari ustivor hisoblansa, unda biz ijtimoiy o‘zlashtirish shakli bilan to‘qnash kelamiz.

Kurs ishining ob’ekti bo’lib, O‘zbekistonda ko’p ukladli iqtisodiyot va mulkdorlar sinfining o’ziga xos xususiyatlari hisoblanadi.

Kurs ishining predmeti. O‘zbekistondagi mulkdorlar sinfi hisoblanadi.

Kurs ishining maqsadi. O‘zbekistonda ko’p ukladli iqtisodiyot va mulkdorlar sinfining shakllanishining mazmun-mohiyatini ochib berish, unga oid nazariy qarashlar va bilimlarni o‘rganib tizimlashtirish asosida tegishli xulosalar shakllantirish hamda ularning negizida nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish.

Kurs ishining vazifalari:



  • O‘zbekistonda ko’p ukladli iqtisodiyotni amalga oshirishning fundamental asoslarini o‘rganish;

  • O‘zbekistonda mulkchilik tizimining faoliyat mexanizmini belgilovchi meyoriy-huquqiy bazasini yoritib berish;

  • O‘zbekistonda mulkchilik tizimining shakllanishining bosqichlari va xususiyatlarini tahlil qilish.

  • Davlat mulkini xususiylashtirish me’zonlari.


1.Koʻp ukladli iqtisodiyotni shakllantirishda yagona siyosatni amalga oshirish.

Ko’p ukladli iqtisodiyot -turli mulk shakllari va har xil xoʻjalik turlarining yaxlitligidan tashkil topgan iqtisodiy tizim. Xoʻjalik yuritish tarzi va uklad subʼyektlari faoliyatini tashkil etishning oʻziga xos tizimiga ega boʻlgan turli ishlab chiqarish munosabatlarining birgalikda mavjud boʻlishi bilan yakka ukladli iqtisodiyotdan farq qiladi. Har qanday iqtisodiyot koʻp ukladli harakterga ega.

Iqtisodiyot tuzilmalarning oʻzgaruvchanligi ukladlar xususiyatlariga katta taʼsir koʻrsatadi, natijada yangi ukladlar paydo boʻlgach, eskilari sifat jihatidan yangi ukladlarga aylanadi yoki yoʻqolib ketadi. Bu jarayonlar, ayniqsa, bir iqtisodiy tizimdan ikkinchisiga oʻtishda yoki uning oʻzgarishida yaqqol koʻrivadi. Shunga muvofiq holda ukladlar 2 guruhga boʻlinadi: oʻtmishda ustun boʻlgan ijtimoiy tizimlarning qoldigʻi tarzida mavjud boʻladigan ukladlar; ishlab chiqarish usullari va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlardagi oʻzgarishlar natijasida paydo boʻladigan ukladlar. Insoniyatning tarixiy taraqqiyoti davomida turli davrlarda biron-bir uklad hukmron mavqeida turgan. Kapitalizmda, garchi davlat, mayda tovar ishlab chiqarish ukladlari mavjud boʻlsada, kapitalistik uklad hukmron boʻlgan.

SSSR da davlat ukladi hukmron boʻlishiga qaramay (mulkning 90% davlat qoʻlida toʻplangan) mayda tovar, oilaviy va xufiya ukladlar ham mavjud boʻlgan. Hozir jahonda iqtisodiyotga koʻp ukladlilik yangi sifat kasb etmoqda. Koʻp ukladli iqtisodiyot munosabatlaridagi turli "boʻgʻinlar"ning notekis oʻzgarishlari har xil ukladlarni paydo etmoqda. Bunda ukladlarning oʻzaro kurashi, birining ikkinchisi ustidan hukmronligi va zoʻravonligi jarayoni emas, balki ishlab chiqarish jihatidan ham, ijtimoiy-iqtisodiy jihatidan ham ularning birgalikda mavjudligi va oʻzaro hamkorligi vujudga kelmokda (qarang Aralash iqtisodiyot). Ayni paytda samaradorlikdagi oʻzgarishlar nuqtai nazaridan ukladlar oʻrtasida raqobatchilik harakteri kuchayib bormoqda. Rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitlarida amalda hukmron mavqeni egallagan uklad yoʻq. Ukladlar faoliyati va ularning oʻzaro munosabatlarini tartibga solishni davlat oʻz zimmasiga oladi. Davlat qonunlar tizimi orqali mulkchilik shakli, ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqa qanday boʻlishidan qatʼi nazar, har bir uklad manfaatlarini himoya qiladi. Hozirgi aralash iqtisodiyot kapitalistik, nokapitalistik va bozor koʻrinishlaridagi xilma-xil ukladlardan iborat. Koʻpgina ukladlar faoliyatini harakatlantiruvchi kuch tadbirkorlik boʻlib, uning turli shakllari aralash iqtisodiyotning koʻp ukladli tarzda rivojlanishi shartsharoiti va asosini tashkil etadi.

Bozor iqtisodiyoti xilma-xil, birbiri bilan erkin raqobatlashadigan xoʻjalik ukladlarini taqozo etadi. Hozirgi zamon bozor iqtisodiyotida mayda tovar, jamoa, xususiy, monopollashmagan kapitalistik, monopolistik, davlat monopolistik, transmilliy ukladlar mavjud. Shuningdek, aralash va oʻtkinchi ukladlar ham bor. Turli mamlakatlarda ukladlar nisbati har xil. Ukladlarning yaxlitligini bozor munosabatlari taʼminlaydi. Ukladlar bir-biriga tovarlar, axborot, tajriba, ish kuchi yetkazib beradi. Ular oʻzaro iqtisodiy aloqalarsiz rivojlana olmaydi, ayni vaqtda ular raqobatda boʻladi.

Bozor iqtisodiyotiga oʻtish davrida Oʻzbekiston iqtisodiyoti ham turli mulkchilik (davlat, jamoa, fuqarolar mulki va xususiy mulk)ka va xoʻjalik shakllariga tayanadi. Oʻzbekistondagi koʻp ukladli iqtisodiyot tarkibida davlat sektori, jamoa-kooperativ sektor, individual sektor, xususiy sektor, aralash sektor va xorijiy sektorlar bor. Davlat sektoriga davlat korxonalari, jamoa sektoriga har xil kooperativlar va shirkat xoʻjaliklari, individual sektorga tomorqa xoʻjaligi, yakka tartibda ishlovchilar, yakka dehqon xoʻjaliklari kiradi. Xususiy sektorga ayrim tadbirkorlarga qarashli, yollanma mehnatga asoslangan va oʻz egasiga fonda beruvchi korxonalar karaydi. Aralash sektor davlat-aksiyadorlik, qoʻshma korxonalar, xorijiy sektor chet mamlakatlarga qarashli boʻlib, Oʻzbekistonda faoliyat olib borayotgan korxonalarni oʻz ichiga oladi.

Alisher Vahobov.[1]

Davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga va xo‘jalik yuritishning yangi shakllariga o‘tishning muhim yo‘nalishi hisoblanadi.

Xususiylashtirish iqtisodiyotni barqarorlashtirish va xo‘jalik hayotini erkinlashtirish bilan bir qatorda xo‘jalikni samarali yuritish uchun amaliy shart-sharoitlar yaratish va jamiyatning ijtimoiy-siyosiy barqarorligini ta’minlash imkonini beradi, Ammo qanchalik muhimligiga qaramay, bu jarayonni qisqa muddatlarda amalga oshirish mumkin emas va u bir necha bosqichdan iborat bo‘ladi.

Xususiylashtirishning 1992-1993-yillarda o‘tkazilgan birinchi bosqichida respublikada mahalliy sanoat, savdo, transport, maishiy xizmat, umumiy ovqatlanish, matlubot kooperatsiyasi, dehqonchilik sanoati majmuining qayta ishlovchi tarmog‘i korxonalari mulkchilikning turli shakllariga aylantirildi, shuningdek, davlat va idoralarga qarashli uy-joy fondi xususiylashtirildi.

Respublikada o‘tgan yillarda 49 mingdan ortiq obyekt o‘zining mulkchilik shaklini o‘zgartirdi, ularning 44,1 foizi aksionerlik, 17,6 foizi jamoa, 37,0 foizi xususiy mulkka aylantirildi, 1,3 foizi ijaraga berildi. Mahalliy sanoat, savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish tizimida xususiylashtirish jarayoni asosan tugallandi.

Tayyorlov va qayta ishlovchi tarmoqlarda davlat tasarrufidan chiqarish tugallanmoqda, ularda hozirgi kunga kelib korxonalar umumiy sonining qariyb 96,7 foizi xususiylashtirilgan.

Shunday qilib, respublikada kichik xususiylashtirishining birinchi bosqichi tugallandi va xalq xo‘jaligi turli tarmoqlarining o‘rtacha hamda yirik korxonalarini qayta o‘zgartirishni nazarda tutuvchi davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish vatarmoqlarining o‘rtacha hamda yirik korxonalarini qayta o‘zgartirishni nazarda tutuvchi davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning ikkinchi bosqichiga o‘tish uchun zamin yaratildi.

O‘zbekiston Respublikasi davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini chuqurlashtirish davlat dasturi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Farmoniga, oldingi yillarda o‘tkazilgan davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tajribasi hamda natijalarini nazarda tutib, ko‘p ukladli iqtisodiyotni barpo etish va rivojlantirishga oid qonunchilik hamda normativ hujjatlar talablariga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasida davlat mulkini davlat tasarrufida bo‘lmagan turli mulkchilik shakllariga aylantirishning ikkinchi bosqichi maqsadlari, ustuvorliklari, izchilligini belgilab beradi.

Ikkinchi bosqich (1994-1995-yillarning asosiy maqsadlari quyidagilardan iboratdir:

xalq xo‘jaligi tarmoqlarida davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni amalga oshirish ko‘lamlarini kengaytirish;

monopol ishlab chiqarish xo‘jalik tuzilmalarini maydalashtirish va raqobatli bozor muhitini yaratish;

davlat mulkini xususiylashtirish jarayonida respublika aholisi keng qatlamlarining, xorijiy jismoniy va yuridik shaxslarning ishtirok etishini ta’minlash;

ishlab chiqarishning eng yuqori samaradorligiga erishish;

oziq-ovqat va xalq iste’mol tovarlari taqchilligini kamaytirish orqali respublika aholisining ehtiyojlarini qondirish.

Ustuvor yo‘nalishlar quyidagilardan iboratdir:

qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirgan va ayni vaqtda davlatga tegishli aksiyalar ulushini qisqartirgan holda ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlarini tashkil etish orqali iqtisodiy islohotlar jarayoniga aholini keng jalb qilish;

ko‘chmas mulk bozorini shakllantirish, shu jumladan, birinchi navbatda savdo, maishiy, kommunal xizmat ko‘rsatish, shuningdek, qurilish obyektlarini tanlov asosida sotish yo‘li bilan bunday bozorni shakllantirish;

xususiylashtirish jarayoniga ulgurji savdo korxonalarini jalb etish orqali ishlab chiqarish vositalari bozorini tashkil qilish, shuningdek, tovar-xomashyo birjalari tizimini rivojlantirish;

shakllangan ishlab chiqarish va boshqaruv tuzilmalarini monopoliyadan chiqarish, xususiylashtirishni cheklash tatbiq etiladigan korxonalar sonini qisqartirish;

tenderlar va kim oshdi savdolari, investitsiya savdolari o‘tkazish, shuningdek, mol-mulkni to‘g‘ridan to‘g‘risotish orqali xorijiy investitsiyalarni respublika iqtisodiyotiga jalb etish;

korxonalarning xususiylashtirishdan keyingi faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash.

Barcha davlat mulki obyektlari ikki guruhga bo‘linadi:

davlat tasarrufidan chiqariladigan, xususiylashtiriladigan obyektlar;

xususiylashtirish taqiqlangan obyektlar.

Obyektni ushbu guruhlardan biriga kiritish uchun quyidagilar asos bo‘lib hisoblanadi:

obyektlarning tarmoq mansubligi;

ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning, bajarilayotgan ishlar va xizmatlarning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati;

davlat mulkini saqlab qolishning maqsadga muvofiqligi.

O‘zbekiston Respublikasining mutlaq mulki bo‘lgan obyektlar yer (qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno), uning qazilma boyliklari, suv, havo bo‘shlig‘i, o‘simlik va hayvonot dunyosi, tarix va madaniyat yodgorliklari, respublikaning suverenitetini, uning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishini ta’minlovchi davlat budjeti mablag‘lari, respublika sug‘urta jamg‘armalari, korxonalar va mulkiy fondlar, shuningdek, davlat budjetidan mablag‘ bilan to‘liq ta’minlanadigan muassasalar xususiylashtirilmaydi.

Davlat tasarrufidan chiqariladigan va xususiylashtiriladigan obyektlar reyestri har yili O‘zbekiston hukumati tomonidan tasdiqlanadi va aholiga ma’lum qilinadi.

Mazkur Dastur vazifalarining og‘ishmay bajarilishi 1994-1995-yillardagi iqtisodiy islohotning hal qiluvchi omili hisoblanadi, respublikada ko‘p ukladli iqtisodiyotni va haqiqiy bozorni shakllantirish uchun shart-sharoitlarni ta’minlaydi.

2.Mulkchilik munosabatlari

Mulkchilik munosabatlarini o‘zgartirish, xo‘jasizlikni bartaraf etish va aniq egalikni qaror toptirish O‘zbekistonda islohotni yanada rivojlantirishning bosh yo‘nalishi hisoblanadi.

Davlat tasarrufidan chiqarish jarayonida ko‘p ukladli iqtisodiyot shakllanadi. Unda mulkchilikning barcha turlari davlat, kommunal, jamoat (shu jumladan, diniy tashkilotlar) mulki va xorijiy mulklar uyg‘unlashadi.

Xususiylashtirish jarayonlarida iqtisodiy maqsadga muvofiqlik va samaradorlik qoidalari ustunlik qiladi, islohotni sun’iy ravishda amalga oshirishga yoki susaytirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Davlat mulki bo‘lgan obyektlarni qayta o‘zgartirish iqtisodiy islohotning yangi bosqichidagi xususiylashtirishning asosiy yo‘nalishi hisoblanadi. Mayda obyektlar uchun ko‘proq mulkchilikning xususiy shakli va mas’uliyati cheklangan jamiyat, o‘rtachalari uchun mas’uliyati cheklangan va ochiq turdagi aksionerlik jamiyati, yiriklari uchun ochiq turdagi aksionerlik jamiyati tavsiya qilinadi. Ular uchun mulkchilikning tavsiya etilayotgan shaklini tanlash ishlab chiqarish ko‘lamlari, tarmoq xususiyatlari, ishlovchilar soni, asosiy fondlar qiymati, ishlab chiqarishni kooperatsiyalash va boshqa obyektlar bilan aloqalar hisobga olingan holda Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.

Shuningdek, respublika darajasidagi tarmoq boshqaruvining mavjud organlari va ularning mintaqaviy (viloyat) bo‘g‘inlari ham o‘zgartiriladi. Respublika tarmoq, davlat va nodavlat konsernlari, ularning mintaqaviy bo‘linmalari ma’muriy buyruqbozlik tuzilma sifatida ixtiyoriy asosda tuziladigan ittifoqlar va uyushmalarga (ittifoq yoki uyushma har bir a’zosining ulardan chiqish huquqi bilan) aylantirilishi kerak. Ittifoq yoki uyushma ochiq turdagi aksionerlik jamiyati tarzida yoki o‘z muassislarining ehtiyojlariga xizmat ko‘rsatuvchi ijro etuvchi organ, yoxud Xolding (agar uning tashkil etilishi yangi monopoliyaga olib kelmasa) tarzida tuzilishi mumkin.

Har qanday jamiyatning iqtisodiy tizimi mulkchilikdan boshlanadi. Hamisha avlodlar mehnati yaratgan va tabiat in‘om etgan boyliklar mulk bo‘lib kelgan. Mulk egasi bo‘lish yoki bo‘lmaslikka qarab, kishilarning jamiyatdagi mavqei, anikrog‘i ularning sotsial maqomi yuzaga keladi. Mulkiy munosabatlarga asoslanmagan iqtisodiyot bo‘lishi mumkin emas. Ishlab chiqarish resurslari bironta mulk bo‘lib harakatga keladi.

Mulk egasi, ya‘ni mulkdor mulkiy munosabatlarning faol tomoni bo‘lib, mulkni egallash uchun xuquq va imkoniyatlarga ega bo‘ladi. Mulk ob‘ekti tabiatdagi narsalar, energiya, aqliy qobiliyat, buyumlar sub‘ektiga to‘la yoki qisman tegishli bo‘lib, mulkiy munosabatlarning passiv tomoni xisoblanadi. Mulkiy munosabat, mulkning o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatini qamrab oladi, ya‘ni mulkiy ob‘ektning sub‘ektiv munosabatlarini ifodalaydi. Bu munosabatlar iqtisodiy mazmunga ega bo‘lib, mulkdorlar o‘rtasida mahsulotlar, daromadlar, boyliklar taqsimlanishini belgilab turadi.

Jamiyat rivojining hozirgi bosqichida mulkchilikning xar xil turlari mavjud.

Shuning uchun xam hozirda bozor iqtisodiyotini ko‘p ukladli iqtisodiyot deb atashadi. Bugungi kunda mulkchilik davlat mulkidan tashqari, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va matbuot sohalaridagi jamoa mulkining xilma-xil turlarini, ijtimoiy tashkilotlar mulkini, mehnatkashlarning uy xo‘jaligi hamda shaxslarning yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan shaxsiy mulkni, tashqi iqtisodiy munosabatlar sohasidagi aralash mulk, xususiy mulk va boshqa shakllarni o‘z ichiga oladi.

O‘zbekiston Fuqarolik Kodeksiga muvofiq, davlat mulki Respublika mulkidan va ma‘muriy xududiy tuzilmalar mulkidan (munitsipal mulkidan) iboratdir. Yer-suv, yer osti boyliklari, havo bo‘shligi, o‘simlik va hayvonot dunyosi, hamda boshqa tabiiy resurslar, respublika hokimiyati va boshqaruv tuzilmalari, oltin zaxirasi, valyuta fondiva boshqa davlat fondlari respublika mulki hisoblanadi.

Mulchilik o‘zlashtirish borasidagi munosabat bo‘lar ekan, u egalik qilish, foydalanish va tasarruf etishning yaxlitligini taqozo etadi. Mana shu uch jihat mulchilikning ajralmas unsurlaridir.

Egalik qilish — mulkdorlik huduqini mulk egasi qo‘lida saqlanib turishidir.

Egalik sharoitida mulk bo‘lgan boylik qisman o‘zlashtirilada. Mulkka egalik saqlangan holda, uni amalda ishlatish o‘zga qo‘lida bo‘ladi. Buning oqibatida mulkdan kelgan naf ikki qismga ajraladi: bir qismini mulkdor, ikkinchisini mulkni amalda ishlatuvchi o‘zlashtiradi. Masalan, bino ijaraga berilganda egalik qilish mulkdor qo‘lida qoladi va u mulkdan kelgan nafning faqat bir qismini ijara haki shaklida o‘zlashtiradi, Boshqa qismni esa ijarachi o‘zlashtiradi. Xullas, egalik qilish qisman, cheklangan o‘zlashtirishni bildiradi.

Foydalanish, ishlatish — mulk bo‘lgan boylikni iqtisodiy faoliyatda qo‘llab, xo‘jalik jarayoniga kiritib, undan natija olishdir. Foydalanish yuz berganda boylik daromad topish yoki shaxsiy ehtiyojni so‘ndirish uchun ishlatiladi. Mulkdor o‘z mulkini o‘zi ishlatganda egalik qilish va foydalanish bir qo‘lda bo‘ladi, olingan natijani mulkdor tanho o‘zi, boshqa bilan baham ko‘rmagan holda o‘zlashtiradi. Eglalik qilish va fovdalanish ajralganda mulk keltirgan naf ham taqsimlangan holda o‘zlashtiriladi.

Tasarruf etish - mulk bo‘lgan boylik taqdirini mustaqil hal etish, ya‘ni mulkni sotib yuborish, ijaraga berish, merosga qoldirish, asrab-avaylab ko‘paytirish yoki uni yo‘qotib yuborishdan iborat xatti-harakatlarni amalga oshira bilishdir. Mulkchilik munosabatga ega albatta, uning ob‘ekti va sub‘ekti bo‘lishi shart. Mulkchilik xo‘jalik va tadbirkorlik faoliyatining turli shakllari orqali iqtisodiy jihatdan ro‘yobga chiqariladi.



Fuqarolik huquqlari obyektlari (FHO) o‘zlarining xossalari bilan bog‘liq funksiyalarini mulkiy munosabatlarda to‘liq bajarishida va uni bir mulkiy huquq subyektidan boshqasiga qonuniy ravishda shaffof o‘tishida optimal proporsiyali tuzilmaga ega mulkchilik shakllariga asoslangan samarali mulkchilik tizimining modeli muhim ahamiyatga ega. Bunda mulkchilik tizimning tarkibiy qismlari bo‘lgan mulkdorlik institutlari, ularning mulkiy munosabatlari uchun mulk turlari bilan bog‘liq professional xizmatlar bozori va mulk narxi shakllanuvchi mulk bozori faoliyatlari samaradorligiga hamda davlatning samarali regulyativ siyosatiga erishish dunyoning barcha mamlakatlari ijtimoiy-iqisodiy rivojlanishida muhim aha- miyat kasb etadi. Demak, mulkiy munosabatlar samarali bo‘lishi uchun davlat mulkiy huquq subyektlari (MHS) uchun samarali bo‘lgan mulkchilik tizimini, ayniqsa, hususiy mulkchilik tizimini, shakllantirishi zarur. Zero, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosati- ning samaradorUgi mulkchilik tizimining samaradorligiga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq, bunda hususiy mulkchilik tizimi esa xalq farovonligini va biznes samarasini belgilaydi.





Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling