Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi
Download 3.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi
330 XUSUSIY KАPITАL HISOBI REJA: 16.1. Xususiy kаpitаl vа uning tаrkibi. Xususiy kаpitаlning korxonаdа tutgаn о‘rni vа hisobining vаzifаlаri. 16.2. Ustav kapitalini shakllantirish va uning о‘zgarishini hisobga olish. 16.3. Qо‘shilgan kapital hisobi. 16.4. Rezerv kapitalini hisobga olish va ishlatish. 16.5. Sotib olingan xususiy aksiyalar hisobi. 16.6. Maqsadli tushumlar hisobi. 16.7. Kelgusi xarajatlar va tо‘lovlar rezervini tashkil qilish va foydalanish hisobi. Tаyanch ibоrаlаr: davlat korxonasining ustav kapitali, aksiyadorlik jamiyati ustav kapitali, mas’uliyati cheklangan jamiyatning ustav kapitali, emission daromad, qо‘shilgan kapital, rezerv kapitali, sotib olingan xususiy aksiyalar, maqsadli tushumlar, grantlar, subsidiyalar, kelgusi xarajatlar va tо‘lovlar rezervi. 16.1. Xususiy kаpitаl vа uning tаrkibi. Xususiy kаpitаlning korxonаdа tutgаn о‘rni vа hisobining vаzifаlаri. Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘zining moliyaviy resurs (mablag‘)larini tashkil qilishi va undan foydalanishi mumkin. Bu mablag‘larning manbai esa foyda, amortizasiya ajratmasi, qimmatbaho qog‘ozlarni sotishdan tushgan mablag‘lar, aksiya egalarining badali va ta’sischilarning ulushlari, kreditlar, qarzlar, ajratilgan grantlar, maqsadli moliyalashtirish mablag‘lari va shunga o‘xshash yo‘nalishdagi mablag‘lardir. Bu bo‘limda asosan subyektning ustav kapitali, maxsus yo‘nalishdagi jamg‘armalar, zaxiralar, foyda va boshqa mablag‘lari o‘rganiladi. Subyektning xususiy kapitali qonunga muvofiq yoki ta’sis hujjatlari asosida yaratilgan jamg‘armalar va zaxiralar qo‘shilgan holda, ularning harakati va holati o‘rganiladi va nazorat qilinadi. Xususiy kapital xo‘jalik yurituvchi subyektning aktivi va majburiyatlari o‘rtasidagi farqni o‘zida mujassamlashtiradi. O‘z navbatida xususiy kapital 2 guruhga (kategoriyaga) bo‘linadi – qo‘yilgan (investisiya) kapital va taqsimlanmagan foyda. Xususiy kapital, ishlab chiqarish va mulk egasiga to‘lash, qo‘shimcha investisiya va boshqa faoliyatlarning natijalariga bog‘lik holda ko‘payishi yoki kamayishi mumkin. Ushbu mulk, jamg‘armalar, foyda va zaxiralarning hisobi quyidagi: 8300-«Ustav kapitali (fondi)»ni hisobga oluvchi schyotlar; 8400-«Qo‘shilgan kapital»ni hisobga oluvchi schyotlar; 8500-«Zaxira kapitali»ni hisobga oluvchi schyotlar; 8600-«Sotib olingan uz aksiyalari»ni hisobga oluvchi schyotlar; 331 8700-«Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)»larni hisobga oluvchi schyotlar; 8800-«Grantlar va subsidiyalar (kapital)»ni hisobga oluvchi schyotlar; 8900-«Kelgusi xarajatlar va to‘lovlarning zaxirasi»ni hisobga oluvchi schyotlarda yuritiladi. Subyektning ustav kapitali uning mablag‘larining tashkil bo‘lishida asosiy manba hisoblanadi. Bu kapitalni tashkil qilish qonun va ta’sis hujjatlariga asosan tartibga solinadi. Davlat korxonalarining ustav kapitali davlatning byudjeti tomonidan korxonaning foydalanilishiga topshirilgan vaqtda ajratilgan mablag‘larning yig‘indisidir. Nodavlat, kommersiya subyektlarining kapitali esa aksiyadorlar tomonidan qo‘yilgan mablag‘larning yig‘indisiga teng bo‘ladi. Aksiyadorlar jamiyati (AJ) yuridik shaxs bo‘lib uning kapitali aksiya egalarining qo‘ygan ulushidan tashkil topgan. AJ faoliyati ustavi bilan tartibga solinadi va aksiyadorlar faqat ustav kapitaliga qo’yadigan ulushi bo‘yicha majburiyat oladilar. AJ-ochiq va yopiq turda bo‘ladi. Ochiq AJ aksiyalari ochiq usulda sotiladi, bir shaxsdan ikkinchi shaxsga o‘tadi, ya’ni qimmatbaho qog‘ozlar birjasida sotilishi mumkin. Yopiq AJ aksiyalar bozorga chiqarilmaydi, bundan tashqari o‘z ulushlarini boshqa aksiyadorlarning roziligisiz sotishi mumkin emas. AJ ustav kapitalining hajmi uning ustavida ko‘rsatilgan bo‘ladi. Ustav kapitalining ko‘payishi yoki kamayishi aksiyaning nominal qiymatining bozordagi talab va taklifning ta’sirida oshishi yoki kamayishiga bog‘liq. AJ tomonidan chiqarilgan aksiyalar naqd pulga, pul o‘tkazish yo‘li bilan, mulkka, ya’ni uzoq va qisqa muddatli aktivlar hisobiga ham sotilishi mumkin. Ustav kapitali (fondi)ning holati va harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish quyidagi: 8310-«Oddiy aksiyalar» 8320-«Imtiyozli aksiyalar» 8330-«Ulushlar va omonatlar» schyotlarida amalga oshiriladi Barcha mulk shakllaridagi korxonalarda kapital, rezervlar va taqsimlanmagan foyda bo‘yicha buxgalteriya hisobining vazifalari quyidagilardan iborat: -Ustav kapitalini shakllanishi va undan foydalanishni nazorat qilish; -Korxona muassislari, kapitalning shakllanish bosqichlari va aksiyalar turlari bo‘yicha axborot to‘plash; -Ustav kapitalining holati va harakati xususida hisobot tuzish bo‘yicha ma’lumotlar olishni ta’minlash; -Qo‘shilgan kapital hamda rezerv kapitalining shakllanishi bilan bog‘liq 332 muomalalarni o‘z vaqtida hisobda aks ettirish; -Korxona sof foydasining shakllanishi va uning taqsimlanishini o‘z vaqtida hisobga olish hamda nazorat qilish. Download 3.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling