Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi


Grant (subsidiya) deganda


Download 3.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet245/307
Sana18.10.2023
Hajmi3.82 Mb.
#1708490
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   307
Bog'liq
Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi

Grant (subsidiya) deganda xo‘jalik yurituvchi subyektlarga ular belgilangan shartlarni 
bajarganlarida iqtisodiyotni rivojlantirishni ragbatlantirish maqsadida davlat yoki xalqaro xorijiy 
tashkilotlar tomonidan ko‘rsatiladigan pul yoki natura ko‘rinishidagi yordam tushunildi. 
Shu bilan birgalikda subsidiya va grantlar turli nodavlat, xalqaro tashkilotlar va 
jamg‘armalar tomonidan ma’lum dasturlarni amalga oshirish uchun korxonalar tomonidan 
taqdim etilishi mumkin. 
Grant va subsidiyalar quyidagi hisobvaraqlarda hisobga olinadi: 
8810-'Grantlar"; 
8820-"Subsidiyalar". 


344 
Mazkur hisobvaraqlarda o‘z sarmoyasiga kiritiluvchi hamda korxona faoliyatini 
moliyalash manbai sifatida ko‘rib chiqiladigan ajratilgan grant va subsidiyalarning mavjudligi 
va harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlar hisobga olinadi. 
Pul shaklida olingan grantlar quyidagicha aks ettiriladi: 
Dt 5110, 5210-"Pul mablag‘lari"hisobvaraqlari; 
Kt 8810- «Grantlar». 
Grantlar hisobiga ustav kapitalining ortishi quyidagicha aks ettiriladi: 
Dt 8810-«Grantlar»; 
Kt 8310, 8320, 8330 Ustav kapitalini hisobga olish hisobvaraqlari. 
Grant ajratgan tashkilotning grant summasini korxona ustav sarmoyasiga badal sifatida 
kiritish haqidagi qarori zarur. Ustav kapitalining oshishiga hamda yangi muassis paydo 
bo‘lishiga barcha muassislarning roziligi ham kerak va ta’sis hujjatlarini qayta ro‘yxatdan 
o‘tkazish lozim: 
Dt 8810-'Grantlar"; 
Kt 8530-"Tekinga olingan mol-mulk". 
Subsidiyani olish shakli uni hisobda aks ettirish tartibiga ta’sir etmaydi. Aktivlarga 
tegishli davlat subsidiyalari quyidagicha aks ettiriladi: 
-aktivning foydali xizmat muddati davomida daromad sifatida tan olinadigan maqsadli 
tushumlar sifatida; 
-kelib tushgan aktivning balans qiymatini kamaytiradi hamda amortizasiyalanadigan 
aktivdan 
foydali 
foydalanish 
muddati 
davomida 
hisoblanadigan 
eskirishni qisqartirish yo‘li bilan moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda aks ettiriladi. 
Shuningdek, 8800-"Maqsadli tushumlar" guruhida quyidagi hisobvaraklar ochilgan: 
8830-"A’zolik badallari"; 
8840-"Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari". 
8830-"A’zolik' badallari" hisobvaragida ta’sis hujjatlari bilan belshlangan jamiyat 
a’zolarining a’zolik badallari aks ettiriladi. A’zolik badallarining tushumi 8830-"A’zolik 
badallari" hisobvaragi krediti bo‘yicha pul mablag‘larini hisobga olish hisob-varaklari bilan 
korrespondensiyada aks ettiriladi. 
Soliq solishdan ozod etish natijasida bo‘shagan mablag‘lar summalarini maqsadli 
vazifalarni bajarishga yo‘naltirishning hisobi 8840-"Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari" 
hisobvarag’ida amalga oshiriladi. 
Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha (turlari bo‘yicha) qarzlarni hisobga olish hisobvaraqlari 
bo‘shagan mablag‘lar summasiga debetlanadi, 8840-"Maqsadli foydalaniladigan soliq 
imtiyozlari" hisobvaragi kreditlanadi. Soliq solishdan ozod etish natijasida bo‘shagan 
mablag‘lar summalari imtiyozli davr ko‘rsatilgan taqdirda -imtiyozli davr tugagach, qolgan 


345 
hollarda esa-har yili 8840-"Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari" hisobvaragi debetidan 
8530-"Bepul olingan mol-mulk" hisobvarag’i kreditiga hisobdan chiqariladi. 

Download 3.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling