Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi
Download 3.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 16.7. Kelgusi xarajatlar va to‘lovlar rezervini tashkil qilish va foydalanish hisobi
Maqsadli tushumlarni hisobga oluvchi schyotlar (8800)ning boshqa schyotlar bilan bog‘lanishi T/р Xo‘jalik muomalalarining mazmuni Schyotlarning bog‘lanishi Debet Kredit 1 Ajratilgan grant va subsidiyalar haqida xabarnoma olindi 4890 8810, 8820 2 Grant va subsidiyalar bo‘yicha mablag‘lar olindi 5110-5530 4890 3 Tegishli tuzulmalarning qaroriga muvofiq berilgan grant va subsidiya summasi korxona ustav kapitali hajmini ko‘paytirishga yo‘naltirildi 8810, 8820 8310, 8320, 8330, 8420 4 Tegishli tuzulmalarning qaroriga muvofiq ilgari berilgan grant va subsidiya summasi korxona rezerv kapitali hajmini ko‘payishiga yo‘naltirildi 8810, 8820 8530 5 A’zolik badallari va boshqa maqsadli tushumlar kelib tushdi 5010-5530 8830 6 Soliqqa tortishdan ozod qilish natijasida vujudga kelgan bo‘sh pul mablag‘lari hisobga olindi 6410 8840 7 Soliqqa tortishdan ozod qilish bo‘yicha imtiyozli davrning tugashi natijasida vujudga kelgan bo‘sh pul mablag‘lari hisobdan chiqarildi 8840 8530 8 Boshqa maqsadli tushumlar kelib tushdi 5010-5530 8890 16.7. Kelgusi xarajatlar va to‘lovlar rezervini tashkil qilish va foydalanish hisobi. Subektning hisob siyosatida ko‘rsatilgan tartibga muvofiq (tegishli standartlarning talabidan kelib chiqqan holda) joriy davrda sarflangan mablag‘larni (ta’mirlash sarflari) va kelgusida kutilayotgan sarflarni (ta’til pulini hisoblash) tarmoklarning sarflariga imkoniyati boricha bir tekisda qo‘shish maqsadida kelgusi sarflar va to‘lovlarning zaxiralarini yaratish zaruriyati tugiladi. Ushbu zaxiralashtirilgan mablag‘larning harakatini kayd qilish va holatining ustidan nazorat urnatish maqsadida 8910-"Kelgusi sarflar va to‘lovlarning zaxiralari" schyoti kullaniladi. Masalan, ushbu schyotda asosiy vositalarni ta’mirlash uchun qilinadigan sarflar kayd kilinishi mumkin. Ishlab chiqarish va muomala xarajatlari hisobidan mablag‘larni zaxiralashtirish tegishli qonun va meyoriy hujjatlar hamda "Mahsulot (ish, xizmat)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi va moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi" to‘g‘risidagi Nizomga asosan tartibga solinadi. 346 Zaxiralarni hisobga olish muomalalari 8910-"Kelgusi sarflar va to‘lovlarning zaxiralari" schyotining krediti va tegishli ishlab chiqarish xarajatlari va muomala xarajatlarini hisobga oluvchi 2010, 2310, 2510, 3100, 9400 schyotlarining debeti tomonida qayd qilib boriladi. Zaxiraga ajratilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshirilgan sarf va to‘lovlarning summasi zaxiralarning kamayishiga olib boriladi- debet 8910-"Kelgusi sarflar va to‘lovlarning zaxiralari" schyoti va: kredit 2310-"Yordamchi ishlab chiqarish"- subektning sexlari tomonidan asosiy vositalarni ta’mirlash qiymatiga; ayrim xollarda ilgari kelgusi sarflar tarkibida zaxiralashtirilgan material qiymatliklarining sarfi (1000), asosiy vositalarning eskirishi (0200), tegishli schyotlardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri (8910-"Kelgusi sarflar va to‘lovlarning zaxiralari" schyot qatnashmagan holda) xarajatlarga olib boriladi. U yoki bu zaxiraning tashkil qilinishi va mablag‘larning foydalanishi vaqti-vaqti bilan (yilning oxirida albatta) meyor, hisoblar va boshqalarga asosan tekshirilib turiladi, zaruriyat tugilganda mukobillash (korrektura)tiriladi. 8910-"Kelgusi sarflar va to‘lovlarning zaxiralari" schyoti bo‘yicha analitik hisob xar bir zaxira va to‘lovlar bo‘yicha alohida yuritiladi. Download 3.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling