MOLIYAVIY NATIJALAR - xo‘jalik yurituvchi subektning foyda yoki zarar shaklida
ifodalangan faoliyatining pirovard iqtisodiy yakunidir.
MOL-MULK – egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish obektlari bo‘la oladigan moddiy
obektlar, shu jumladan pul mablag‘lari, qimmatli qog‘ozlar, ulushlar (paylar, hissalar) hamda
nomoddiy obektlar.
MUHOFAZA MUDDATINI UZAYTIRISH – birlik mahsulot uchun zarur bo’lgan TMZ
o’zgarish koeffitsentini qoplash uchun zarur bo’lgan muddat.
MULKka subektda ishlatilayotgan va bir yildan ortiq muddat ichida korxonada ishlatilishi
mo‘ljallangan ushlab ko‘rish mumkin bo‘lgan uzoq muddatli aktivlar, ya’ni asosiy vositalar
kiradi.
MUOMALA BUYUMLARI xo‘jalikni o‘zida foydalanishi mumkin (ular mol (tovar)
tusini olmaydi) yoki sotish uchun ishlatiladi (ular mol (tovar) tusini oladi). Bunga mehnat
mahsulotlari kiradi.
MUQOBILLASHTIRISH (OPTIMALLASHTIRISH) – topshirilgan chegaraga to’g’ri
keladigan muqobillikni topish jarayoni.
MUQOBIL STANDARTLAR – iqtisodiy jarayonni amalga oshirish davridagi o’rtacha
bahodan kelib chiqqan holda hisoblangan standartlar.
MUTANOSIB XARAJATLAR – o’zgaruvchan xarajatlarning bir turi. Bir necha
mahsulot yoki ishlarning turlariga ta’lluqli va subektning ishbilarmonlik faolligi o’zgarsa
o’zgarib turadigan xarajatlar.
NAZORAT - HISOB NUQTASI – o’zi ishlab chiqargan yarimfabrikatlarning nazoratini
amalga oshirish va hisob yuritish boyicha tugallanmagan mahsulotning joyini aniqlash.
NOMINAL - qimmatbaho qogozning blankada (sertifikatda) qayd etilgan boshlangich
qiymati.
NOMODDIY AKTIVLAR – moddiy – ashyoviy mazmunga ega bo‘lmagan, xo‘jalik
yurituvchi subekt tomnidan, xo‘jalik faoliyatida foydalanish maqsadida nazorat qilinadigan,
shuningdek uzoq vaqt (bir yildan ko‘p) ishlatish uchun mo‘ljallangan mol – mulk obektidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |