Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi
Download 3.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- PUL CHEKI
- QAYDNOMALAR
- QAYTARILMAYDIGAN XARAJATLAR
- QO‘SHILGAN KAPITAL (QK)
PUL EKVIVALENTLARI – bu pul mablag‘lariga o‘xshaydigan, lekin boshqacha
turkumlanadigan aktivlardir. Ular kassa veksel (kassa veksellari – bu muomalaga chiqarilgan, keyin bir yildan kam muddatga qaytariladigan davlatning foizsiz majburiyatlaridir. To‘lash qiymati bilan chiqarilish qiymati o‘rtasidagi farq xaridorning foiz daromadi bo‘ladi. PUL CHEKI korxonaning hisob-kitob hisobvarag‘idan chekda ko‘rsatilgan naqd pul summasini berish to‘g‘risida bankka bergan farmoyishidan iborat. PREFERENSIYA – iqtisodiyotni maqsadga muvofiq rivojlantirish va tartibga solishda ayrim soha va tarmoqlar, korxona va ishlab chiqarish turlariga nisbatan beriluvchi imtiyoz, afzallik va ustuvorliklar. QAYDNOMALAR –bu schetlarning debeti bo‘yicha analitik hisobni olib borishga mo‘ljallangan registrlar. QAYISHQOQ BUDJET – xo’jalik yurituvchi subektning faoliyatining bir necha darajasini ko’zlab tuzilgan budjet. QAYTARILMAYDIGAN SARFLAR – ilgari qabul qilingan qarorlarning natijasida sodir bo’lgan oldingi davr xarajatlari. QAYTA TIKLANADIGAN ZAXIRALAR – to’liq ishlov berish natijasida tiklanadigan xomashyo va materiallar. QAYTARILMAYDIGAN XARAJATLAR – boshqaruv qarorlari orqali ta’sir qilish mumkin bo’lmagan xarajatlar. QOPLASHNING ICHKI KOEFFITSIYENTI – kapital quyilmaning sof keltirgan qiymati nolga teng bo’lgan holatidagi foiz darajasi (diskonti). Ushbu koeffitsiyent izlanish va xatolar usulida aniqlanadi, uning taxminiy miqdori statistika jadvali ko’rinishida keltirilishi mumkin. QO‘SHILGAN KAPITAL (QK) bu aksiyalarni sotish va nominal qiymatlari o‘rtasidagi ijobiy farq, shuningdek chet el investorlarini ustav kapitaliga kiritgan mablag‘lari bo‘yicha vujudga kelgan valyutalar o‘rtasidagi ijobiy farqlar summasi. QO‘SHIMCHA YOZUV (O‘TKAZMA) USULI. Ushbu usul registrlarda summa kamqilib ko‘rsatilganda va ular jami ma’lumotlardan joy olganda qo‘llaniladi. Bu xatoliklar keyingi hisobot davrlarida to‘g‘rilanadi. Buning uchun summasi berilgan yozuv (o‘tkazma) qaytariladi, faqat farq summaga. Qo‘shimcha yozuv umumiy summa ustiga qo‘shiladi. Tuzatish maxsus ma’lumotnomasi bilan rasmiylashtiriladi va tasdiqlanadi. REFAKSIYA - shartnomada kelishilgan, andoza yoki texnik sharoit shartlarida belgilanganidan past bo’lgan tovarlarning ulgurji bahosi yoki tovar og’irligiga nisbatan chegirma; ko’p miqdorda Yuk mavjud bo’lgan maxsus kelishuvda Yuk jo’natuvchiga beriladigan tarifdan chegirma hisoblanadi. Download 3.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling