Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi
Download 3.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- STANDART KOST (STANDARD COSTS)
- STORNO YOKI “QIZIL YOZUV” USULI.
SOTISHNING SOF QIYMATI –bu ishlab chiqarish zaxirasining tannarxidan kichik
qiymati bo‘lib, faqatgina ularni keragidan ko‘p miqdorda yig‘ilib qolganida bahoni pasaytirish hollarida vujudga keladi. Bunday holda ishlab chiqarish zaxiralari pasaytirilgan baholarda, ya’ni sotishning sof qiymatida balansda aks ettiriladi. STANDART KOST (STANDARD COSTS) – hamma xarajatlarni qattiq meyorlashtirgan va mahsulotning standart (meyoriy) tannarxini hisoblash imkoniyatini yaratadigan kalkulatsiya qilish tizimi. Xarajatlarning sarflanishi jarayonida chetga chiqishlarni nazorat qilish, mas’uliyat va xarajat markazlari, xarajat moddalari boyicha hisobga olish, chetga chiqishning sabablarini aniqlash maqsadida chuqur tahlil qilish hamda nazoratni o’rnatish imkoniyatini yaratadigan tizim. Hozirda amaliyotda qo’llanilayotgan meyoriy hisobga olish va tannarxni kalkulatsiya qilish usuliga o’xshaydi. STORNO YOKI “QIZIL YOZUV” USULI. Ushbu usul registrlarda summa ortig‘i bilan ko‘rsatilganda va ular jami ma’lumotlardan joy olganda qo‘llaniladi. Bu xatoliklar keyingi hisobot davrlarida to‘g‘rilanadi. Buning uchun summasi berilgan yozuv (o‘tkazma) qaytariladi, faqat farq summa qizil yozuv bilan yoki minus ishorasi bilan ko‘rsatiladi. Qizil yozuv umumiy 416 summadan ayirishni bildiradi. Tuzatish maxsus ma’lumotnomasi bilan rasmiylashtiriladi va tasdiqlanadi. SUBSIDIYALAR – bu korxonaga uning faoliyatini rivojlantirish maqsadida ma’lum bir shartlarga ko‘ra davlat tomonidan berilgan yordam va imtiyozlar summasi. SCHYOTLAR – bu korxona aktivlari, xususiy kapitali, majburiyatlari, daromad, xarajat, foyda va zararlarini hisobot davridagi holati (boshlang‘ich va oxirgi), shuningdek ularning shu davrdagi harakati (ko‘payishi va kamayishi) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni pul ifodasida aks ettirish usuli. Buxgalteriya schyotlari bu – xo‘jalik yurituvchi subektlar iqtisodiy resurslari holati va harakati haqidagi buxgalteriya ma’lumotlarini ro‘yxatga olish va saqlash usulidir. Har bir schyot ichki tomondan to‘rtta elementni o‘z ichiga oladi: Bosh qoldiq –bu schyot bo‘yicha hisobot davri boshidagi qoldiq summa. Buxgalterlar tilida uni «bosh saldo» ham deb ataydilar. Debet oborot –bu schyotning debet tarafiga yozilgan summalarning yig‘indisi. Aktiv schyotlarda ushbu oborot hisobot davrida schyotning bosh qoldig‘i summasini jami qanchaga ko‘payganligini bildiradi, passiv schyotlarda esa - hisobot davrida schyotning bosh qoldig‘i summasini jami qanchaga kamayganligini bildiradi. Kredit oborot - bu schyotning kredit tarafiga yozilgan summalarning yig‘indisi. Aktiv schyotlarda ushbu oborot hisobot davrida schyotning bosh qoldig‘i summasini jami qanchaga kamayganligini bildiradi, passiv schyotlarda esa - hisobot davrida schyotning bosh qoldig‘i summasini jami qanchaga ko‘payganligini bildiradi. Oxirgi qoldiq - bu schyot bo‘yicha hisobot davri oxiridgi qoldiq summa. Buxgalterlar tilida uni «oxirgi saldo» ham deb ataydilar Schyotning debet yoki kredit tomonlariga yozilgan muomalalar summalarining jami schyot aylanmasi(aylanma) deb ataladi. Download 3.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling