Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi
Download 3.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi
Subschyot – bu bitta sintetik schyot doirasida bir xil analitik schyotlarni qo‘shimcha
guruhlash usulidir. Buxgalteriya schyotining schyotlar rejasi schyotlarning iqtisodiy mazmuniga karab turkumlarga ajratilishiga asoslanib ishlab chiqilgan. Buxgalteriya hisobi schyotlari tuzilishi va vazifalariga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi: 417 7. Asosiy aktiv schyotlar guruhi moddiy va pul mablag‘larining harakatini, hamda debitorlar bilan hisob-kitob ishlarini olib borishga mo‘ljallangan (“Asosiy vositalar”, “Materiallar”, “Tayyor mahsulot”, “Kassa” va boshk.). 8. Asosiy passiv schyotlar fondlar holatining o‘zgarishini, kreditorlar bilan hisob-kitob hisobini olib borishga mo‘ljallangan (“Ustav kapitali”, “Kreditorlar bilan hisob-kitob” schyotlari va boshk.). 9. Tartibga soluvchi schyotlar hisobga olinadigan xo‘jalik mablag‘lari va ularning tashkil topish manbalarining bahosini tartibga solishga mo‘ljallangan schyotlardir (“Asosiy vositalarning eskirishi”, “Nomoddiy aktivlarning eskirishi”va boshk.). 10. Yig‘ib taqsimlovchi schyotlar guruhiga umumishlab chiqarish xarajatlari va boshqalar kiradi. 11. Kalkulyasiya schyotlari guruhi xarajatlar umumiy summasini aniqlash va tannarxni hisoblashga mo‘ljallangan (“Asosiy ishlab chiqarish”, “Yordamchi ishlab chiqarishlar” schyotlari va boshk.). 12. Taqqoslovchi schyotlar guruhiga kiruvchi schyotlar bo‘yicha schyotning debet va kredit tomonlariga yozilgan yozuvlar taqqoslanib, xo‘jalik jarayonlarining natijalari aniqlanadi (moliyaviy natija schyoti). Balansga karab schyotlar ikkiga bo‘linadi. Balansda aks ettiriladigan va balansdan tashqari schyotlar. Balansda aks ettiriladigan schyotlarga korxonaga karashli mablag‘lar holati va o‘zgarishlarini hisobga olishga mo‘ljallangan schyotlar kiradi. Balansdan tashqari schyotlarga korxonada vaqtincha foydalanishda bo‘lgan mablag‘larni hisobga olish mo‘ljallangan schyotlar kiradi. Balansdan tashqari schyotlarda yozuvlar bir yoqlama aks ettiriladi. Bu schyotlar boshqa xech qanday schyotlar bilan aloka qilmaydi. Ularda ijaraga olingan asosiy vositalar, qayta ishlashga qabul qilingan xom ashyo va materiallar, vaqtincha saqlashga qabul qilingan moddiy boyliklar hisobga olinadi. Amalda qo‘llanilayotgan schyotlar rejasi buxgalteriya schyotlarini quyidagi guruhlarga bo‘ladi: Doimiy schyotlar, bu aktivlar, majburiyatlar va kapitallar schyotlari bo‘lib, bu schyotlarda buxgalteriya balansida aks ettiriladigan hisobot davri oxiriga qoldiq bo‘ladi. Doimiy schyotlar aktiv, passiv kontr-aktiv va kontr-passiv schyotlarga bo‘linadi. Aktiv schyot (A) – bu aktivlarni aks ettirish uchun mo‘ljallangan shunday schyotlarki, iqtisodiy resurslarning hisobot davri boshiga qoldig‘i va hisobot davridagi ko‘payishi schyotning debet tomonida aks ettiriladi. Passiv schyot (P) - bu majburiyat va kapitallarni aks ettirish uchun mo‘ljallangan schyot bo‘lib, unda majburiyat va kapitallar qoldig‘i va ko‘payishi schyotning kredit tomonida, kamayishi esa debet tomonida aks ettiriladi. Kontr-aktiv (KA) schyoti, bu shunday schyot bo‘lib, moliyaviy hisobotda sof aktiv qiymatini aks ettirish uchun uning qoldig‘i, u bilan bog‘liq bo‘lgan aktiv schyot qoldig‘idan ayirib tashlanadi. Kontr-passiv (KP) bu shunday schyot bo‘lib, moliyaviy hisobotda majburiyat yoki kapitalning sof qiymatini aks ettirish uchun uning qoldig‘i u bilan bog‘liq bo‘lgan passiv schyot qoldig‘idan ayirib tashlanadi. Tranzit schyotlar (T) – bu moliyaviy natijalar haqidagi hisobotda aks ettiriladigan, hisobot davri oxirida yopiladigan va qoldiq summasi bo‘lmaydigan, hisobot davri davomida foydalaniladigan daromadlar va xarajatlar schyotlaridir. Download 3.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling