Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi


Download 3.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet302/307
Sana18.10.2023
Hajmi3.82 Mb.
#1708490
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   307
Bog'liq
Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi

TRANSFERT BAHO – ishlab chiqarish bo’linmalari yoki ma’suliyat markazlari o’rtasida 
ko’rsatilgan xizmatlarni bir-biriga sotish uchun o’rnatilgan baho. Transfert baholarni o’rnatish 
ayrim bo’lgan va boshqaruvi markazlashtirilmagan subektlarning bo’linmalari o’rtasida 
o’rnatiladi. 
TRENDLI TAHLIL – bir necha hisobot davrlari ichidagi o’zgarishlarning harakatini 
o’rganish. 
TO‘LOV MANBAI – soliq to‘lovchiga to‘lovlarni amalga oshiruvchi yuridik shaxs. 
TO‘LOV SHAKLLARI deganda, odatda, huquqiy meyorlarda ko‘zda tutilgan, kreditor 
hisobiga mablag‘larni o‘tkazish usuli, hisob-kitob hujjati turi va hujjatlar aylanish tartibi bilan 
farqlanuvchi nakd pulsiz to‘lovlar shartlari ko‘zda tutiladi. 
TO‘LOV TOPSHIRIQNOMASI korxonaning o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi bankka o‘z 
hisobvarag‘idan muayyan summani boshqa korxonaning va shu banqdagi yoki ana shu shaharda 
yoxud boshqa shaharda joylashgan bank muassasasidagi schyotiga o‘tkazish to‘g‘risidagi 
topshirigi hisoblanadi.
TO‘LOVLARNING 
TO‘LOV 
TALABNOMA 
–TOPSHIRIQNOMALARI 
SHAKLIda mol yetkazib beruvchi mahsulotni Yuklab jo‘natgandan so‘ng to‘lov talabnomasini 
yozib, unga xizmat ko‘rsatadigan bankka topshiradi. U xaridordan pulni undirish va uni mol 
yetkazib beruvchining hisob-kitob schyotiga kiritish uchun talabnomani xaridorning bankiga 
jo‘natadi. To‘lovchining aksepti (roziligi) mavjud bo‘lganda, hisobvaraqlar haqi to‘lanadi.
UMUM ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI deganda barcha asosiy va yordamchi 
ishlab chiqarish sexlarini boshqaruviga va tashkil etishga taalluqli bo‘lgan, shuningdek ularga 
xizmat ko‘rsatuvchi bo‘linmalarning xarajatlari tushuniladi. Masalan, ta’minot bo‘limi,
yong‘inga qarshi kurashish bo‘limi, isitish bo‘limi, qo‘riqlash bo‘limi va boshqalar asosiy va 
yordamchi sexlarga turli xizmatlarni ko‘rsatadi. Bu bo‘linmalarning xarajatlari ham alohida 
hisobga olinadi va oy oxirida hisob siyosatida belgilangan tartibga muvofiq asosiy va yordamchi 
ishlab chiqarish xarajatlariga kiritiladi.

Download 3.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling