Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi


UMUMLASHTIRILGAN MOLIYAVIY SMETA (BUDJET) –


Download 3.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet303/307
Sana18.10.2023
Hajmi3.82 Mb.
#1708490
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   307
Bog'liq
Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi

UMUMLASHTIRILGAN MOLIYAVIY SMETA (BUDJET) – daromadlar va sarflar 
yig’ilgan shaklda keltirilgan naqd pul mablag’larining harakati hisoblangan va balansi aks 
ettirilgan yig’ma hujjat. 
UMUMLASHTIRILGAN SMETA – foyda va zararlar to’g’risidagi hisobotning loyihasi.
USTAV KAPITALI (UK) bu korxonaga uning ta’sischilari tomonidan kiritilgan
mablag‘lar majmuasi. 
VAQT NORMASI - bu muayyan ishni bajarish uchun zarur bo‘lgan vaqt miqdorini 
belgilaydigan mehnat o‘lchovidir. 
XARAJATLAR - hisobot davrida aktivlarning kamayishi yoxud majburiyatlarning 
ko‘payishidir. 
XARAJATNING BAHOSI – ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxiga asoslangan 
baho. Ushbu baho rentabellik bo’sag’asini o’rnatish uchun qo’llaniladi.
XARAJATLARNI BAHOLASH USULI – xarajatlarning tarkibi “har xil maqsadlar 
uchun har xil tannarx“ shartida aniqlash usuli. Ya’ni, muqobil xarajatlar, meyoriy xarajatlar va 
qisman xarajatlarning hajmiga asosan hisoblangan to’liq tannarx. 
XUSUSIY SARMOYA - subektning majburiyatlarni chegirib tashlagandan keyingi 
aktivlaridir. 
 «XO‘JALIK HISOBI» - bu iqtisodiyotning turli bo‘g‘inlarida yuz bergan va berayotgan 
hodisa va jarayonlar, ularni natijalarini miqdoriy va sifat jihatdan xarakterlovchi axborotlarni 
yig‘ish, qayd etish, guruhlash va uzatish tizimidir. 


420 
XO‘JALIK FAOLIYATI deganda u tomonidan foyda olish maqsadida olib borilayotgan 
hamda mazmunan alohida nomlardagi faoliyat turlarini tashkil qiluvchi xo‘jalik jarayonlari va 
operasiyalari (muomalalari) majmuasi tushuniladi.
XO‘JALIK FAOLIYATINING NATIJALARI bo‘lib ular olgan foyda yoki ko‘rgan 
zararlari hisoblanadi. 
 XO‘JALIK JARAYONI deganda korxonada yuz bergan va berayotgan ma’lum 
muomalalar yig‘indisi tushuniladi. 

Download 3.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling