SBB (Strategik biznes-birlik – Strategic Business Unit) – xo’jalik yurituvchi subektning
tashkiliy tarkibini mukammallashtirishga imkoniyat yaratadigan konsepsiY. Bir biznes birligi
uchun mustaqil strategiyani ishlab chiqishni taqozo qiladi.
SEGMENTLAR BOYICHA HISOBOT – xo’jalik yurituvchi subekt faoliyatining ayrim
segmentlari (sexlar, bo’limlar, ishlab chiqarish, sotish, ta’minot) boyicha hisobot.
SMETA – subektning ma’muriyati tomonidan qabul qilingan qarorlarni bajarish yuzasidan
tuzilgan moliyaviy reja.
SOF FOYDA – soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langanidan keyin yuridik shaxs
ixtiyorida qoladigan foyda.
SOF TUSHUM - bu mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan korxonaning o‘zi ko‘rgan
daromad bo‘lib, u o‘z ichiga sotilgan mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxi hamda korxona yalpi
foydasini oladi.
SOTISH BAHOSI - talab va taklifdan kelib chiqqan holda sotuvchi va iste’molchi
o‘rtasida kelishilgan baho.
SOTISH TANNARXI – bu sotilgan mahsulot (ish, xizmat)larning ishlab chiqarish
(bajarish, ko‘rsatish) xarajatlari majmuasi.
SOTISHDAN OLINGAN YALPI FOYDA - sof tushum va sotish tannarxi o‘rtasidagi
farq.
SOTISH XARAJATLARI – bu mahsulot (ish, xizmat)larni sotish uchun korxona
tomonidan qilingan qo‘shimcha xarajatlar, masalan reklama xarajatlari, sotish bo‘limi va
omborxonalarini saqlash, ularda band xodimlar mehnat haqi va boshqa xarajatlar. Sotish
xarajatlari sotish tannarxiga kiritilmaydigan korxonaning sotishdan olingan yalpi foydasi evaziga
qoplanadigan xarajatlar bo‘lib hisoblanadi.
SOTIB OLINGAN ISHLAB CHIQARISH ZAHIRALARINING TANNARXI ularni
sotib olish qiymati, bojxona yig‘im va to‘lovlari, sertifikasiya xarajatlari, komissiya to‘lovi,
transport-tayyorlov va boshqa sotib olishda ketgan xarajatlarni o‘z ichiga oladi.
SOTISH JARAYONI deganda ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan tayyor
mahsulotlarni, bajarilgan ishlarni, ko‘rsatilgan xizmatlarni xaridorlarga sotish tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |