“Buyurtmachi” deb ataluvchi bir tomondan, keyingi oʻrinlarda “Ijrochi”


Download 19.27 Kb.
Sana06.01.2023
Hajmi19.27 Kb.
#1080952
Bog'liq
Agreement with Tilmor LLC


Haq evaziga xizmat koʻrsatish
shartnomasi

2023.01.15 Toshkent shahar


Toshkent shahri “Tilmor LLC” nomidan Jhon keyingi oʻrinlarda “Buyurtmachi” deb ataluvchi bir tomondan, keyingi oʻrinlarda “Ijrochi” deb ataluvchi “Silk Road Professionals LLC” representative office in Tashkent rahbari Joaldo ikkinchi tomondan quyidagilar toʻgʻrisida ushbu shartnomani tuzdilar.




I. SHARTNOMA PREDMETI
1.1. “Ijrochi” “Buyurtmachi”ning topshirigʻi bilan ushbu shartnomada kelishilgan va koʻrsatilgan xizmatlarni koʻrsatishni (bajarishni), “Buyurtmachi” esa koʻrsatilgan xizmatlar ishlar uchun shartnoma shartlarida koʻrsatilgan tartibda amaldagi qonunchilik boʻyicha haq toʻlash majburiyatini oladi.

1.2. Ushbu shartnomaga koʻra “Ijrochi” Tilmor mahsulotlari uchun O’rta Osiyodan mijozlar topishga ko’maklashadi:


1.2.1. Savdo shartnomalari bo’yicha muzokaralar olib boradi;
1.2.2. Tilmor mahsulotlarini haridorlarga namoyish qilish uchun kelishuvlar o’tkazadi;
1.2.3. Haridorlarning fikr-mulohazalari bilan tanishib chiqadi va ularni kelajakda rivojlanish va marketing xizmatlarini qo’llash uchun o’rganadi;

1.3. “Ijrochi” Tilmor mahsulotlari uchun distribyutor qidiradi:


1.3.1. Tilmor mahsulotlarini dengiz orqali yetkazib berish xarajatlari va variantlarini o’rganib chiqadi;
1.3.2. Distribyutsiya xarajatlari va variantlarini o’rganib chiqadi;
1.4. “Buyurtmachi” tomonidan O’rta Osiyoga dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchilar bilan aloqalarni mustahkamlash uchun kelgan hodimlarni yashash joyi bilan ta’minlash, madayat va tilni o’zlashtirish uchun xizmatlar:
1.4.1. Visa olishga ko’maklashadi;
1.4.2. Joylarga borish uchun transport va yashash joyi bilan ta’minlaydi;
1.4.3. Madaniyat va tilni o’rganish uchun to’garaklar tashkil etadi;
II. SHARTNOMA NARXI VA HISOB-KITOBLAR TARTIBI
2.1. “Buyurtmachi” “Ijrochi” tomonidan koʻrsatilgan xizmat uchun xizmat ko’rsatilgan har bir soat uchun $75 miqdorida haqni toʻlab berish majburiyatini oladi.

“Ijrochi”ga hisoblangan xizmat haqidan qonunchilikda belgilangan tartibda soliq va ajratmalar hisoblanadi.


2.2. “Ijrochi” tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar uchun “Buyurtmachi” toʻlovlarni toʻlash “Silk Road Professionals LLC”ning hisob raqamiga pul oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.


III. TARAFLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
3.1. “Ijrochi”ning huquq va majburiyatlari:
3.1.1. Xizmatlarni lozim darajada sifatli koʻrsatish;


3.2. “Buyurtmachi”ning huquq va majburiyatlari:
3.2.1. “Ijrochi” tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish va moddiy-texnika jihozlari bilan taʼminlash;
3.2.2. Xizmatlarni toʻliq miqdorda va sifatli koʻrsatilishini talab qilish;
3.2.3. “Ijrochi”ga mazkur shartnomaga asosan belgilangan xizmat haqini, ragʻbatlantirishlarni koʻrsatilgan muddatlarda toʻlab berilishini kafolatlaydi va amalga oshiradi.
3.2.4. Istalgan vaqtda “Ijrochi”ning faoliyatiga aralashmagan holda koʻrsatilayotgan xizmatlar, bajarilayotgan ishlarning borishi va sifatini tekshirish;
IV. TARAFLARNING JAVOBGARLIGI
4.1. “Ijrochi” quyidagi hollarda, yaʼni mazkur shartnoma boʻyicha “Buyurtmachi” tegishli shart-sharoitlar yaratish va moddiy-texnika jihozlari bilan toʻliq taʼminlamaganda javobgar boʻlmaydi.


V. NIZOLARNI HAL ETISH TARTIBI
5.1. Ushbu shartnomani bajarish chogʻida va bajarilmasligi oqibatida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan nizolar hamda kelishmovchiliklar Taraflar oʻrtasidagi muzokaralar yoʻli bilan hal etiladi.
5.2. Nizolarni muzokaralar yoʻli bilan hal etishning imkoni boʻlmagan taqdirda Taraflar kelishmovchiliklarni sudgacha tartibga solishning amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibotini amalga oshirganlaridan soʻng ularni koʻrib chiqish va hal qilish uchun tegishlilik hamda taalluqliligi boʻyicha Sudga murojaat etiladi.


VI. SHARTNOMANING AMAL QILISH MUDDATI
6.1. Mazkur shartnoma taraflar tomonidan imzolangan vaqtdan boshlab qonuniy kuchga kiradi va bir yilga qadar amal qiladi.


TARAFLARNING MANZILLARI

Buyurtmachi
Tilmor LLC
351 Lincoln Highway, Suite 9 Gap, PA 17527-9469


1-844-255-5864
330-985-0002
_________________________
M.Oʻ.
15.01.2023

Ijrochi
“Silk Road Professionals LLC” representative office in Tashkent
Toshkent Shahar, Mirobod tumani, Rakat ko’cha 4-uy

+998917776655


_________________________
M.Oʻ.
15.01.2023

Download 19.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling