Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi


Download 3.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet269/307
Sana18.10.2023
Hajmi3.82 Mb.
#1708490
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   307
Bog'liq
Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi

I. Mavzuga oid sаvоllаr: 
1.Moliyaviy hisobotning vazifasi nimalardan iborat? 
2.Yillik hisobot qanday shakllarning majmuasidan tashkil topadi? 
3.Moliyaviy hisobotni tuzishga tayyorgarlik kо‘rish tartibi qanday amalga oshiriladi? 
4. Moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar kimlar? 
5.Debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘risida ma’lumotnomada nimalar aks ettiriladi? 
6. Moliyaviy hisobotga tushuntirishlar, ilovalar va izohlar nima uchun muhim? 
7.Moliyaviy hisobot kimlarga taqdim etiladi? 


400 
GLOSSARIYLAR 
AKTIV - buxgalteriya balansining bir qismi bo‘lib, ma’lum bir muddatga subekt 
mablag‘larining tarkibi va joylaniqini pul ko‘rinishida aks ettiradi. Bundan tashqari balansning 
passiv qismi ham mavjud bo‘lib, aktiv va passiv tomonlar bo‘lim va moddalardan iborat. Aktiv 
tomonining jami summasi passiv tomoni summasi bilan teng bo‘lishi lozim. Buni shunday 
tushuntirish mumkin, ya’ni aktiv tomonidagi mablag‘larning manbalari balansning passiv 
tomonida joylashgan. 
Uzoq muddatli aktivlar – 1 yildan ko‘p muddatda xizmat qiladigan va oborotda bo‘ladigan 
moddiy va nomoddiy mablag‘lardir. 
Qisqa muddatli aktivlar – 1 yilgacha muddatda xizmat qiladigan va oborotda bo‘ladigan
mablag‘lar. 
AKKREDITIV (lat. accredo - ishonaman) - nakd pulsiz hisob-kitob turlaridan biri. 
Ma’lum bir tovar va xizmatlar uchun belgilangan muddatda mol yetkazib beruvchilar bilan 
hisob-kitoblar uchun ajratilgan pul mablag‘idir. Akkreditiv quyidagi xollarda qo‘llaniladi: 
xaridor va mol yetkazib beruvchi o‘rtasidagi shartnomaga asosan, xaridor va mol yetkazib 
beruvchi o‘rtasidagi xo‘jalik munosabati doimiylikka ega bulmasa, xaridor tovarni mol yetkazib 
beruvchi manzilida qabul qilib olsa, xokimiyat ko‘rsatmasi va yo‘riqnomasiga ko‘ra, tovar 
yetkazib berishning alohida ma’lum bir sharoitlarida bank muassasasi talabi bilan kreditlash va 
hisob-kitobning ma’lum usuliga o‘tgan korxonalar munosabatida, tovar moddiy boyliklarining 
meyoridan yuqori zahiralariga ega bo‘lgan korxonalar munosabatida. 
AKSEPT (lat. accueptuk - qabul qilingan) - belgilangan sharoit bo‘yicha shartnoma 
tuzishga rozilik berish. Naqd pulsiz hisob-kitobda aksept xaridorning mol yetkazib beruvchi 
taqdim qilgan hisobini to‘lashga rozilik bildiradi. 
AKSEPTANT (lat. acceptaiik - qabul qiluvchi) - hisob bo‘yicha to‘lovni amalga 
oshirishga rozilik bergan korxonalar, tashkilotlar va muassasalar yoki shaxslar. 

Download 3.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling