Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi


ASOSIY BO‘LMAGAN XODIMLAR


Download 3.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet271/307
Sana18.10.2023
Hajmi3.82 Mb.
#1708490
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   307
Bog'liq
Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi

ASOSIY BO‘LMAGAN XODIMLAR - individual mehnat shartnomasiga ko‘ra alohida 
ishlarni bajarish uchun vaqtinchalik ishga olingan xodimlar tushuniladi.
AKSIYADORLAR - aksiyadorlik jamiyatining a’zosi bo‘lib, bunga bir yoki bir necha 
aksiyalarni sotib olish orqali erishadi. Aksiyadorlarning huquq va burchlari mavjud. Uning 
huquqlariga quyidagilar kiradi: umumiy yig‘ilishlarda qatnashish, aksiyadorlik jamiyati 
rahbariyatini saqlash va saqlanish, dividend ko‘rinishida jamiyat foydasidan olish, aksiyadorlik 
jamiyati tugatilsa, aksiya qiymati hajmida mulkning bir qismini olish. Aksiyadorlar burchi - 
aksiya qiymati hajmida o‘zining hissasini jamiyat kapitaliga qo‘shishidir. 
AKSIYADORLAR JAMIYATI - ishlab chiqarish fondlari aksiyadorlarning aksiyalarni 
sotib olish yo‘li bilan qo‘shgan ulushlari hisobiga tashkil topadigan korxonadir. Aksiyalarni 
chiqarish va sotish orqali individual (yakka) kapitallar birlashadi. AJ foydasi uning 
qatnashchilari o‘rtasida olgan aksiyalarining summalariga mos ravishda taqsimlanadi. AJ nizom 
asosida tashkil topadi va faoliyat yuritadi, davlat ro‘yxatidan o‘tgandan boshlab esa, yuridik 
shaxs huquqiga ega bo‘ladi. 
AMORTIZASIYA asosiy vositaning foydali xizmat muddati davomida amortizasiya 
qiymatini muntazam ravishda taqsimlash va ko‘chirish ko‘rinishida eskirishning qiymat 
ifodasidir.
Amortizasiya turli xil usullarni qo‘llash yo‘li bilan amalga oshiriladi: 
To‘g‘ri chiziqli usul asosiy vositani foydali ishlatishning butun davri mobaynida 
eskirishning doimiy summalarini hisoblab yozishdan iborat. 
Kamayib boruvchi qoldiq usuli bo‘yicha muntazam hisoblab yozilayotgan summalar 
foydali ishlatish muddati davomida kamayadi. 
Bajarilgan ishlar hajmiga mutanosio ravishda hisoblab yozish usuliga binoan 
amortizasiya miqdori faqat asosiy vosita qancha marta ishlatilishiga yoki qancha mahsulot 
birligi ishlab chiqarilishi kutilayotganiga bogliq bo‘ladi. 
Kumulyativ usulda amortizasiya summasi hisoblash koeffisiyentining maxraji bo‘lgan 
obyektning xizmat muddati yigindisi bilan aniqpanadi. Bu koeffisiyentning suratida obyektning 
xizmat mudsati oxi-rigacha qoladigan yillar soni teskari tartibda ko‘rsatiladi. 
AKKREDITIV bankning shartli pul majburiyatnomasi bo‘lib, bank bu hujjatni mijozning 
topshirig‘iga ko‘ra shartnoma bo‘yicha uning kontragentiga beradi. Bu shartnomaga ko‘ra 
akkreditiv ochgan bank (emitent bank) maxsulot yetkazib beruvchiga pul to‘lashi yoxud shunday 
to‘lovlar o‘tkazish uchun boshqa bankka vakolat berishi mumkin. Bunda mijoz akkreditivda 
ko‘zda tutilgan hujjatlarni taqdim etishi va akkreditivning boshqa talablarini bajarishi shart qilib 
qo‘yiladi. 

Download 3.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling