Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi
ASOSIY BO‘LMAGAN XODIMLAR
Download 3.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- AKSIYADORLAR JAMIYATI
- AMORTIZASIYA
ASOSIY BO‘LMAGAN XODIMLAR - individual mehnat shartnomasiga ko‘ra alohida
ishlarni bajarish uchun vaqtinchalik ishga olingan xodimlar tushuniladi. AKSIYADORLAR - aksiyadorlik jamiyatining a’zosi bo‘lib, bunga bir yoki bir necha aksiyalarni sotib olish orqali erishadi. Aksiyadorlarning huquq va burchlari mavjud. Uning huquqlariga quyidagilar kiradi: umumiy yig‘ilishlarda qatnashish, aksiyadorlik jamiyati rahbariyatini saqlash va saqlanish, dividend ko‘rinishida jamiyat foydasidan olish, aksiyadorlik jamiyati tugatilsa, aksiya qiymati hajmida mulkning bir qismini olish. Aksiyadorlar burchi - aksiya qiymati hajmida o‘zining hissasini jamiyat kapitaliga qo‘shishidir. AKSIYADORLAR JAMIYATI - ishlab chiqarish fondlari aksiyadorlarning aksiyalarni sotib olish yo‘li bilan qo‘shgan ulushlari hisobiga tashkil topadigan korxonadir. Aksiyalarni chiqarish va sotish orqali individual (yakka) kapitallar birlashadi. AJ foydasi uning qatnashchilari o‘rtasida olgan aksiyalarining summalariga mos ravishda taqsimlanadi. AJ nizom asosida tashkil topadi va faoliyat yuritadi, davlat ro‘yxatidan o‘tgandan boshlab esa, yuridik shaxs huquqiga ega bo‘ladi. AMORTIZASIYA asosiy vositaning foydali xizmat muddati davomida amortizasiya qiymatini muntazam ravishda taqsimlash va ko‘chirish ko‘rinishida eskirishning qiymat ifodasidir. Amortizasiya turli xil usullarni qo‘llash yo‘li bilan amalga oshiriladi: To‘g‘ri chiziqli usul asosiy vositani foydali ishlatishning butun davri mobaynida eskirishning doimiy summalarini hisoblab yozishdan iborat. Kamayib boruvchi qoldiq usuli bo‘yicha muntazam hisoblab yozilayotgan summalar foydali ishlatish muddati davomida kamayadi. Bajarilgan ishlar hajmiga mutanosio ravishda hisoblab yozish usuliga binoan amortizasiya miqdori faqat asosiy vosita qancha marta ishlatilishiga yoki qancha mahsulot birligi ishlab chiqarilishi kutilayotganiga bogliq bo‘ladi. Kumulyativ usulda amortizasiya summasi hisoblash koeffisiyentining maxraji bo‘lgan obyektning xizmat muddati yigindisi bilan aniqpanadi. Bu koeffisiyentning suratida obyektning xizmat mudsati oxi-rigacha qoladigan yillar soni teskari tartibda ko‘rsatiladi. AKKREDITIV bankning shartli pul majburiyatnomasi bo‘lib, bank bu hujjatni mijozning topshirig‘iga ko‘ra shartnoma bo‘yicha uning kontragentiga beradi. Bu shartnomaga ko‘ra akkreditiv ochgan bank (emitent bank) maxsulot yetkazib beruvchiga pul to‘lashi yoxud shunday to‘lovlar o‘tkazish uchun boshqa bankka vakolat berishi mumkin. Bunda mijoz akkreditivda ko‘zda tutilgan hujjatlarni taqdim etishi va akkreditivning boshqa talablarini bajarishi shart qilib qo‘yiladi. Download 3.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling