BANK KO‘CHIRMALARIda hisob-kitob hisobvarag‘iga mablag‘larning tushishi va
undan hisobdan chiqarilishi, kun boshi va oxiri uchun undagi mablag‘ qoldiqlari ko‘rsatiladi.
BARTER - pul emas, balki tovar kurinishida bo’lgan o’zaro xo’jalik munosabatlari.
BASHORAT QILINADIGAN SARFLAR – zaxiralarga investitsiya qilish.
BILVOSITA XARAJATLAR – xarajat markazlariga to’g’ridan- to’g’ri olib borishning
iqtisodiy imkoniyati bo’lmagan xarajatlar. Ushbu xarajatlar (i.u.x) tegishli xarajat markazlariga
subektning hisob siyosatida qabul qilingan usuliga asosan taqsim qilinadi. Bir necha turdagi
mahsulotni ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar.
BILVOSITA XARAJATLARNI TAQSIMLASH ASOSI – bilvosita xarajatlarni
yig’uvchi obektlarga taqsimlash uchun asos qilib olingan ko’rsatkich. Misol: bevosita mehnat
haqi, asosiy vositalarning eskirishi va hokazo.
BILVOSITA (EGRI) XARAJATLARNI TAQSIMLASH DARAJASI – kalkulyatsiya
obektlari o’rtasida bilvosita xarajatlarni oldindan taqsimlash imkoniyatini yaratadigan va
subektning hisob siyosatida ko’rsatilgan oldindan hisoblangan meyoriy daraja.
BLANKA (fr. Blanc-varaqalar) - zaruriy belgilari mavjud bo‘lgan bosma ko‘rinishidagi
hujjat shakli. Blankalardan buxgalteriya hujjatlarini to‘ldirishda foydalaniladi. Bunda bosma
ko‘rinishidagi namunada yoki qo‘l yozuvida hujjatlar to‘ldiriladi. Blankalardan foydalanish
hujjatlarni to‘ldirishni osonlashtiradi va tezlashtiradi, ularni yagona ko‘rinishiga olib keladi.
Ma’lum bir blankalar isrof qilinishining oldini olish maqsadida qat’iy hisobga olinadi va har
biriga tartib raqamlari qo‘yib chiqiladi. Masalan, kassa kitobi, bosh kitob shunday blankalardan
hisoblanadi.
BUYURTMA NUQTASI – TMZ keyingi guruhiga buyurtma berishni aniqlashga yordam
beradigan ombordagi mavjud va buyurtma berilgan TMZ summasining past nuqtasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |