Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi
Download 3.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- HISOB-KITOB CHEKI
- HUJJATLASHTIRISH
HISOBLANGAN BOSQICH – TMZ olish uchun kutilayotgan vaqtning oralig’i.
HISOBLANGAN KOEFFITSIYENT – TMZ quyilgan kapital summasining o’zgarishi natijasida har yillik zaxiralarga sarflanadigan xarajatlarning summasini baholash maqsadida guruhning tejamli hajmini hisoblash va muhofaza zaxirasining muqobil o’sishini ta’minlash uchun foydalaniladigan formula natijasida aniqlangan ko’rsatkich. HISOB-KITOB CHEKI-hisobvaraq egasi (chek beruvchi-ushlovchi)ning hisobvarag‘iga o‘tkazish to‘g‘risida bankning maxsus blankida tuzilib, bankka yozma ravishda bergan topshiriqdir. Hisob-kitob cheklari, nafaqat xo‘jalik yurituvchi subektlar, shuningdek xo‘jalik yurituvchi subektlar bilan jismoniy shaxslar o‘rtasida naqd pulsiz hisob-kitob qilishda qo‘llaniladi. HUJJATLASHTIRISH – bu xo‘jalik operasiyalarini ma’lum bir hujjatlar bilan rasmiylashtirish usuli. HUJJAT – bu ho‘jalik operasiyalarini haqiqatda yuz berganligiga guvoh beruvchi yoki ularni kelgusida yuz berishiga asos bo‘luvchi yozma guvohnoma. HISOB-KITOBDAGI MABLAG‘LAR – bu bir korxonaning ikkinchisiga bo‘lgan qarzini aks ettiradi. Maqsadiga ko‘ra buxgalteriya hujjatlari guvohlik beruvchi, farmoyish beruvchi, farmoyish va guvohlik beruvchi, buxgalterlik hisob-kitoblarini aks ettiruvchi turlarga bo‘linadi. Guvohlik beruvchi hujjatlar deganda, yuqorida aytib o‘tganimizdek, xo‘jalik operasiyalarini haqiqatda yuz berganligiga guvoh beruvchi hujjatlar tushuniladi. Farmoyish beruvchi hujjatlar deganda u yoki bu harakatni kelgusida amalga oshirishga farmoyish beruvchi hujjatlar tushuniladi. Masalan, inventarizasiya o‘tqazish to‘g‘risida farmoyish, tovarni olib kelush uchun berilgan ishonchnoma va shu kabilar. Farmoyish va guvohlik beruvchi hujjatlar deganda bir vaqtning o‘zida xo‘jalik operasiyasini amalga oshirishga berilgan farmoyishni ifodalovchi, ham bu farmoyish asosida haqiqatda yuz bergan xo‘jalik operasiyasiga guvohlik beruvchi hujjatlar tushuniladi. Masalan, kassa chiqim orderi bir vaqtning o‘zida pulni berilishi uchun tuzilgan rahbariyatning farmoyishini, shuningdek shu farmoyish asosida pulni haqiqatda kimgadir berilganligi to‘g‘risida guvohlik beruvchi hujjat hisoblanadi. Pul cheki ham xuddi shunday hujjat hisoblanadi. Buxgalterlik hisob-kitoblarini aks ettiruvchi hujjatlar deganda bevosita yuz bergan xo‘jalik operasiyasini aks ettirmaydigan, lekinda u yoki bu ko‘rsatkichni, qarzni topish uchun buxgalter tomonidan tuzilgan hujjatlar tushuniladi. Bunday hujjatlarga misol qilib soliqlar hisob- kitoblarini, majburiy ajratmalar hisob-kitoblarini, amortizasiyani aniqlash hisob-kitoblarini keltirish mumkin. Tuzish tartibiga ko‘ra buxgalteriya hisobida ishlatiladigan hujjatlar boshlang‘ich va yig‘ma hujjatlarga bo‘linadi. Boshlang‘ich hujjatlar deb xo‘jalik operasiyasi sodir bo‘lgan vaqtda tuzilgan hujjatlar tushuniladi. Barcha guvohlik beruvchi hujjatlar boshlang‘ich hujjatlar hisoblanadi. Yig‘ma hujjatlar deganda boshlang‘ich hujjatlar asosida tuzilgan va ularning ma’lumotlarini ma’lum davr uchun jamlab beradigan hujjatlar tushuniladi. Bunday hujjatlarga moddiy hisobotlar, avans hisobotlari, tovar-pul hisobotlari, bank ko‘chirmalari va boshqalar kiradi. Aks ettirish usullariga ko‘ra buxgalteriya hujjatlari bir marotaba yuz bergan va ko‘p marotaba yuz bergan operasiyalarni aks ettiradigan hujjatlarga bo‘linadi. 408 Bir marotaba yuz bergan operasiyalarni aks ettiruvchi hujjatlar deganda faqat bitta operasiyani u yuz bergan vaqtda aks ettiruvchi hujjatlar tushuniladi, masalan, pulni kassaga kirim qilganda tuzilgan kirim kassa orderi, tovar jo‘natilganda tuzilgan schyot- faktura va shu kabi hujjatlar. Ko‘p marotaba yuz bergan operasiyalarni aks ettiruvchi hujjatlar deganda bir xil mazmundagi va ko‘p takrorlanib tutuvchi xo‘jalik operasiyalarni ma’lum bir davrda (masalan xafta , o‘n kunlik, bir oy ichida) bitta hujjat bilan rasmiylashtiruvchi hujjatlar tushuniladi. Tuzilgan joyiga ko‘ra hujjatlar ichki va tashqi hujjatlarga bo‘linadi. Ichki hujjatlar deb korxonaning o‘zida tuzilgan, tashqi hujjatlar deb esa korxonaga chetdan kelib tushgan hujjatlar tushuniladi. Masalan, tayyor mahsulotni jo‘natishda tuzilgan schyot- faktura ichki, materiallarni ta’minotchilardan kelib tushganligini ko‘rsatuvchi schyot-faktura esa tashqi hujjat hisoblanadi. Tuzish usullariga ko‘ra buxgalteriya hujjatlari qo‘lda va kompyuterlarda tuzilgan hujjatlarga bo‘linadi. Buxgalteriya hisobida qo‘llaniladigan hujjatlar shakl va mazmuniga ko‘ra unifikasiyalashtirish va standartlashtirish talablariga javob berishlari kerak. Download 3.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling