405
DARGUMON QARZLAR deb cubektning belgilangan
muddatda uzilmagan yoki
meyoriy zarur vaqtichida aniqlanmagan va tegishli kafolat bilan ta’minlanmagan debitor qarzlari
aytiladi.
Xo‘jalik yurituvchi subektlar dargumon qarzlar summasiga teng miqdorda hisobot yilining
oxirida olgan foydasi hisobidan tegishli zahira tashkil qiladi va uni
dargumon qarzlar bo‘yicha
zahiralar deyiladi.
DA’VO - da’vo qo‘zg‘atuvchining talabi. Korxonalar ularga qarzdorlarga (debitorlarga)
o‘z vaqtida to‘lanmagan qarzlik summalar uchun da’vo qo‘zg‘atishlari lozim. Da’vo moddiy
zarar keltirganlarga nisbatan asosli ravishda qo‘zg‘atilishi zarur.
DAVRIY XARAJATLAR (HISOBOT DAVRINING XARAJATLARI) – mahsulot
(ish, xizmat) larni ishlab chiqarish bilan bevosita bog’liq bo’lmagan xarajatlar. Ushbu xarajatlar
asosan tijorat (sotish) va ma’muriy boshqaruv va moliyaviy faoliyat bilan bog’liq xarajatlaridan
tashkil topgan.
DEBET (lat. debet - u majbur) - buxgalteriya hisobining bir qismi. Aktiv schetlarning
debetiga summalarning kо‘payishi yozilsa,
passiv schetlarda esa, summaning kamayishi
yoziladi. Hisoblashish
schetlarining debetida esa, boshqa korxona va shaxslarning shu korxonaga
qarzlari aks ettiriladi va debetorlik qarzlari deyiladi.
Debet qoldiqlari esa, aktiv va aktiv-passiv
schetlarda bо‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: