Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi
Foyda(F) – bu korxonaning daromadlari ( D) va xarajatlari(X) o‘rtasidagi ijobiy farq, ya’ni F = D > X
Download 3.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- GORIZONTAL TAHLIL – o’
- GRANTLAR
- HISOB SHAKLI
Foyda(F) – bu korxonaning daromadlari ( D) va xarajatlari(X) o‘rtasidagi ijobiy farq,
ya’ni F = D > X. Demak, qanchalik daromad ko‘p bo‘lib, xarajat kam bo‘lsa, korxonaning foydasi shunchalik ko‘p bo‘ladi. FOYDA INDEKSI – pul mablag’larining joriy kirimining investitsiya hajmiga nisbati boyicha investitsiya loyihasining jalb qilinishini tavsiflovchi nisbiy ko’rsatkich. FYUCHERS–qimmatbaxo qog‘ozlarni, valyuta yoki tovarlarni belgilangan narx va kelajakdagi belgilangan muddatda sotish yoki sotib olish borasidagi bajarilishi majbur bo‘lgan qisqa muddatli standart shartnomalardir. GORIZONTAL TAHLIL – o’tgan davrdagi yoki hisobot davrida tasdiqlangan smeta xarajatlarining o’rtasidagi farqlarni aniqlash usuli. GRAFIK (CHIZMA) USULI – zararsizlikning iqtisodiy va buxgalteriya modulini tuzish uchun asos bo’ladigan daromad, xarajatlar va foyda hajmining ishlab chiqarish hajmiga bog’liq bo’lishi. GRANTLAR -- bu korxonaga qaytarib olinmaslik sharti bilan davlat, nodavlat, xalqaro tashkilot va fondlardan aniq maqsadlar uchun kelib tushgan moddiy va nomoddiy mablag‘lar majmuasi. HISOB REGISTRLARI . Hisob registrlari – bu buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini qayd etish, guruhlash va jamlashda ishlatiladigan axborot tashuvchilar. Kitoblar – bular xo‘jalik operasiyalarini qayd etish uchun mo‘ljallangan hisob varaqalarini o‘z ichiga olgan, muqovalangan va tikilgan hisob registrlari. Jurnal-orderlar – bu ma’lumotlarni schetlarning krediti bo‘yicha guruhlangan holda qayd etishga mo‘ljallangan registrlar. Qaydnomalar –bu schetlarning debeti bo‘yicha analitik hisobni olib borishga mo‘ljallangan registrlar. Memorial-orderlar - bu ma’lumotlarni bir vaqtning o‘zida schetlarning ham debeti, ham krediti bo‘yicha guruhlangan holda qayd etishga mo‘ljallangan registrlar. Kartochkalar - bular xo‘jalik operasiyalarini qayd etish uchun mo‘ljallangan va alohida hisob varaqalari sifatida qalin qog‘ozga yoki karton qog‘ozga tipografik usulda ma’lum shaklda tayyorlangan registrlar. Mashinogrammalar - bular zamonaviy kompyuterlarda tegishli algoritmlar va dasturlar asosida shakllangan analitik va sintetik hisob, shuningdek moliyaviy hisobot registrlari. 407 HISOB SHAKLI – bu buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini qayd etish, guruhlash va yig‘ishda qo‘llaniladigan registrlarning tizimli majmuasi. Buxgalteriya hisobining memorial-order shakli - bu buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini memorial-orderlar asosida qayd etish, guruhlash va yig‘ishga mo‘ljallangan shakli. Buxgalteriya hisobining jurnal-order shakli - bu buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini jurnal- orderlar asosida qayd etish, guruhlash va yig‘ishga mo‘ljallangan shakli. Buxgalteriya hisobining ixchamlashtirilgan shakli - bu buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini ixchamlashtirilgan registrlar asosida qayd etish, guruhlash va yig‘ishga mo‘ljallangan shakli. Buxgalteriya hisobining kompyuterlashtirilgan shakli - bu buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini kompyuterlarda mashinogrammalar ko‘rinishida qayd etish, guruhlash va yig‘ishga mo‘ljallangan shakli. Download 3.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling