Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi


Download 3.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet282/307
Sana18.10.2023
Hajmi3.82 Mb.
#1708490
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   307
Bog'liq
Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi

HUJJATLARNI 
UNIFIKASIYALASHTIRISH 
deganda 
bir 
xil 
mazmundagi 
operasiyalarni barcha korxonalarda yagona shakl va mazmundagi hujjatlar bilan 
rasmiylashtirilishi tushuniladi.
HUJJATLARNI STANDARTLASHTIRISH deganda bir xil nomdagi hujjatlar uchun 
yagona razmer va shakllarni o‘rnatilishi tushuniladi.
HUJJATLAR AYLANISHI deganda ularning tuzilishidan tortib, to arxivga 
topshrilishigacha bo‘lgan jarayonlar hamda operasiyalar majmuasi tushuniladi.
IKKI YOQLAMA YOZUV – bu xo‘jalik muomalalarini schyotlarda aks ettirish usulidir. 
Bunda yuqorida ta’rif qilinganidek, har bir xo‘jalik muomalasi bir vaqtda va bir xil summada, bir 
schyotning debet tomonida, ikkinchi schyotning kredit tomonida aks ettiriladi. Binobarin, ikki 
yoqlama yozuv deb, xo‘jalik muomalalari ta’sirida vujudga keladigan iqtisodiy xodisalarni 
schyotlar tizimi bilan o‘zaro alokador holda aks ettirish usuliga aytiladi. 
Debetlanuvchi va kreditlanuvchi schyot hamda muomala summasining ko‘rsatilishi 
buxgalteriya o‘tkazmasi yoki buxgalteriya yozuvi deb ataladi. 
Xo‘jalik muomalalarini ikki yoqlama yozuv usulida yozish schyotlarning o‘zaro 
bog‘liqligiga olib keladi. Bu o‘zaro bog‘liqlik schyotlar aloqasi (korrespondensiyasi) deb 
ataladi. Bizning misolimizda korrespondensiyalanuvchi schyotlar kassa va hisob-kitob 
schyotlaridir. 
Buxgalteriya provodkalari oddiy va murakkab bo‘ladi. Oddiy buxgalteriya o‘tkazmasi 
(buxgalteriya o‘tkazmasi) deb, bir schyotning debetlanib, boshqa schyotning kreditlanishiga 
aytiladi. Murakkab buxgalteriya provodka(o‘tkazma)si deganda bir nechta schyot debetlanib, 
bitta schyotning kreditlanishi tushuniladi. Bir vaqtning o‘zida bir nechta schyotning debetlanib 
va bir nechta schyotning kreditlanish hollari ro‘y bermaydi. 
Buxgalteriya hisobida muomalalar muntazam yozib boriladi.

Download 3.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling