406
mahsulotning tannarxiga faqat o’zgaruvchan xarajatlar qo’shiladi. Natijada
bilvosita xarajatlar
esa hisobot davrining moliyaviy natijalari (xarajatlarning jamlamasi)ga olib boriladi.
DISKONT - 1) vasiqa hisobi; 2) hisob foizi - vasiqa hisobida banklarga to‘lanadigan foiz;
3) birja va valyuta ishlarida - tovar katiral bahosidan ustama (masalan,
agar tovar sifati
standartdan past bo‘lsa) valyuta.
DISKONTLANGAN QIYMAT – joriy qiymat va diskontlash koeffitsiyentini qo’llash
orqali aniqlangan pul mablag’larining kelgusidagi tushumining miqdorini hisoblash.
DISKONTLANGAN XARAJATLAR – joriy vaqtdagi diskontlash
koeffitsiyenti orqali
aniqlangan kapital quyilmalar boyicha taxmin qilinadigan xarajatlar.
DIVIDEND - aksiyadorlik jamiyati foydasining bir qismi bo‘lib, aksiyadorlar o‘rtasida
soliqlarni, ishlab chiqarishni kengaytirishga ajratmalarni, zaxiralarni tashkil etish, obligatsiyalar
bo‘yicha foizlarni va boshqa to‘lovlarni amalga oshirilganidan so‘nggina taqsimlanadi.
DOTATSIYA - korxona,
tashkilot, muassasalarga qarzlarni
qoplash uchun davlat
tomonidan beriladigan nafaqa.
EMITENT – qimmatli qog‘ozlarni muammalaga bosib chiqaruvchi yuridik va to‘lovga
qobiyatli jismoniy shaxslar.
EMISSIYA FAOLIYATI – qimmatli qog‘ozlar (aksiyalar va obligasiyalar)
chiqarish
yo‘li bilan boshqa korxonalar va shaxslar mablag‘larini jalb etish.
FAOLIYATNING NATIJASI – “xarajatlar-daromadlar
“ nomli iqtisodiy ko’rsatkichni
o’lchash natijasida olinadigan samara ko’rsatkichi.
Do'stlaringiz bilan baham: