411
KARTOCHKALAR - bular xo‘jalik operasiyalarini qayd etish uchun mo‘ljallangan va
alohida hisob varaqalari sifatida qalin qog‘ozga yoki karton qog‘ozga tipografik usulda ma’lum
shaklda
tayyorlangan registrlar.
KAPITALLASHTIRISH DARAJASI – aktivlardan foydalanish natijasida kutilayotgan
hajmining aktivlar qiymatiga bog’liqlik darajasini o’rnatadigan koeffitsiyent.
KASSIR - kassa pulni qabul qilish, saqlash va berish majburiyati Yuklatilgan javobgar
shaxs. Kassir yozma ravishda moddiy javobgarlik haqida majburiyatni o‘zining bo‘yniga oladi.
Kassir o‘z ishi jarayonida kassa jarayon-lari haqidagi nizomga amal qilishi zarur.
Pulni qabul
qilish va berishda kassir korxona rahbari va bosh buxgalterning imzolari bilan tasdiqlangan
hujjatlarga asoslanadi. Kassadagi pul mablag‘lari hisobini kassir kassaning kitobida olib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: