Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi


Download 3.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet286/307
Sana18.10.2023
Hajmi3.82 Mb.
#1708490
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   307
Bog'liq
Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi

SOTISHNING SOF QIYMATI –bu ishlab chiqarish zaxirasining tannarxidan kichik 
qiymati bo‘lib, faqatgina ularni keragidan ko‘p miqdorda yig‘ilib qolganida bahoni pasaytirish 
hollarida vujudga keladi.
ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI – bu bevosita mahsulotlarni (ish, xizmatlarni) 
ishlab chiqarishga ketgan, shuningdek ularning tannarxini tashkil etuvchi xarajatlar. 
Asosiy ishlab chiqarish xarajatlari deganda ishlab chiqarishning asosiy texnologik
jarayonlarini bevosita olib boruvchi ishlab chiqarish sexlari xarajatlari tushuniladi.
Yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari deganda asosiy ishlab chiqarish sexlari uchun 
yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi bo‘lib hisoblangan ishlab chiqarish bo‘linmalarining
(sexlarning) xarajatlari tushuniladi.
Umum ishlab chiqarish xarajatlari deganda barcha asosiy va yordamchi ishlab chiqarish 
sexlarini boshqaruviga va tashkil etishga taalluqli bo‘lgan, shuningdek ularga xizmat 
ko‘rsatuvchi bo‘linmalarning xarajatlari tushuniladi. 
Bevosita xarajatlar deganda u yoki bu ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxiga 
to‘g‘ridan- to‘g‘ri olib boriladigan xarajatlar tushuniladi. 
Bilvosita xarajatlar deganda korxonaning butun ishlab chiqarish faoliyatiga taalluqli 
bo‘lgan ,lekinda aniq bir bo‘linmaning (mahsulotning) tannarxiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritib 
bo‘lmaydigan, shuning uchun ma’lum bir tartibga muvofiq bo‘linmalar (mahsulotlar) o‘rtasida 
taqsimlanadigan xarajatlar tushuniladi.
O‘zgaruvchan xarajatlar – bu ishlab chiqarish hajmining oshishi va kamayishigaga ko‘ra
sarfi miqdor jihatdan bevosita o‘zgarib turadigan xarajatlar.
Shartli o‘zgarmas xarajatlar – bu ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga qaramasdan
summasi o‘zgarmaydigan, lekinda nisbiy darajasi o‘zgarishi mumkin bo‘lgan xarajatlar.  
ISHLAB CHIQARISHGA SARFLANGAN XARAJATLARNI HISOBGA OLISH 

Download 3.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling