Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi
Download 3.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Buxgalteriya hisobi
- BUXGALTERIYA BALANSI
BUXGALTERIYA HISOBI - xo‘jalik hisobining hisob turlaridan biridir. Buxgalteriya
korxona, tashkilot, muassasa va birlashmalar xo‘jalik faoliyatini to‘liq, hamma jarayonlarini uzluksiz hujjatlashtirish va nazorat qilishdir. Buxgalteriya hisobi korxona, tashkilot, muassasa, vazirlik va boshqarmalarning faoliyat ko‘rsatish vaqtidan tugatilish vaqtigacha bo‘lgan faoliyatini hujjatlarda aks ettirib boradi. Buxgalteriya hisobi yozuvlari har tomondan tekshirilgan hujjatlar asosida olib boriladi, bu buxgalteriya hisobining nazorat ahamiyatini, ma’lumotlar to‘g‘riligini, hisob ko‘rsatkichlari aniqligini ta’minlaydi. Buxgalteriya hisobi –bu xo‘jalikda bo‘lib o‘tadigan hodisa, voqea, jarayonlar va xo‘jalik muomalalarini miqdor va sifat jihatdan hisobga olib borish tizimidir “Buxgalteriya” nomi 18 – asrda kirib keldi. Bu so‘z nemis tilidan «bux» - kitob, «galter»- ushlash so‘zlaridan kelib chiqqan. BUXGALTERIYA BALANSI negizida «balans» so‘zi yotadi. Bu so‘z lotincha «bis», ya’ni «ikkita» va «lanx», ya’ni «tarozi pallasi» so‘zlaridan olingan bo‘lib, o‘zaro tenglik, bir xillik ramzi hisoblanadi. Kirish yoki ta’sis balansi deganda korxonaning davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanasiga, ya’ni ta’sis etilgan kuniga tuzilgan balansi tushuniladi. Odatda ushbu sanaga tuzilgan balansning aktivida faqat ta’sischilarning yangi tashkil etilgan korxona oldidagi qarzi, balansning passivida esa e’lon qilingan ustav kapitalining miqdori ko‘rsatiladi. Boshlang‘ich balans deganda hisobot davri boshiga, hisobot balansi deganda esa hisobot davrining oxiriga tuzilgan balans tushuniladi. Hisobot balansi keyingi davr uchun boshlang‘ich balans bo‘lib hisoblanadi. Tugatish balansi – korxona tugatilishi sanasiga tuzilgan balans. Birlashtirish balansi – ikki va undan ortiq korxonalar bir biri bilan qo‘shilganda qo‘shilish sanasiga tuzilgan balans. Ajratish balansi – bu korxona ixtiyoridan mustaqil boshqa korxona ajralib chiqganda bir – biriga mablag‘larni topshirish va qabul qilish sanasiga tuzilgan balans. Ma’lumotlarni jamlash darajasiga ko‘ra balans yig‘ma va alohida balans turlariga bo‘linadi. Yig‘ma balans - bu bir tizim korxonalari balanslari moddalarini gorizontal holda jamlash natijasida tuzilgan balans, masalan trest, konsern, kompaniya, vazirlik va shu kabi yuqori organlar tomonidan tuzilgan balans. Alohida balans –bu har bir ho‘jalik yurituvchi subekt tomonidan tuzilgan balans. O‘z qaramog‘ida sho‘ba xo‘jalik jamiyatlariga ega bo‘lgan bosh korxonalar konsolidasiyalashtirilgan balans tuzadilar. Subektlarni moliyalashtirilishiga qarab balans bir biridan tubdan farq qiladigan davlat byudjetidagi muassasalar balansi va xo‘jalik yurituvchi subektlar balansiga bo‘linadi. Hisob ma’lumotlarini jamlash sikllariga ko‘ra sinov balansi, tuzatilgan sinov balansi va oxirgi yakuniy balans turlarini ajratish mumkin. Sinov balansi – bu vaqtinchalik schetlar yopilmasdan tuzilgan, shuningdek hisobot davri oxirigaa ayrim schetlar bo‘yicha hisob-kitoblar ma’lum sabablarga ko‘ra oxirigacha amalga oshirilmagan holda tuzilgan dastlabki balans Tuzatilgan sinov balansi - mavjud kamchiliklar tuzatilgandan so‘ng, lekinda vaqtinchalik schetlar yopilmasdan tuzilgan balans. 404 Yakuniy balans – bu vaqtinchalik schetlar yopilgach, moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot va taqsimlanmagan fayda to‘g‘risidagi hisobotlarning ma’lumotlari e’tiborga olinib tuzilgan balans. Oxirgi uchta turdagi balansni tuzish tartibi chet el korxonalari amaliyotida keng tarqalgan. Regulirovka schetlari qoldiqlarini hisobga olib balans-brutto va balans –netto tuzilishi mumkin. Balans- brutto - bu aktivlar summasidan jamlangan amortizasiya va eskirish summalarini, shuningdek savdo ustamalarini, shubhali qarzlar bo‘yicha mavjud rezerv summasini chegirib tashlamasdan tuzilgan balans. Ushbu balans korxona aktivlarining real qiymatini ifoda etmaydi. Balans-netto – bu aktivlar summasidan jamlangan amortizasiya va eskirish summalarini, shuningdek savdo ustamalarini, shubhali qarzlar bo‘yicha mavjud rezerv summasini chegirib tashlash yo‘li bilan tuzilgan balans. Ushbu balans korxona aktivlarining real qiymatini ifoda etadi. Balans bo‘limi deganda korxona aktivlarini va ularning tashkil topish manbalarini ifodalovchi moddalar summasini u yoki bu belgisiga qarab jamlash usuli tushuniladi. Balans moddasi deganda balansning har bir qatori tushuniladi, har bir qator esa o‘z navbatida bitta yoki bir nechta buxgalteriya hisobi schetlarini o‘z ichiga oladi. Shuning uchun ham balansning tasdiqlangan shaklida har bir modda bo‘yicha qavs ichida tegishli schetlarning tartib raqamlari ko‘rsatilgan. Download 3.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling