402
ASOSIY BO‘LMAGAN FAOLIYAT – bu korxonaning bosh maqsadi bo‘lib
hisoblanmaydigan, shu bilan birga qo‘shimcha foyda olish maqsadida hamda asosiy faoliyat
uchun zarurat yuzasidan yuritiladigan faoliyat turi yoki turlari(Investitsiya faoliyati, moliyaviy
faoliyat, emissiya faoliyati, innovatsiya , faoliyati, ijtimoiy faoliyat va boshqalar ).
AYLAMA MABLAG‘LAR bir ishlab chiqarish jarayonida to‘la iste’mol
qilinadi,
o‘zining natural ashyoviy (tashqi tuzilishi) o‘zgartiradi va shu bilan birga o‘z qiymatini ishlab
chiqarish xarajatlariga to‘la o‘tkazadi.
BAHO – tovar qiymatining pul ko‘rinishida ifodalanishi. Tovarning bahosini belgilash
uchun asos ushbu tovarning ishlab chiqarish tannarxi hisoblanadi.
Tovarning bahosi qiymatdan
farq qilishi mumkin. Bozor iqtisodiyoti sharoitida baho tovar uchun talab va taklifdan kelib
chiqib belgilanadi.
BAHOLOVCHI VA NAZORAT MA’LUMOTLARNI SHAKLLANTIRISH –
boshlang’ich ma’lumotlarni yig’ish, tahlil qilish uchun ishlov berish, bo’linmalarning faoliyatini
nazorat qilish va ularni baholash uchun ushbu axborotlardan
foydalanish tadbirlarining
majmuasi.
Do'stlaringiz bilan baham: